Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
109K subscribers
22.1K photos
6.14K videos
140 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#таълим_ислоҳотлари
#конференция

Ta’lim sifatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator masalalar muhokama etildi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan ta’lim tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

❗️Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, soha mas’ullari, olimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari hamda ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy ta’limini yanada takomillashtirish, bu boradagi ilg‘or milliy va xalqaro tajribalarni tahlil qilish, samarali yondashuvlarni aniqlash va ularni amaliyotga joriy etish muhokamasiga bag‘ishlangan konferensiya o‘z ishini mavzuga doir qator shoʻbalarga bo‘lingan holda davom ettirdi.

Unda ta’lim mazmunini takomillashtirish masalalari, muammo va yechimlar, ilg‘or xorijiy tajribalar, samarali metod usullari, o‘qituvchi va ota-onalar hamkorligining huquqiy asoslari atroflicha muhokama qilindi.

👉 Batafsil:
https://uzedu.uz/uz/news/1358

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RaqamliAvlod #Robotics #ITFest

🔴 Bugun "Raqamli avlod IT Fest" doirasida Respublika robototexnika musobaqasi bo'lib o'tdi.


Unda yurtimiz bo'ylab ushbu sohaga qiziquvchi yoshlar RoboSumo, RoboFutbol va Foydali ixtirolar bo‘yicha o'z kuchlarini sinab ko'rishdi.

✔️Ma'lumot o'rnida: foydali ixtirolar yo'nalishi mazkur an'anaviy IT tadbiri doirasida ilk bora tashkil etilgan bo'lib, unda ishtirokchilar o'zlari ishlab chiqqan innovatsion loyihalarni namoyish etishdi. Ushbu loyihalar hakamlar hay'ati tomonidan bahob borildi.

⚡️ G'oliblarni taqdirlash marosimi 2-dekabr kuni bo'lib o'tadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_Angliyada

🔴 Maktab direktorlarining Portsmutdagi kasbiy rivojlanish dasturlari davom etmoqda.

❗️Ushbu kasbiy rivojlanish dasturi doirasida ishtirokchilar quyidagi ta'lim muassasalarida bo'lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishishmoqda:

Horndean Technology College,
University Technical College,
Hayling College,
HSDC South Downs College,
Barton Peverill,
Fareham College,
Eastleigh College,
Oaklands Catholic School,
Park Community School.


⚡️ Mazkur dastur joriy yilning 2-dekabr kuniga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
O‘zbekiston terma jamoasi Xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etish uchun Tailandga jo’nab ketdi

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etish uchun Tailandga🇹🇭 yo'l oldi!

Joriy yilning 1-10-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi o’tkaziladi.

Xalqaro olimpiada tabiiy fanlar, ya’ni kimyo, biologiya va fizika fanlari bo’yicha o’quvchilarning kompleks bilimlarini sinashga hamda mazkur fanlardan butun dunyo maktab o’quvchilarining raqobat qilishlari uchun sog’lom muhit yaratishga qaratilgan.

Olimpiadada dunyoning 60 ga yaqin davlatidan jami 350 nafar iqtidorli o’quvchi ishtirok etmoqda.

😄 Mazkur xalqaro olimpiadaga saralash bosqichi joriy yilning 14-oktabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazildi va eng yuqori natijalarni qayd etgan 6 nafar o‘quvchi O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilindi.

▶️ Azizbek Erkinov - Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi;

▶️ Daler Raximov - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi;

▶️ Nursulton Ashiraliyev - Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;

▶️ Murodbek Yuldashev - Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 74-maktab o'quvchisi;

▶️ Rahimboy Vaysboyev - Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 45-IDUMI o'quvchisi;

▶️ Javohir Mamadaliyev - Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;

😄 Bundan oldingi Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi o'quvchilari 4 ta bronza medalini qo’lga kiritgan.

Olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM