Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Football_for_school

"Maktablarda futbol-Football for school" loyihasi doirasida iqtidorli o'quvchilar aniqlanadi

Mazkur yig'ilish Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston Futbol аssotsiatsiyasi tomonidan tashkil etildi.

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, umumta'lim maktablarining direktorlari va O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ mutaxassislari ishtirok etishdi.

❗️Yig‘ilishda, maktablarda tashkil etilgan futbol to‘garaklari, o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan musobaqalar va iqtidorli o‘g‘il hamda qiz bola sportchilarni aniqlash ishlari atroflicha muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jadidchilik harakati haqida film yaratildi

Jadidchilik harakati tarixi va uning yetuk namoyondalari taqdiri, 1917-yilgi Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy voqealar rivojiga bag‘ishlangan "Armon" filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

❗️Ruslan Soliyev rejissyorligida tasvirga olingan mazkur filmdagi voqealar dunyoning yetakchi olimlari tomonidan hikoya qilinadi.

👉Filmni quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin:

O‘zbek tilida : https://youtu.be/ZM6asRgEfZU?si=JzZwSotMAWqi--2Z

Rus tilida : https://youtu.be/ze7UeuFAozc?si=eM_HGt2h2mXp44y5

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Direktorlar_Angliyada
#1_kun

“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi" ishtirokchilari uchun bugun Angliyadagi Portsmut universitetida seminar-treninglar bo’lib o’tdi.

Unda:

Buyuk Britaniya ta’lim tizimining o’ziga xosligi hamda
samarali boshqaruv uchun direktor va o’qituvchilarning birgalikda ishlashlarining samaradorligi haqida so’z bordi.

❗️Kunning ikkinchi qismida esa bola xavfsizligi hamda maktabda sog’lom va xavfsiz muhitni ta’minlash haqida seminar bo’lib o’tdi.

Unda bu borada o’qituvchilar va maktab rahbarlari bilan bir qatorda ota-ona va mahalliy jamoachilikning birgalikda harakatini muhimligi ta’kidlandi.

🎗️ Ta’kidlash joiz: ayni vaqtda kasbiy rivojlanish seminarlarida ishtirok etayotgan direktorlar o’z tajribalarini kelgusida boshqa maktab direktorlari bilan bo’lishishlari rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktablar_yangi_qiyofada
#Surxondaryo

⚡️Bugun Boysun tumani markazidan 45 km olis tog‘li hududda joylashgan “Yuqori Machay” mahallasida yangidan qurib bitkazilgan qo‘shimcha maktab binosi foydalanishga topshirildi.

❗️Mazkur maktab 180 o‘ringa mo‘ljallangan hisoblanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#LMS_haqida

🤫Bitta akkaunt orqali ikki va undan ortiq yo‘nalishlarni tanlagan holda mustaqil malaka oshirish imkoniyati yaratildi

🗣Hurmatli pedagog xodimlar!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti "Uzluksiz kasbiy taʼlim" platformasida siz uchun imkoniyat va qulayliklarni kengaytirishda davom etmoqda.

Endilikda siz bir necha fanlardan pedagogik faoliyat yuritsangiz ham platformada har bir faningiz uchun alohida telefon raqamidan ro‘yhatdan o‘tishingizga hojat yo‘q.

👤Platformada bitta akkaunt orqali ikki va undan ortiq yo‘nalishlarni tanlagan holda mustaqil malaka oshirish imkoniyati yaratildi.

Buning uchun siz profilingizga kirgan holda qo‘shimcha lavozim va faningizni kiritishingiz lozim bo‘ladi.
Shuningdek, siz kiritgan yo‘nalishlar doirasida platforma tomonidan qaysi fan bo‘yicha o‘qishni boshlashingiz haqida taklif beriladi. Endilikda buning uchun adminlarga faningizni o‘zgartirishni so‘rab, murojaat yo‘llashingiz shart emas. Fanlar bo‘yicha malaka oshirish kurslari ketma-ket amalga oshiriladi.

➡️Videoyo'riqnoma: https://t.iss.one/video_yoriqnoma/64

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Iqlim o‘zgarishi, Orol dengizi bilan bog‘liq ekologik halokat, ta’lim inklyuzivligi, stigmaga barham berish masalalari.
Bolalar va yoshlar nafaqat tengqurlari, balki butun dunyo uchun muhim bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘z fikrini bildirmoqda.
Har bir bolaning ovozi eshitilsin!
20 noyabr, #ButunjahonBolaKunida O‘zbekiston bolalar huquqlarini himoya qilish va ilgari surishga sodiqligini tasdiqlab, "Dunyoni moviy rangga bo‘ya" global aksiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.
#WorldChildrensDay
#ForEveryChildEveryRight

Изменение климата, экологическая катастрофа Аральского моря, вопросы инклюзивности образования, искоренение стигмы.
Дети и молодежь высказывают свое мнение по вопросам, важным не только для их поколения, но и для мира в целом.
Пусть голос каждого ребёнка будет услышан!
20 ноября, во #ВсемирныйДеньДетей, в знак защиты и продвижения прав детей, Узбекистан поддерживает глобальную акцию «Освети мир синим цветом».
#WorldChildrensDay
#ForEveryChildEveryRight

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#хушхабар

O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro olimpiadada to‘rtta medalni qo‘lga kiritishdi

Xabaringiz bor, Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning olti nafar iqtidorli o'quvchilari 2-ochiq xalqaro Astronomiya olimpiadasi (OWAO 2023) ishtirok etish uchun Rossiyaning Sochi shahriga jo‘nab ketgan edi.

❗️O‘zbekistonlik o‘quvchilar joriy yilning 14-21-noyabr kunlari o‘tkazilgan mazkur olimpiadada 1 ta kumush, 3 ta bronza medallari, jumladan:

Abdulloh Abdurashidov — kumush;
Abdulloh Mamaniyozov, Ozodbek Ravshanov, Nurbek Rayimovlar — bronza medallari;
Kurbonov Muhammadamin “Faxriy yorliq”ni qo‘lga kiritdi.

👉 Quyidagi havola orqali olimpiadaning yopilish marosimini ko‘rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=kwnPV4QNlvU

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Buyuk Britaniyaga ta’lim sayohatiga jo‘nab ketayotgan o‘quvchilar bilan uchrashdim.

Rosti, beg‘ubor, orzulari osmon, ko‘zlarida kelajakka katta ishonch porlab turgan bu yoshlarni ko‘rib, zavqim oshdi. Ularning o‘z fikrlarini turli chet tillarida burro-burro bildirib muloqot qilishayotganidan xursand bo‘ldim.

Tanlovda yurtimizdagi 7000 ga yaqin maktabdan qariyb 35 ming nafar o‘quvchi qatnashdi. Ularning 32 ming nafardan ortig‘i ingliz tilidan, ming nafardan ortig‘i nemis tilidan, ming nafarga yaqini fransuz tili yo‘nalishlarida ushbu tanlovlarda ishtirok etdi.

Bugun uchrashuvda qatnashgan 70 nafar o‘quvchilar mazkur tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Respublika bosqichiga chiqqan eng baxtli o‘g‘il-qizlarimiz, desam adashmagan bo‘laman.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, xorijiy tillarni egallash yoshlarimizga dunyo eshiklarini ochish barobarida, ularning jahon ilmu fanini o‘rganishlarida katta yordam beradi.

Ham sayohat, ham ta’limga doir ushbu safar o‘quvchilarga katta motivatsiya beradi hamda yanada chuqur bilim egallashlariga zamin yaratadi. Ular O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng, u yerda olgan taassurot va bilimlarini o‘z tengdoshlari bilan bo‘lishadi.

❗️Fursatdan foydalanib, tanlovda g‘olib chiqqan o‘quvchilarning ustozlariga ham o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. O‘quvchilarga bilim berish bilan bir qatorda, ularni ushbu bellashuvlarga qiziqtira olish ham o‘qituvchilardan katta matonat va sabr talab etadi.

⚡️Sayohatingiz maroqli va taassurotlarga boy o‘tishiga ishonaman, aziz o‘quvchilar! Oq yo‘l sizlarga!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM