Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
100K subscribers
23.5K photos
6.33K videos
142 files
13.2K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
RESPUBLIKAMIZ BO’YLAB
O‘QITUVCHILAR QURULTOYINING TUMAN BOSQICHI BO’LIB O’TDI
 
Taʼlim islohotlarini birgalikda amalga oshirish, oʻqituvchilarni yagona kuchga aylantirish hamda mavjud muammolarni muhokama qilish va ularning yechimi boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Ustoz ta’lim bunyodkori” shiori ostida o‘qituvchilar qurultoyi seminar treninglari tashkil etildi.

❗️ Seminar treninglar quyidagi:
Boshlangʻich taʼlim;
Aniq fanlar;
Tabiiy fanlar;
Ona tili va adabiyot yoʻnalishlarida tashkil etilib, har bir yo‘nalish bo‘yicha 341 nafardan jami 1 364 nafar trener o‘qituvchilar tayyorlandi.

Ushbu tayyorlangan trener o‘qituvchilar tomonidan joriy yilning 7-noyabr kuni respublika bo‘yicha 40 684 nafar fan o‘qituvchilariga seminar treninglar hamda ochiq muloqotlar olib borildi.

 Jumladan, yo‘nalishlarda o‘qish savodxonligi va ona tili fanlari doirasida 4K modelini qo‘llash, o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish, loyihaga asoslangan taʼlim mavzularida o‘quvlar hamda mavjud muammolar
va ularni yechimi boʻyicha davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.

Maʼlumot uchun: O‘qituvchilar qurultoyi viloyat miqyosida ham tashkil etilib unda, treninglar, ochiq muloqotlar va madaniy tadbirlar doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ўзбекистон_тарихи
#2_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi video-dars "Spitamenning Makedoniyalik Aleksandr bosqinchiligiga qarshi kurashi" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davri aks ettiriladi.

Davomi bor...

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur
#Barkamol_avlod

⚡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Oʻquvchilar kuzgi ta’tilni qanday oʻtkazmoqda?!” mavzusida press-tur tashkil etildi.

❗️Unda vazirlik mas'ullari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

✔️ Press-tur doirasida qatnashchilar uchun Shayxontohur tuman ”Barkamol avlod” bolalar maktabi misolida:

mazkur maktablardagi toʻgaraklar faoliyati bilan tanishuv,
iqtidorli o‘quvchilar ishtirokidagi konsert dasturlari,
"Barkamol avlod" bolalar maktablari o'quvchilari tomonidan tayyorlangan eng yaxshi ijodiy ishlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
________
Ma'lumot o‘rnida: bugungi kunda Respublikamiz bo'ylab 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. Unda 10 642 ta to‘garakka 312 463 nafar o‘quvchi-yoshlar jalb etilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
Ertaga, 9 noyabr kuni soat 11.30 da Butunjahon bolalar kuni va BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 2023 yilgi konferensiyasi (COP 28) munosabati bilan "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi" xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi.
Forum bolalar va yoshlarning iqlim o‘zgarishi salbiy oqibatlariga qarshi kurashishdagi o‘rnini, shu jumladan ekologik ta’limni ilgari surish orqali e’tirof etishga bag‘ishlangan.

Tadbirning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasini quyidagi havolalar orqali tomosha qilish mumkin:
O‘zbek tilida
Ingliz tilida
Rus tilida

Bizga qo‘shiling!

#WeAreCentralAsia
#TogetherWeBuildTheSustainableWorldWeDreamOf

Завтра, 9 ноября в 11.30 состоится Международный форум «Дети и молодежь в действии — изменение климата в Центральной Азии», приуроченный ко Всемирному дню ребенка и Конференции ООН по изменению климата 2023 года (COP 28).
Форум посвящен признанию роли детей и молодежи в борьбе с негативными последствиям изменения климата, в том числе через продвижение экологического образования.

Прямую трансляцию можно будет посмотреть:
На узбекском языке
На английском языке
На русском языке

Присоединяйтесь!

#WeAreCentralAsia
#TogetherWeBuildTheSustainableWorldWeDreamOf

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#yangiliklar

💬“Raqamli taʼlim texnologiyalarining joriy etilishi: muammolar, izlanishlar va yechimlar”

🗣Diqqat!
🔵Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining navbatdagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi “Raqamli taʼlim texnologiyalarining joriy etilishi: muammolar, izlanishlar va yechimlar” mavzusida o‘tkazilmoqda. Mazkur konferensiyada o‘z maqolangiz bilan ishtirok etishga taklif etamiz!

🗓 O‘tkazilish sanasi: 2023-yil, 20-dekabr

🕓 Boshlanish vaqti: 9:30

Axborot xatini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin: https://avloniy.uz/uz/scientific-activity/open-data/12

‼️Maqolalar quyidagi elektron manzillarda joriy yilning 1-dekabr sanasiga qadar qabul qilinadi:

✉️ e-mail: [email protected]
📱 telegram: t.iss.one/Gulshan_NRI

📍Konferensiya o‘tkaziladigan manzil:

Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi, 88-uy, “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasi

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

Matematika va kimyo fani o'qituvchilari malaka

oshirishdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlikda matematika va kimyo fanidan o'quv seminarlari tashkil etildi.

Unda ta’lim rus tilida olib boriladigan sinflarda faoliyat olib boruvchi 50 nafar matematika va kimyo o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

✔️Mashg‘ulotlar Sankt-Peterburg davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Anna Mochkina va Nikita Semeniuk tomonidan olib borildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM