Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
107K subscribers
22.3K photos
6.16K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Yashil_makon

🗣“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz boʻylab barcha hududlarda, xususan ta'lim muassasalarida ham ko‘chat ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.


🌱Tadbir davomida turli navlardagi manzarali daraxtlar ekolmoqda va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
_________
✔️ Fotolavhalarda Surxondaryo, Xorazm, Sirdaryo va Farg'ona viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#yashil_makon

✔️ Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi tegishli majlis bayoniga muvofiq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari va unga tutash hududlarda manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilmoqda.

🌱 Joriy yil 30-noyabriga qadar hududiy hokimliklar tomonidan vazirlik tizimidagi:

maktabgacha ta’lim muassasalariga — 837 ming tup;

umumta’lim maktablariga — 1 mln 443 ming tup, jami 2 mln 280 ming tup ko‘chat yetkazib berilishi belgilangan.

Hozirga qadar maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida umumiy hisobda 348,2 ming tup, jumladan:

maktabgacha ta’lim muassasalarida — 130,1 ming tup ko‘chat;

umumta’lim maktablarida — 218,1 ming tup manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#tabriklaymiz
#xushxabar

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova uzbekistanofficial.uz sayti rasmiy telegram kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Eng namunali faoliyat yuritgan vazir” deb topildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#yashil_makon

Surxondaryoda "Otam bilan daraxt ekaman" aksiyasi o‘tkazilmoqda

🌱 "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Otam bilan daraxt ekaman" aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Aksiya doirasida o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarning otalari maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududida o‘z farzandlari bilan birgalikda turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishmoqda.

Ushbu tashabbus yashil maydonalarni kengaytirish bilan bir qatorda yoshlar qalbida ona tabiatga mehr uyg‘otish, otaning farzand tarbiyasidagi o‘rni va ma’suliyatini oshirishda katta o‘rin tutadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Yangi O‘zbekiston” universiteti diplomi Germaniyada tan olindi!

🌐 “Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniyaning Anabin tashkiloti tominidan Germaniyada tan olinganlik sertifikatiga va eng yuqori H+ reytingiga ega bo‘ldi.

Unga ko‘ra universitetdagi ta'lim tizimi Germaniya universitetlari tomonidan tan olinib, talabalar o‘qishni ko‘chirishi, qo‘shma ta'lim dasturlari tashkil etish, tadqiqotlar o‘tkazish va turli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish imkoni yaratildi.

🔁 English

#Anabin #Germany

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ўқув_тренинг
#француз_тили

Umumta’lim maktablari uchun ishlab chiqilgan fransuz tili darsliklarining yurtimiz maktablarida keng joriy qilish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning 8-noyabriga qadar o‘tkaziladi.

📌 Dastlabki o‘quv-trening kunidan videolavha.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktab partasidanoq IT sohasida bilim egallab, buning ortidan oilasiga foyda keltirayotgan iqtidorli o‘quvchilar

"ICTWEEK Uzbekistan - 2023" haftaligi doirasida o‘tkazilgan maktab veb-saytini yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan xakatonda 249-maktab o'quvchilaridan iborat jamoa Olmazor tumani maktablari orasida 1-o‘rinni egalladi.

G‘oliblik ortidan ular Olmazor tuman hokimligi saytini yaratish bo‘yicha ham buyurtma olishga ulgurishgan.

Yosh bo'lishiga qaramay Koreyada o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalarga dars bergan, IT sohasida daromad topishga ham ulgurgan o‘quvchilarimiz bilan istak va maqsadlari haqida suhbatlashdik.


Bugungi suhbatdoshlarimiz 249-maktabning o'quvchilari Fozil, Odina hamda Abdulloh.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan (zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 106-sonli maktab-internatida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start berildi.

18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida o‘tkaziladigan mazkur musobaqada respubikadagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslshatirilgan barcha maktab-internatlarning 2 nafardan o‘g‘il va qiz bolalari ishtirok etadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#yashil_makon

Xabar qilinganidek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida kuzgi ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Bugungi kunga qadar maktabgacha va maktab ta’lim muassasalarida 600 mingga yaqin, jumladan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 98,3 ming;
Andijon viloyatida — 35,1 ming;
Buxoro viloyatida — 34,1 ming;
Jizzax viloyatida — 92,1 ming;
Navoiy viloyatida — 29,7 ming;
Namangan viloyatida — 11,7 ming;
Samarqand viloyatida — 68 ming;
Surxondaryo viloyatida — 12,9 ming;
Sirdaryo viloyatida — 13 ming;
Farg‘ona viloyatida — 72,9 ming;
Xorazm viloyatida — 68,9 ming;
Toshkent shahrida — 64,9 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
O‘QITUVCHILAR QURULTOYINING TUMAN BOSQICHI O‘TKAZILDI

Bugun butun Respublikamiz bo'ylab “Ustoz ta’lim bunyodkori” shiori ostida o‘qituvchilar qurultoyining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir quyidagi sho‘balarda tashkil etildi:

Aniq fanlar;
tabiiy fanlar;
boshlang‘ich ta’lim;
ona tili va adabiyot.

❗️Seminar davomida har bir yo‘nalishda o‘qituvchilarning fikr va mulohazalari tinglanib umumlashtirildi.

Qurultoy doirasidagi mashg‘ulotlar amaliy shaklda tashkil etildi. O‘qituvchilar mashg‘ulot jarayonida o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, o‘z faniga doir muammolar va ularning yechimlari borasida fikr almashishdi.
_______________
✔️ Fotolavhalarda Navoiy, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM