Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
100K subscribers
23.3K photos
6.3K videos
142 files
13.2K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AZIZ OTA-ONALAR, SIZLAR FARZANDLARINGIZNING ENG AZIZ INSONISIZ... ULARDA POZITIV RUHIYATNI SHAKLLANTIRING

Farzandlaringiz ta'lim- tarbiyasiga befarq bo'lmang. Ularning beg'ubor qalbiga faqat yaxshiliklarni joylang. Ezguliklarni muhrlang...

Samarqand viloyati Jomboy tumani 17-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi Dilfuza Xo'rozova hamda maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlandi.
Fransuz tili darsliklari yurtimiz umumta’lim maktablarida joriy qilinmoqda

Ma’lumki, Fransiyaning Hachette Livre Group guruhi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ishlab chiqilgan fransuz tili (1-4-sinflari uchun — “Passe-Passe”, 5-9-sinflari uchun — “Décibel”, 10-11-sinflari uchun — “L'atelier”) darslik majmualari 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab yurtimiz umumta’lim maktablarida keng joriy qilinmoqda.

Bugun poytaxtimizdagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda mazkur darsliklardan samarali foydalanish, ularni dars jarayoniga to‘g‘ri integratsiya qilish va xalqaro fransuz tilini o‘rgatish bo‘yicha metodlarni o‘rganishga qaratilgan o‘quv treningi boshlandi.

📌Trening mashg‘ulotlariga mamlakatimizning turli hududlaridan jalb qilingan 50 dan ortiq frunsuz tili o‘qituvchilari bo‘lib, fransuz mutaxassislari tomonidan ularga darsliklarning muhim jihatlari, uni o‘quv jarayonlarida qo‘llay olishning muhim jihatlari o‘rgatilmoqda.

✔️ Trening jarayonlari joriy yilning 8-noyabriga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun: hozirgi kunda mamlakatimiz bo‘yicha 705 ta maktabdagi 1268 nafar fransuz tili o‘qituvchilari 150 ming nafardan ortiq o‘quvchilarga fransuz tilini o‘rgatib kelishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Yashil_makon

🗣“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz boʻylab barcha hududlarda, xususan ta'lim muassasalarida ham ko‘chat ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.


🌱Tadbir davomida turli navlardagi manzarali daraxtlar ekolmoqda va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
_________
✔️ Fotolavhalarda Surxondaryo, Xorazm, Sirdaryo va Farg'ona viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#yashil_makon

✔️ Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi tegishli majlis bayoniga muvofiq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari va unga tutash hududlarda manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilmoqda.

🌱 Joriy yil 30-noyabriga qadar hududiy hokimliklar tomonidan vazirlik tizimidagi:

maktabgacha ta’lim muassasalariga — 837 ming tup;

umumta’lim maktablariga — 1 mln 443 ming tup, jami 2 mln 280 ming tup ko‘chat yetkazib berilishi belgilangan.

Hozirga qadar maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida umumiy hisobda 348,2 ming tup, jumladan:

maktabgacha ta’lim muassasalarida — 130,1 ming tup ko‘chat;

umumta’lim maktablarida — 218,1 ming tup manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#tabriklaymiz
#xushxabar

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova uzbekistanofficial.uz sayti rasmiy telegram kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Eng namunali faoliyat yuritgan vazir” deb topildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#yashil_makon

Surxondaryoda "Otam bilan daraxt ekaman" aksiyasi o‘tkazilmoqda

🌱 "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Otam bilan daraxt ekaman" aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Aksiya doirasida o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarning otalari maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududida o‘z farzandlari bilan birgalikda turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishmoqda.

Ushbu tashabbus yashil maydonalarni kengaytirish bilan bir qatorda yoshlar qalbida ona tabiatga mehr uyg‘otish, otaning farzand tarbiyasidagi o‘rni va ma’suliyatini oshirishda katta o‘rin tutadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram