Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
105K subscribers
22.5K photos
6.19K videos
141 files
12.9K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
😉 Juma barchaga xayrli bo‘lsin!
Yaqinda bolalar atrof-muhitning dolzarb masalalari bo‘yicha davra suhbati tashkil qilishni so‘ragan edi. Bu yangi bilimlarni kashf etish va boshqa maktablardagi eko-faollar bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat.
Biz bunday tashabbuslarni doimo ma’qullaymiz! Mehmon sifatida esa BMTTD eksperti Gauxar Kudaybergenovani taklif qildik. Tashkil etilgan tadbirimizni "onlayn uchrashuv" deyish qiyin, chunki bunda muloqot ham, chiqishlar ham, jiddiy eko-bahs ham bo‘ldi.

Masalan:
— Maktabda chiqindini saralab nima qilamiz, axir uni mashina olib ketib, baribir bitta uyumga to‘kadi-ku? — deb so‘radi Xivadagi Prezident maktabi o‘quvchisi.
— Nima bo‘lganda ham saralash kerak, bu eko-madaniyatni tarbiyalaydi, — deya javob berdi Toshkentdagi Prezident maktabi o‘quvchisi.
— Plastik shu qadar kerakli ikkilamchi xomashyoki, u har qanaqasiga qayta ishlashga ketadi, — deb qo‘llab-quvvatladi uni Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab eko-faoli.

Nima deb o‘ylaysiz, bu fikrlarning qay biri to‘g‘ri?

😉 Доброй пятницы всем!
Недавно ребята попросили устроить круглый стол по актуальным вопросам окружающей среды. Для них это классная возможность узнать много нового и познакомиться с экоактивистами из других школ.
Мы всегда «за» такие инициативы! А в качестве гостя пригласили эксперта ПРООН Гаухар Кудайбергенову. То, что получилось в итоге, сложно назвать просто «онлайн встречей» — это и диалог, и выступления, и серьёзный эко-баттл.

Вот, например:
— Зачем нам сортировать в школе мусор, если потом его забирает машина и сваливает в одну кучу? — спрашивает учащаяся Хивинской президентской школы?
— Сортировать в любом случае нужно — это развивает эко-культуру, — парировал ученик из Ташкентской президентской школы.
— Пластик на столько востребованное вторсырьё, что в любом случае попадёт на переработку, — поддержала экоактивистка из спецшколы Ибн Сино.

Как думаете, кто из ребят прав?

Zamin | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada,
Bu nihol nomini Yaxshilik ata.
Niholing yoniga bir gul ekib qo‘y,
U gulning ismini Go‘zallik deb qo‘y.

Gulu niholingga baxsh etib hayot,
Suv ber va bu suvga Mehr deb qo‘y ot.
Sendan kelajakka bog‘ qolsin, ey do‘st,
Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey do‘st.

Erkin Vohidov
"Yangi O'zbekiston" universiteti talabalari xalqaro matematika olimpiadasida 3 ta medalni qo'lga kiritishdi

🌐 Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida matematika fanidan o'tkazilgan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi II xalqaro olimpiadasida universitetimiz talabalari 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.

🥈Abrorjon Butayev – kumush medal
🥈Olimjon Olimov – kumush medal
🥉Jasurbek Ro'ziboyev – bronza medal

📌 Ma'lumot uchun, olimpiadada 40 ta jamoadan (14 tasi xorijiy, 26 tasi mahalliy) 225 nafar talaba ishtirok etgan.

🎗 Talabalarimizni muvaffaqiyatli ishtiroki bilan tabriklaymiz!

🔁 English

#olympiad #mathematics

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Obyektiv

Davlatimiz rahbarining kuni kecha Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida belgilangan tegishli vazifalar mazmuni hamda maktabgacha va va maktab ta’limi muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligiga doir vazirlik mas’ullarining fikrlari bayon etilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
416 ta maktabda 9- va 11-sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarlik darajasi sinovdan o‘tkaziladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamkorligida o‘quvchilarni jismoniy harakatlanishga yo‘naltirish orqali ularni salomatligini mustahkamlash qaratilgan "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini qabul qilishga start berilmoqda.
Joriy yilining noyabr oyida 416 ta umumiy o'rta taʼlim maktablarining 9- va 11-sinf o‘quvchilaridan sport sinovlari qabul qilinadi.

Sport sinovlari ixtiyoriy va maxsus talablardan iborat bo‘lib, o‘quvchilarning chidamlilik, kuch, egiluvchanlik va tezlik imkoniyatlarini rivojlanganlik darajasini aniqlaydi.

2024-yil mart-aprel oylarida barcha umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7 yoshdan18 yoshgacha bo'lgan o'quvchi-yoshlaridan qabul qilinadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
ENDILIKDA "BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABINING STEAM TOʻGARAKLARI YANADA RIVOJLANADI

🔰 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o'rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

🤝 Tomonlar memorandum doirasida quyidagi kelishuvga erishdilar:

☝️O‘quvchilar o‘rtasida biologiya va kimyo to‘garaklari faoliyatiga oid tanlovlarni tashkil etish hamda boshqa turdagi tadbirlarni yuqori saviyada tashkil qilish va o‘tkazish;

☝️Tajribali o‘qituvchilar kuzatuvi ostida hududlarda biologiya, kimyo to‘garaklari faoliyatining rivoji uchun tanlangan yangi metodika (o‘quv qo‘llanma, dastur) ya’ni, “STEAM - ta’lim” dasturi asosida bolalar ta’lim olishini tashkillashtirish;

☝️Tuman (shahar), viloyatlar, Toshkent shahar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida taniqli va tajribali olimlar ishtirokida seminar, tanlov va festivallar, mahorat saboqlari hamda boshqa bayram tadbirlarini o‘tkazish.

O‘zaro kelishuv bo‘yicha boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish.

Memorandum bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni bizning internet sahifalarimizda kuzatib boring!

Yangi loyihalar hali oldinda...

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Электр_энергиясини_тежашни_болаликдан_ўрганамиз

Elektr energiyasini tejash uchun kundalik hayotda nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Farzandlarimizga bu borada nimalarni o’rgatishimiz kerak?

Bularning barchasi bilan videolavhada batafsil tanishishingiz mumkin.

#Tengdoshdan_tengdoshga_tavsiyalar

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#doktorant_minbari

💬Siz tanlagan mavzu mamlakat taʼlimi rivojiga nima beradi?

🔃Har bir tizimni boshqarish va samarali rivojlantirish nihoyatda murakkab jarayondir. Ayniqsa, taʼlim sohasi mamlakat kelajagini belgilaydi. Tizimda o‘zgarishlar qilish uchun avvalo, ilmiy asoslangan izlanishlar orqali qarorlar qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida ham har bir o‘zgarishlar ilmiy izlanishlarga asoslanadi. Vazirlikning A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti doktorantlari ham taʼlim rivoji yo‘lida izlanishlar olib bormoqda. Institutning Matbuot xizmati "Doktorant minbari" loyihasini yo‘lga qo‘ydi.

🗣Bu loyihada doktorantlar bilan ularning mavzulari va izlanishlari doirasida suhbat olib boriladi. Suhbatning birinchi mehmoni institut doktoranti Sulton Normatov.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

✈️ Telegram | 🔵Facebook |🎬YouTube | 📷Instagram
#Yashil_makon

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz boʻylab barcha hududlarda ko‘chat ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi tashkilotlarda ham mazkur loyiha doirasida daraxt ekish tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

🌲Unda hududiy boshqarmalar va bo‘limlar, shuningdek maktab hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari yurtimizni yashil makonga aylantirishda o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.
______________
Fotolavhalarda Samarqand, Andijon, Surxondaryo va Navoiy viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM