Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
107K subscribers
22.3K photos
6.16K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Barkamol_laureati

“BARKAMOL LAUREATI” KO‘RIK-TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI GʻOLIBLARI ANIQLANDI!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan tashkil etilgan “Barkamol laureati” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi.

Ular bilan quyida tanishing:

Biologiya yoʻnalishi boʻyicha

🥇1-oʻrin: Xorazm viloyati, Hazorasp tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak a’zosi Ziyoda Bekchonbayeva;

🥈2-oʻrin: Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak a’zosi Dilnoza Azamatova;

🥉3-oʻrin: Toshkent viloyati, Piskent tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak a’zosi Ozodbek Ikromov.

Kimyo yoʻnalishi boʻyicha

🥇1-oʻrin: Buxoro viloyati, Kogon tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak a’zosi Akbarali Askarov;

🥈2-oʻrin: Fargʻona viloyati, Beshariq tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak a’zosi Mohinabonu Inomova;

🥉3-oʻrin: Jizzax viloyati, Gʻallaorol tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak a’zosi Madina Akramova.

🎁G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

👏 G'oliblarni Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi nomidan tabriklaymiz!

👍👍👍👍👍👍

⬇️Bizni kuzatib boring!
Eng yangi, qiziqarli tanlovlar va loyihalar bizda!

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Podkast

⚡️⚡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari "Qo‘shtirnoq" podkastida

“Tanlov fanlari asosida ta’lim olish repetitorga hojat qoldirmaydi"

”Dunyo bolalari maktabda 12 yil o‘qigan bo‘lsa, biz 5 yarim-6 o‘quv yili o‘qiganmiz..."

“Bu baholash o‘quvchilarni o‘qishga, o‘qituvchilarni ishlashga majbur qiladi"

“Pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash tizimida o'qituvchilar mahorati qaysi mezonlar bilan baholanadi?"

“Dunyo bo‘yicha Kembridj dasturi asosida o‘qiydigan o‘quvchilar natijalari e’lon qilinganda o‘zbekistonlik o‘quvchilarning natijasi doim yuqori bo‘ladi".

❗️ Albatta ko‘ring!

🎥👉 https://www.youtube.com/watch?v=HrVbhLgvrT8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги брифинги
#27oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
😉 Juma barchaga xayrli bo‘lsin!
Yaqinda bolalar atrof-muhitning dolzarb masalalari bo‘yicha davra suhbati tashkil qilishni so‘ragan edi. Bu yangi bilimlarni kashf etish va boshqa maktablardagi eko-faollar bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat.
Biz bunday tashabbuslarni doimo ma’qullaymiz! Mehmon sifatida esa BMTTD eksperti Gauxar Kudaybergenovani taklif qildik. Tashkil etilgan tadbirimizni "onlayn uchrashuv" deyish qiyin, chunki bunda muloqot ham, chiqishlar ham, jiddiy eko-bahs ham bo‘ldi.

Masalan:
— Maktabda chiqindini saralab nima qilamiz, axir uni mashina olib ketib, baribir bitta uyumga to‘kadi-ku? — deb so‘radi Xivadagi Prezident maktabi o‘quvchisi.
— Nima bo‘lganda ham saralash kerak, bu eko-madaniyatni tarbiyalaydi, — deya javob berdi Toshkentdagi Prezident maktabi o‘quvchisi.
— Plastik shu qadar kerakli ikkilamchi xomashyoki, u har qanaqasiga qayta ishlashga ketadi, — deb qo‘llab-quvvatladi uni Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab eko-faoli.

Nima deb o‘ylaysiz, bu fikrlarning qay biri to‘g‘ri?

😉 Доброй пятницы всем!
Недавно ребята попросили устроить круглый стол по актуальным вопросам окружающей среды. Для них это классная возможность узнать много нового и познакомиться с экоактивистами из других школ.
Мы всегда «за» такие инициативы! А в качестве гостя пригласили эксперта ПРООН Гаухар Кудайбергенову. То, что получилось в итоге, сложно назвать просто «онлайн встречей» — это и диалог, и выступления, и серьёзный эко-баттл.

Вот, например:
— Зачем нам сортировать в школе мусор, если потом его забирает машина и сваливает в одну кучу? — спрашивает учащаяся Хивинской президентской школы?
— Сортировать в любом случае нужно — это развивает эко-культуру, — парировал ученик из Ташкентской президентской школы.
— Пластик на столько востребованное вторсырьё, что в любом случае попадёт на переработку, — поддержала экоактивистка из спецшколы Ибн Сино.

Как думаете, кто из ребят прав?

Zamin | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada,
Bu nihol nomini Yaxshilik ata.
Niholing yoniga bir gul ekib qo‘y,
U gulning ismini Go‘zallik deb qo‘y.

Gulu niholingga baxsh etib hayot,
Suv ber va bu suvga Mehr deb qo‘y ot.
Sendan kelajakka bog‘ qolsin, ey do‘st,
Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey do‘st.

Erkin Vohidov
"Yangi O'zbekiston" universiteti talabalari xalqaro matematika olimpiadasida 3 ta medalni qo'lga kiritishdi

🌐 Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida matematika fanidan o'tkazilgan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi II xalqaro olimpiadasida universitetimiz talabalari 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.

🥈Abrorjon Butayev – kumush medal
🥈Olimjon Olimov – kumush medal
🥉Jasurbek Ro'ziboyev – bronza medal

📌 Ma'lumot uchun, olimpiadada 40 ta jamoadan (14 tasi xorijiy, 26 tasi mahalliy) 225 nafar talaba ishtirok etgan.

🎗 Talabalarimizni muvaffaqiyatli ishtiroki bilan tabriklaymiz!

🔁 English

#olympiad #mathematics

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Obyektiv

Davlatimiz rahbarining kuni kecha Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida belgilangan tegishli vazifalar mazmuni hamda maktabgacha va va maktab ta’limi muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligiga doir vazirlik mas’ullarining fikrlari bayon etilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
416 ta maktabda 9- va 11-sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarlik darajasi sinovdan o‘tkaziladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamkorligida o‘quvchilarni jismoniy harakatlanishga yo‘naltirish orqali ularni salomatligini mustahkamlash qaratilgan "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini qabul qilishga start berilmoqda.
Joriy yilining noyabr oyida 416 ta umumiy o'rta taʼlim maktablarining 9- va 11-sinf o‘quvchilaridan sport sinovlari qabul qilinadi.

Sport sinovlari ixtiyoriy va maxsus talablardan iborat bo‘lib, o‘quvchilarning chidamlilik, kuch, egiluvchanlik va tezlik imkoniyatlarini rivojlanganlik darajasini aniqlaydi.

2024-yil mart-aprel oylarida barcha umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7 yoshdan18 yoshgacha bo'lgan o'quvchi-yoshlaridan qabul qilinadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
ENDILIKDA "BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABINING STEAM TOʻGARAKLARI YANADA RIVOJLANADI

🔰 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o'rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

🤝 Tomonlar memorandum doirasida quyidagi kelishuvga erishdilar:

☝️O‘quvchilar o‘rtasida biologiya va kimyo to‘garaklari faoliyatiga oid tanlovlarni tashkil etish hamda boshqa turdagi tadbirlarni yuqori saviyada tashkil qilish va o‘tkazish;

☝️Tajribali o‘qituvchilar kuzatuvi ostida hududlarda biologiya, kimyo to‘garaklari faoliyatining rivoji uchun tanlangan yangi metodika (o‘quv qo‘llanma, dastur) ya’ni, “STEAM - ta’lim” dasturi asosida bolalar ta’lim olishini tashkillashtirish;

☝️Tuman (shahar), viloyatlar, Toshkent shahar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida taniqli va tajribali olimlar ishtirokida seminar, tanlov va festivallar, mahorat saboqlari hamda boshqa bayram tadbirlarini o‘tkazish.

O‘zaro kelishuv bo‘yicha boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish.

Memorandum bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni bizning internet sahifalarimizda kuzatib boring!

Yangi loyihalar hali oldinda...

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM