Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
105K subscribers
22.5K photos
6.2K videos
141 files
12.9K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😊 Hammaga xayrli kun!

🥣 Bugun, 16 oktyabr kuni BMT taqvimidagi eng muhim xalqaro kunlardan biri — Butunjahon oziq-ovqat kuni. 2023 yil mavzusi — "Suv hayot uchun. Suv oziq-ovqat uchun. Hech kim e’tibordan chetda qolmasligi kerak". Bu mintaqamiz uchun muhim mavzu, shundaymi?

🚰 Suv odamlar, iqtisodiyot, tabiatni harakatga keltiruvchi kuch. Suv — biz iste’mol qilayotgan oziq-ovqatning asosi. Yer yuzasining 71 foizi suv bilan qoplangan bo‘lsa-da, ichish mumkin bo‘lgan chuchuk suv ulushi atigi 2,5 foizni tashkil etadi. Qolaversa, oxirgi o‘n yilliklar davomida bir nafar odamga to‘g‘ri keladigan chuchuk suv miqdori 20 foizga qisqardi. Biz ushbu qimmatli resursni tugatib qo‘yishimiz xavfi bor.

Hozir harakat qilishning ayni vaqti! Qanday deysizmi? Birinchi navtabda videolavhamizni diqqat bilan tomosha qiling 👆

#YoshFermer #Zamin #FAO
#SuvHayotUchun
#SuvOziqovqatUchun
#HechKimEtibordanChetdaQolmasligiKerak

Zamin | Facebook | Instagram
#Yashil_makon
#Samarqand

MaktablardaYashil makon" umummilliy harakati boshlandi

Bugun Samarqand viloyati Toyloq tumani 15-maktabning bir gektar hududida daraxt ko‘chatlari ekildi.

❗️Ko'chat ekish jarayonida maktab o‘quvchilari va nuroniylar ishtirok etishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_22

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda:

00:09 Men ingliz tili o‘qituvchisiman. Shu yilning may oyida Aptis for teachers sertifikatini olganman. Maktabimiz rahbari 2023-yil sentabr oyidan boshlab ushbu sertifikat uchun ustama to‘lanmasligini aytmoqda. Shu to‘g‘rimi?

01:39 Hozirda oliy o‘quv yurtining 4-kurs talabasiman, shuningdek maktabda ona tili va adabiyot fanidan dars beraman. Savolim, ushbu fandan milliy sertifikatni qo‘lga kiritsam, ustama to‘lanadimi?

02:26 Magistr darajasidagi yangi ishga qabul qilinayotgan o‘qituvchilar ham kasbiy sertifikat olgunga qadar stajyor-tadqiqotchi bo‘lib ishlaydimi? Ularning oylik maoshi qanday belgilanadi?

Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eko_maktab

Yashil makonga aylantirilgan maktab

Ikki yil oldin "Yashil makon" umummilliy harakatiga start berilganida, mazkur loyiha doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini boshlagan Toshkent shahridagi 81-maktab jamoasi loyihani yanada kengaytirishga erishishgan.

⚡️Natijada ushbu ta'lim muassasasi bog‘i kengayib, turli daraxtlar va gullar bilan boyigan va maktab 2022-yil "Eco Uzbekistan" loyihasiga a’zo bo‘lgan.

Bugungi kunda maktabda 10 nafar o‘quvchi va 5 nafar o‘qituvchilardan iborat ekofaollar jamoasi tuzilgan va ekologik muhitni yaxshilash borasida turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkaziladi.

O‘quv dargohi issiqxonasida ekologik toza hosil yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari daraxt ko‘chatlari ko‘paytirilib, maktab bog‘i kengaytirilmoqda.
____________________
❗️Ma'lumot o'rnida: mazkur maktab ”Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Ekologik ta’lim fondi (FEE) 7 qadam dasturining oliy mukofoti — Yashil bayroqqa sazovor bo’lgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichiga start berildi

Avval xabar berganimizdek, o‘qituvchilarning ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini ommalashtirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovi eʼlon qilingan edi.

Joriy yilning 16-oktabr kuni mazkur tanlovning respublika bosqichiga start berildi.

❗️Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri maktablarining 2 nafardan ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

Tanlovning 1-sharti, “Ustoz dilidagi o‘ylar” mavzusida esse yozish bilan boshlandi.

17-oktabr kuni “Har bir kun – bu imkoniyat, har bir kun – bu kelajak учун poydevor” shiori ostida “O‘zbek tili” va “Ona tili” fanlaridan mahorat darsini o‘tkazish bilan davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada,
Bu nihol nomini Yaxshilik ata.
Niholing yoniga bir gul ekib qo‘y,
U gulning ismini Go‘zallik deb qo‘y.

Gulu niholingga baxsh etib hayot,
Suv ber va bu suvga Mehr deb qo‘y ot.
Sendan kelajakka bog‘ qolsin, ey do‘st,
Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey do‘st.

Erkin Vohidov
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
😊 Barchaga salom!
Kechagi so‘rov yakunlarini sarhisob qilamiz.
Faqat yarmingiz savolga to‘g‘ri javob bera oldingiz.
Qishloq xo‘jaligida dunyodagi chuchuk suv hajmining 72 foizga yaqini sarflanadi! 16 foizini shaharlar va aholi yashash maskanlari hamda 12 foizini sanoat ishlatadi.
Kichik so‘rovimizdan qanday saboq chiqarish mumkin?
1. Suv zaxiralarini asramoqchi bo‘lsak, qishloq xo‘jaligidan boshlashimiz kerak.
2. Suvdan foydalanish sohasidagi bilimlarimizni oshirishimiz lozim. 😉

Shuning uchun "Zamin" fondi, MMTV, Yoshlar agentligi va FAOning "Yosh fermer" qo‘shma loyihasi doirasida 20 oktyabr kuni juda qiziqarli "Suv hayot uchun. Suv oziq-ovqat uchun" nomli ish daftarini e’tiboringizga taqdim etamiz. Unda suvni asrash bo‘yicha ko‘plab qiziqarli faktlar va amaliy misollar to‘plangan.

#YoshFermer
#SuvHayotUchun
#SuvOziqOvqatUchun

😊 Всем привет!
Подводим итоги вчерашнего опроса.
Лишь половина из вас верно ответила на вопрос.
Сельское хозяйство использует около 72% общего объема пресной воды по всему миру! Города и населённые пункты — 16% и промышленность использует 12%.
Какие два вывода напрашиваются из нашего мини-опроса?
1. Если мы хотим сохранить запасы воды, то начинать нужно с сельского хозяйства.
2. Знания в области водопользования нам нужно углублять. 😉

И в рамках совместного проекта Фонда Zamin, МДШО, АДМ и ФАО «Юный фермер» 20 октября мы представим вам очень интересную рабочую тетрадь «Вода для жизни. Вода для продовольствия». В ней собрано масса интересных фактов и практических примеров по сохранению воды.

#ЮныйФермер
#ВодаДляЖизни
#ВодаДляПродовольствия

Zamin | Facebook | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
#Koreya

Vazirlik delegatsiyasi Koreyada tajriba almashmoqda

🔴Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi Koreyaning Seul shahrida bo‘lib o‘tayotgan tajriba almashinuvi bo‘yicha seminar-treninglarda ishtirok etishmoqda.

Yig‘ilishni Seul ta'lim departamentining ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha boshlig‘i Xan Nyen Gyi ochib berdi. Unda ikki mamlakat ta'lim tizimi o‘rtasidagi o‘xshashliklar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

❗️Shuningdek, treninglar doirasida sun'iy intellekt bo‘yicha mahorat darslari ham bo‘lib o‘tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
#Mehrli_maktab

Gospital maktablar pedagoglari malaka oshirishdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Rossiyaning "УчимЗнаем" gospital maktabi bilan hamkorlikda gospital maktablar pedagoglari uchun kasbiy rivojlantirish amaliyot dasturi tashkil etildi.

Unda "Uzoq muddatli davolanayotgan bolalar uchun ta’lim muhitini yaratish” ijtimoiy loyihasi va ikki davlat ta'lim tizimidagi gospital maktablar tajribasi muhokama qilindi.

⚡️Shuningdek, "Mehrli maktab" va Rossiyaning A.I.Gersen pedagogika universiteti filiali o'rtasida talabalarning amaliy mashg'ulotlarini o'tkazish to'g'risida memorandum imzolandi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1295

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM