“Yangi O‘zbekiston” universitetida tanishtiruv haftaligi bo‘lib o‘tdi
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tanishtiruv haftaligi tashkil etildi.
❗️Joriy yilning 3-7-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan haftalik davomida universitetning faxriy prezidenti Wolfgang A.Herrmann, ta’lim dargohi mas’ul xodimlari hamda Talabalar kengashi o‘z faoliyati haqida talabalarga taqdimotlar namoyish etishdi. Shuningdek, talabalarga o‘quv darslarini tashkil etish, yangi metodologik usullar xususida atroflicha ma’lumot berib o‘tishdi.
⚡️Universitetning birinchi bosqich talabalari uchun tashkil etilgan mazkur tanishtiruv haftaligi davomida talabalar uchun ko‘plab sport musobaqalari, zakovat o‘yinlari va turli treninglar o‘tkazildi. Bu orqali talabalar bir-birlari bilan do‘stona muhit, hamjihatlik o‘rnatish va universitetda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
“Vatan umidlari” nomini olgan yakuniy tadbirda haftalikda faol ishtirok etgan talabalar, fidoyi o‘qituvchi va xodimlar munosib taqdirlandi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

#Yurist_maslahati
❓Men ingliz tili o‘qituvchisiman. Yaqinda tug‘ruq ta’tilidan qaytdim. Menga dars taqsimoti ta’tilgacha bo‘lgan davrdagi kabi taqsimlanadimi?
Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining O‘quv jarayonini metodik ta'minlash va darsliklar boshqarmasi hamda Yuridik bo'limi xodimlari javob berishdi.
✅ Adliya vazirligi tomonidan 30.06.2020-yilda "Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qaror ro‘yxatdan o‘tgan.
Ushbu Qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 15-bandiga muvofiq, umumta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, taqsimot har yili 15-sentabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari bir qator ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, Nizomning 19-bandiga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga dars soatlari mehnat qonunchiligiga asosan mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlar asosida taqsimlanadi.
❗️Bunda xodim dekret ta’tilidan qaytganda uning darslari qayta taqsimlanadi. O‘qituvchining ko‘rsatkich natijalari yuqori bo‘lsa, (toifa, sertifikat va h.k) unga avvalgidan ham ko‘proq dars soatlari ajratilishi mumkin.
Umuman olganda, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga faqat ta’tildan avvalgi dars soatlarigina beriladi degan qoida yo‘q.

Informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchilari malaka oshirishdi
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda “Astrum” IT-akademiyasi tomonidan malaka oshirish o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan o‘qituvchilarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
⚡️Mazkur kasbiy rivojlanish kursida informatika fani o’qituvchilari raqamli texnologiyalar, tarmoq asoslari va kiberxavfsizlik asoslari yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va malakalarini oshirishdi.
✔️Ma’lumot o’rnida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklarining qo‘shma qarorlariga asosan “Astrum” IT-akademiyasida axborot texnologiyalari sohasida tashkil etilgan malaka oshirish o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan va maxsus sertifikatga ega bo‘lgan informatika fani o‘qituvchilariga ustama to‘lanishi belgilangan.

#Xalqaro_hamkorlik
#MELQO
⚡️Ilk bor O‘zbekistonning barcha hududlarida 2023-yil 9-oktabr kunidan boshlab “MELQO” xalqaro vositasi asosida maktabgacha ta’lim sifatini baholashning birinchi bosqichi boshlandi.
✨Tasodifiy tanlash usuli yordamida respublika bo‘yicha 100 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olindi, baholash va ma’lumotlarni to‘plash sertifikatlangan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqich 2024-yilda boshlanadi, bunda 250 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olinadi.
✨MELQO xalqaro vositasi butun dunyoda erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ta’lim sifatini o‘lchash uchun ishlatiladi.
✨Ushbu tadqiqot bolalarning qanchalik yaxshi rivojlanganligi va bolalarning ta’lim muhitining sifati haqida ma’lumot beradi.
________
#Международное_сотрудничество
#MELQO
⚡️В Узбекистане во всех регионах с 9 октября 2023 года стартовал первый этап измерения качества дошкольного образования, которое проводится впервые на основе международного инструмента «MELQO».
✨ Методом случайной выборки было отобрано 100 дошкольных образовательных организаций, измерение и сбор информации проводят сертифицированные специалисты. Второй этап стартует в 2024 году, где будет отобрано 250 дошкольных образовательных организаций.
✨Инструмент «MELQO» используются во всем мире для измерения качества ухода за детьми младшего возраста и их образования.
✨Данное исследование предоставит информацию о том, насколько хорошо развиваются дети, и о качестве среды обучения детей.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅ Mirodil Ergashev 2002-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Tug‘ilganiga 15 kun bo‘lganida baxtsiz hodisa sabab ota-onasidan erta yetim qolgan. 15 yoshidan sartaroshlik hunarini o‘rganib, hozirgi vaqtda ko‘plab mijozlarga ega usta-sartarosh bo‘lib yetishdi.
❗️Voyaga yetib o‘z yo‘lini topishga urinayotgan Mirodilning hayotida bugun yana bir quvonchli voqea ro‘y berdi — u davlatimiz tomonidan berilgan va faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan shaxsiy uyiga ko‘chib o‘tdi.
Mirodilning tog‘asi va vasiysi Abduvohid Ochilov Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qarori asosida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joy berilishini eshitdiyu, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qildi.
➖ Vazirlik tomonidan ushbu murojaat alohida nazoratga olinib, tegishli vazirlik va tashkilotlar, shuningdek Uchtepa tumani hokimligi bilan hamkorlikda qisqa muddatda o‘rganib chiqildi hamda Mirodil Ergashevga poytaxtimizning Yunusobod tumani 2-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan bir xonali xonadon ajratildi.
⚡️Quvonarlisi, o‘rnatilgan tartibga asosan mazkur yangi xonadon muzlatgich, gaz plitasi, yotoqxona va oshxona anjomlari bilan to‘liq ta’minlandi.
❕ Bir oila — katta jamiyatning bo‘lagi. Davlatning rivoji va taraqqiyoti jamiyatning muhim bo‘g‘ini — oilalarning mustahkamligiga bog‘liqdir. Bu borada 21 yoshli Mirodilning yangi hayoti ushbu xonadon ostonasidan boshlandi, deb ayta olamiz.
✔️Ma’lumot uchun: 2021-yilda 710 nafar (89,6 mlrd so‘m ajratilgan), 2022-yilda 388 nafar (57 mlrd so‘m ajratilgan) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uy-joy bilan ta’minlandi. 2023-yilda 424 nafar bu kabi bolalarni uy-joy bilan ta’minlash rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu vazifalar ijrosi tegishli tashkilotlar va mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
❗️Voyaga yetib o‘z yo‘lini topishga urinayotgan Mirodilning hayotida bugun yana bir quvonchli voqea ro‘y berdi — u davlatimiz tomonidan berilgan va faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan shaxsiy uyiga ko‘chib o‘tdi.
Mirodilning tog‘asi va vasiysi Abduvohid Ochilov Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qarori asosida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joy berilishini eshitdiyu, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qildi.
⚡️Quvonarlisi, o‘rnatilgan tartibga asosan mazkur yangi xonadon muzlatgich, gaz plitasi, yotoqxona va oshxona anjomlari bilan to‘liq ta’minlandi.
✔️Ma’lumot uchun: 2021-yilda 710 nafar (89,6 mlrd so‘m ajratilgan), 2022-yilda 388 nafar (57 mlrd so‘m ajratilgan) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uy-joy bilan ta’minlandi. 2023-yilda 424 nafar bu kabi bolalarni uy-joy bilan ta’minlash rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu vazifalar ijrosi tegishli tashkilotlar va mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Asosiy_olimpiada
📣📣Asosiy olimpiadaning II bosqichiga start berilmoqda!
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan o‘quvchi-yoshlarning iqtidorini va ijodiy qobiliyatini aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarni fanlarni chuqur o‘rganishga bo‘lgan intilishni va qiziqishlarini oshirish, kelajakda kasblarni to‘g‘ri tanlashiga ko‘maklashish maqsadida anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan asosiy olimpiadaning II bosqichiga start berilmoqda.
❗️Olimpiada barcha fanlardan test sinovlari shaklida tashkil etiladi. Har bir fandan 30 ta test savollari taqdim qilinadi. Ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar g‘olib aniqlanadi va asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichida ishtirok etadi.
⚡️ Asosiy olimpiadaning II (tuman) bosqichi ishtirokchilariga omad tilab qolamiz!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
📣📣Asosiy olimpiadaning II bosqichiga start berilmoqda!
❗️Olimpiada barcha fanlardan test sinovlari shaklida tashkil etiladi. Har bir fandan 30 ta test savollari taqdim qilinadi. Ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar g‘olib aniqlanadi va asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichida ishtirok etadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Инклюзив_таълим
✅ Yevropa, Osiyo va Tinch okeani mintaqasida bilim va innovatsiyalar almashinuvi (KIX) tashkiloti tomonidan moliyalashtiriladigan “Ta’limda global hamkorlik” loyihasi doirasida Gruziya, Moldova, Qirg‘iziston, Tojikiston va Shvetsariya davlatlari delegatsiyalari vakillari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida bo'lishdi.
Bundan ko'zlangan maqsad, inklyuziv ta’lim bo‘yicha tajriba almashish hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdan iborat.
❗️Uchrashuv avvalida vazir o'rinbosari Dilshod Kenjayev O‘zbekistonda ta’lim tizimida, ayniqsa inklyuziv ta’limni irivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.
⚡️Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari vazirlik tasarrufidagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazida tashkil etilgan “Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi” faoliyati hamda inklyuziv ta’limning Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 134-sonli maktab misolida o‘rganganligini ma’lum qilib, yurtimizda inklyuziv ta’lim jadal rivojlanib borayotganligini alohida e’tirof etishdi.