Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.5K subscribers
21.3K photos
6.01K videos
140 files
12.5K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

🔴 Xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi davom etmoqda.

⚡️ Mintaqaviy xalqaro olimpiadalar g’oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxodjayev, akademik Abdulla A’zamov tomonidan taqdirlandi.

❗️Ma'lumot o'rnida, bu yil o'quvchilarimiz mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda jami 52 ta medalni qo'lga kiritishgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Taqdirlash_marosimi
#Fotoreportaj

2022/2023-oʻquv yili davomida nufuzli va mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimidan fotoreportaj.
_______

⚡️
Фоторепортаж с церемонии награждения учащихся-победителей престижных и региональных международных предметных олимпиад в 2022/2023 учебном году и их преподавателей.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari “Seeds for the future” loyihasida g'olib bo'lishdi!

🌐 Qatar poytaxti Doha shahrida 2–9-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Seeds for the future” loyihasida O‘zbekistondan 15 nafar talaba muvaffaqiyatli ishtirok etib, 8 nafari keyingi bosqichga o'tdi.

“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari Zulfiya Usmonova, Otabek Atabayev loyihada g'oliblikni qo'lga kiritib, Tech4Good akseleratsiya dasturidan o‘tish uchun Dubayga jo‘nab ketmoqda.

🎗 Talabalarimizga mazkur bosqichda ham omad tilab qolamiz!

🔁 English

#SeedsfortheFuture #tech4good

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Suvni_tejaymiz

Ichimlik suvini tejash maqsadida farzandlarimizga nimalarni o’rgatishimiz lozim?

Kundalik hayotimizda e’tibor qaratishimiz kerak bo’lgan tavsiyalar.

Bularning barchasi infografikada.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖐Maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus” olimpiadasining 2-mavsumiga start berilmoqda!

11-sentabrdan (bugundan) boshlab, maktab o‘quvchilari mini futbol, voleybol, shaxmat, shashka, stol tennisi, yengil atletika, quvnoq startlar, “Zakovat” intellektual o‘yini va “Quvnoqlar va zukkolar” tanlov va musobaqalarining ishtirokchilariga aylanadilar.

15-sentabr sanasidan mahalladagi yoshlar shaxmat, milliy kurash, voleybol, gimnastrada sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Milliy va Zamonaviy cholg‘u ijrochiligi” va “Yosh kitobxon” tanlovlari g‘olib va sovrindorlari bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

Mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlovda siz ham ishtirok etib, tengdoshlaringiz bilan bir safda bo‘ling!

Maʼlumot uchun, bugungi kunga qadar, 5tashabbus.uz sayti orqali Olimpiadaning ikkinchi mavsumidagi tanlov va sport musobaqalarida ishtirok etish uchun jami 6 mlndan ziyod yosh elektron ro‘yxatdan o‘tgan.

#beshtashabbusolimpiadasi #mahallabosqichi

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGI O'QUV YILIDA "BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABLARIDA SIZLARNI NIMALAR KUTYAPTI?

🫥Innovatsion amaliy mashg‘ulotlar

🫥Ko'ngilochar challengelar

🫥Qiziqarli to'garak mashg'ulotlari

🫥Respublika ko'rik-tanlovlari va musobaqalari

🫥Xalqaro tanlovlar

IMKONIYATNI QO'LDAN BOY BERMANG!

Barchasi siz uchun!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASIDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHGA DOIR QATOR VAZIFALAR BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida“gi Farmoni hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilindi.

Mazkur qarorga asosan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari beriladi;

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlaridagi barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari eksperiment tariqasida ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi hamda kelgusida mazkur tajriba respublikamizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi;

banklarning nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

⚡️2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi 10-sinf o‘quvchilari uchun tegishli hududlarda talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslari joriy etiladi;

❗️Bunda, dastlabki bosqichda ushbu tartib zarur kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etiladi.

Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1250
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔅“Water time” dasturi Samarqand shahrida

Ichimlik suviga bo‘lgan munosabatni yoshlikdan to'g'ri shakllantirish davr talabidir.

✔️
Ana shu maqsadda “Water time” dasturi ijodkorlari Samarqand shahrida bo‘lib, Prezident maktabi o‘quvchilari bilan ichimlik suvi va uni asrab-avaylash mavzusida fikr almashishdi.

❗️Unda butun dunyo hamda Oʼzbekistondagi ichimlik suvi muammolari va yechimlari borasida fikr-mulohazalar zukko o‘quvchilar talqinida o‘z ifodasini topdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🤝🇬🇧 Ingliz tili o'qituvchilarining professional darajasini oshirish uchun ajoyib imkoniyat! 👩‍🏫

Britaniya Kengashi Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda davlat maktablarining ingliz tili o‘qituvchilarini malaka oshirish kurslariga taklif qiladi.

❗️Kurs Britaniya Kengashining Onlayn o‘qituvchilar hamjamiyati platformasida 10 hafta davom etadi.

📣 Mazkur 10 haftalik kasbiy rivojlanish mashg'ulotlari orqali siz:

🔹 O‘qitish darajangizni oshirish,
🔹 hamkasblar bilan tajriba almashish,
🔹 darslar uchun haftasiga taxminan 3 soat vaqt ajratish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

👏 O‘qituvchilik faoliyatingizni yangi cho‘qqilarga olib chiqishga tayyormisiz?

👉 Batafsil
📑 Ariza topshirish

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
🇺🇿🤝🇬🇧 Exciting Professional Development Opportunity for English Teachers! 👩‍🏫

The British Council, in partnership with the National Research Institute named after A. Avloniy, cordially invites English teachers from state schools to join our 10-week professional development course. This program is hosted on the British Council's Online Teacher Community platform.

📣 What to expect:
🔹
Elevate your teaching skills
🔹 Share your expertise with fellow educators
🔹 Dedicate about 3 hours per week for studying

👏 Ready to take your teaching career to new heights?

👉 Learn more
📑 Apply now