#Tanlov
#2_kun
🔴 Ayni paytda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida yangi tashkil etilayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablariga pedagog-kadrlarni ishga qabul qilish yuzasidan tashkil etilgan tanlovning ikkinchi bosqichi bo'lib o'tmoqda.
Bugun tarix, tarbiya, musiqa fanlari o'qituvchilari o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishmoqda.
✔️Kunning ikkinchi yarmida esa jismoniy tarbiya, o'zbek, rus va ingliz tillari hamda tasviriy san'at fanlaridan test bo'lib o'tadi.
____________
❕Eslatib o'tamiz, yangi tashkil etilayotgan maktablarning bo'sh ish o'rinlariga qabul qilishda talabgorlardan jumladan quyidagilar talab etiladi:
➖ umumta'lim fanlari bo'yicha oliy pedagogik ma'lumotga ega bakalavr yoki magistr darajasi,
➖ chet tili o'qituvchilarining kamida B2 darajaga ega bo'lishi,
➖kasbiy tayyorgarlikka egalik.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma
Aziz hamyurtlar!
Barchangizni mamlakatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan chin dildan tabriklayman.
Yuksak faxr bilan aytishim lozim-ki, Davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimizda olib borilayotgan sohaga doir islohotlarni amaliyotga joriy etishda sizlarning o‘rningiz va ishtirokingiz juda katta. Yoshlarning ertangi porloq va baxtli hayotini ta’minlash, ularning bilimli, yurtimizga sodiq va fidoyi insonlar bo‘lib voyaga yetishida har biringiz munosib mehnat qilmoqdasiz.
O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda yoshlarga ilm cho‘qqilarini egallashlari, o‘zlarining aql-zakovatlari, ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.
O‘quvchilarimiz esa o‘z navbatida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, xalqaro olimpiadalarda yuqori o‘rinlarni egallab, yaratilayotgan imkoniyatlarga munosib javob qaytarishmoqda. Albatta, bu natijalarga islohotlar amali yo‘lida astoydil harakatlar sabab erishmoqdamiz.
Qadrli va fidoyi hamkasblar!
Sizlarni va siz orqali barcha oila a’zolaringizni eng ulug‘, eng aziz shodiyona — mustaqilligimizning 32 yilligi ayyomi bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman. Yurtimiz taraqqiyoti va farzandlarimiz kamoloti yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Forwarded from Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿 (Dildora)
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasiga yetib borib, 28-maktab direktorining holidan xabar oldi.
Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori boshqarma boshlig‘i bilan suhbat davomida bemorning ahvoli shifokorlar nazoratida ekanligini, zarur barcha choralar ko‘rilganini bildirdi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i maktab direktorining oila a'zolaridan ham hol-ahvol so‘rab, ushbu holat qonun doirasida o‘rganilayotganini ma'lum qildi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Telegram | Facebook | Instagram | You tube

#Mustaqillik_32_yil
Aziz hamyurtlar!
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi sizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
1-sentabr— Vatanimiz tarixida yangi bir davrni boshlab bergan, milliy tariximizda alohida ahamiyat kasb etadigan kun - istiqlolimiz bayramidir.
Barchangizni ushbu ayyom bilan samimiy tabriklab, Vatan taraqqiyoti yo'lidagi ishlaringizda muvaffaqiyat va rivoj tilaymiz!
Yurtimiz tinch, xalqimiz birdam bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
#Ayyom_muborak
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Mustaqillik_32_yil
Aziz hamyurtlar!
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi sizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
1-sentabr— Vatanimiz tarixida yangi bir davrni boshlab bergan, milliy tariximizda alohida ahamiyat kasb etadigan kun - istiqlolimiz bayramidir.
Barchangizni ushbu ayyom bilan samimiy tabriklab, Vatan taraqqiyoti yo'lidagi ishlaringizda muvaffaqiyat va rivoj tilaymiz!
Yurtimiz tinch, xalqimiz birdam bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
#Ayyom_muborak
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
"Barkamol avlod" bolalar maktablaridagi sport to'garaklari haqida 3 fakt
1️⃣ Ayni paytda Respublikamizdagi 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablarida jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishida 887 ta to‘garak faoliyat olib bormoqdda.
2️⃣ Mazkur sport to'garaklarida jami 25 049 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olingan.
3️⃣ Jumladan, to'garaklar kesimida:
➖ Shaxmat va shashka – 292 ta to‘garakka 8147 nafar;
➖ Badiiy gimnastika – 145 ta to‘garakka 4159 nafar;
➖ Stol tennisi – 165 ta to‘garakka 4638 nafar;
➖ Tayekvon-Do – 65 ta to‘garakka 1841 nafar;
➖ Karate – 58 ta to‘garakka 1761 nafar;
➖ Milliy kurash – 32 ta to‘garakka 1005 nafar;
➖ Boks – 26 ta to‘garakka 678 nafar;
➖ Mini futbol – 51 ta to‘garakka 1363 nafar;
➖ Voleybol – 28 ta to‘garakka 775 nafar;
➖ Badminton – 25 ta to‘garakka 682 nafar o‘quvchilar jalb etilgan.

✅ Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti Musiqa fakultetining va o’zbek madaniyat uyining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
📍Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ham ishtirok etdi va yig’ilganlarni tabriklab, ularga yangi o’quv yilida muvaffaqiyat tiladi.
Shundan so’ng vazir universitetning yangi o’quv yiliga tayyorgarligini ko’zdan kechirib, zarur tavsiyalarni berdi.
✔️Ma’lumot o’rnida, Musiqa ta’limi fakulteti uchun 800 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binosi yangi o’quv yili uchun kapital rekonstruksiya qilindi va topshirildi.
O‘quv bino 4-qavatdan iborat bo‘lib, zamonaviy jihozlangan o‘quv auditoriyalari, ma’ruzalar zali, ma’naviyat xonasi, kompyuter xonasi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar zali, kutubxona, oshxona va shu kabi bir qator qulayliklar bilan to‘liq ta’minlangan.
❗️Shu bilan bir qatorda universitetning asosiy binosi joylashgan hududida 500 kishiga mo‘ljallangan zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan talabalar oshxonasi qurib bitkazildi.

Ilk bor o‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro informatika olimpiadasida g‘alaba qozondi - Terma jamoamiz hisobida 2 ta bronza
To‘rt nafar iqtidorli o‘quvchimiz Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etayotgani haqida avvalroq xabar bergandik.
Olimpiada natijalariga ko’ra O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor eng nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida ilk medallarni qo‘lga kiritdi.
G‘olib o‘quvchilarimiz bilan tanishing:
Dilyorbek Valijonov-Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;
Dilshodbek Xo‘jayev -Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.
Aytish joizki, joriy yilda mazkur Xalqaro olimpiadaga O’zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rildi.
Ilk bor terma jamoa a’zolarini tayyorlash uchun xalqaro trener jalb qilindi. Informatika olimpiadasi oltin medali sohibi, Polsha yoshlar informatika olimpiadasi bosh koordinatori Bartosz Kostka tomonidan 10 kun davomida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan intellektual oromgoh majmuasida o‘quvchilarni tayyorladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 🥉 bronza medalini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama oladi.
Ma’lumot o‘rnida joriy yilda eng nufuzli 5 ta xalqaro olimpiadada o‘quvchilarimiz 13 ta medalni qo‘lga kiritdilar. Bu mamlakatimiz tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich.
O‘quvchilarimiz, ularning ustozlari hamda terma jamoamizning har bir a’zosini g‘alaba bilan muborakbod etamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli ta’lim tizimi xodimlari!
Aziz o‘quvchilar!
Avvalo, barchangizni yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.
So‘zim avvalida shuni aytishni istardim: bilim barcha eshiklarning kaliti, muvaffaqiyatning asosidir. Bugungi kunda yurtimizda ta'limga juda katta e'tibor qaratilmoqda va bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalab, yetishtirishga qaratilgan.
Yangi o‘quv yilida bolajonlarimizni ko'plab yangiliklar, xususan boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi darsliklar kutib turibdi. Bularning bari, umuman sohada qilinayotgan har bir islohot yurtimiz ertasi bo‘lgan farzandlarimizning iqboli uchun amalga oshirilmoqda.
Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabt etishda maktab ta'limining o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o'z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarimizga suyanamiz.
Ta'til kunlarida biz pedagog-kadrlar uchun o'quv-seminarlar tashkil etdik va kasbiy rivojlanish darslarida o’zaro sohadagi yangiliklarni bo'lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o'qituvchi sifatli ta'limning boshida turadi.
Qadrli ustozlar,
aziz o’quvchilar!
Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.
Fanlarni chuqur o'rganib, yurt koriga yaraydigan farzand bo'lib yetishishingizga tilakdoshman!
Barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

Bugun yurtimizdagi barcha maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi
✅ Bugun — 4-sentabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 10 160 ta maktabda 2023-2024-o‘quv yilining ilk dars soatlari boshlandi. Joriy o‘quv yilida 700 000 nafardan oshiq bolajonlar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi.
⚡️Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.
❗️Umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan 6,5 mlndan ortiq o‘quvchilar ishtirokida tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, vazirlik mas’ullari, mahalliy hokimliklar hamda keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
✅ Tadbirlarda faol o‘quvchilar davlatimiz madhiyasi sadolari ostida yurtimiz bayrog‘ini ko‘tarishdi.
✔️Ma’lumot uchun aytish lozimki, umumta’lim maktablarida 2023-2024-o‘quv yilining birinchi dars soati — “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.