Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
106K subscribers
22.4K photos
6.18K videos
141 files
12.9K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев янгиланган Республика болалар кутубхонасини бориб кўрди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил обновленную Республиканскую детскую библиотеку.

#Mirziyoyev #tanishuv #marifat #kutubxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Бироздан сўнг "Кўксарой" қароргоҳида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз икки йиллиги муносабати билан давлат мукофотларини топшириш маросими бошланади.

Скоро в резиденции "Куксарой" с участием Президента Шавката Мирзиёева начнется церемония вручения государственных наград по случаю тридцать второй годовщины независимости Республики Узбекистан.

Facebook|Instagram|Twitter
Maktablarning yangi tahrirdagi namunaviy ustavi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, maktab taʼlimi tizimida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, umumiy o‘rta taʼlim maktablarining yangi tahrirdagi namunaviy Ustavi tasdiqlandi.

Yangi tahrirdagi maktab Ustaviga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

“Taʼlim to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirildi;

maktab direktorlarini tayinlash tartibi (Direktorlar kengashi);

maktab taʼlimida raqamlashtirish (ERP) va davlat xizmatlarini ko‘rsatish;

sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi;

o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish;

inklyuziv taʼlim jarayonlari.

Shuningdek, yangi Ustavga maktab maʼmuriyati (direktor va o‘rinbosarlarning) vazifalari, pedagog xodimlarning huquqi va majburiyatlari bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirildi.

Barcha maktab maʼmuriyatlaridan mazkur namuna asosida maktab Ustavlarini yangilab olishlari hamda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishlari so‘raladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktab yoshidagi bolalarning sog'lom ovqatlanish tartibi

Maktab yoshidagi o‘g‘il-qizlarning sog‘lom o‘sishida to‘g‘ri ovqatlanish katta ahamiyat kasb etadi. Boisi, har bir bola organizmi intensiv rivojlanadi, metabolizmda murakkab o‘zgarishlar ro‘y beradi, markaziy asab tizimiga yuk ortadi.

Shu bilan birga, bolalikda o‘rnatilgan ovqatlanish odatlari bolaga butun hayoti davomida hamroh bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, ota-onalar bolalarini to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rgatish uchun asosiy qoidalarni bilib olishi zarur.

⚡️ Statistikaga ko‘ra, kattalarning ko‘pchiligi stressli vaziyatlarda ovqat yeyishini tan oladi. Bolalarga: “Ovqatlaning, hammasi o‘tib ketadi!” — deb aytish kerak emas. Agar bola xafa bo‘lsa yoki xavotirlansa, shirinlik taklif qilmasdan, stress sababini bartaraf etishga yordam berish kerak.

❗️Hurmatli ota-onalar! Bolalarning sog‘lom ovqatlanish tarzini qanday tashkil etilishi bo‘yicha mutaxassis fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz. Foydali ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

👉Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1222

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Tanlov

🔴 Ayni paytda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida yangi tashkil etilayotgan  umumiy o‘rta ta’lim maktablariga pedagog-kadrlarni ishga qabul qilish yuzasidan tanlov bo'lib o'tmoqda.

Bugungi test sinovlariga boshlang‘ich sinf, ona tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyoti hamda matematika fanlari o'qituvchilari ishtirok etishmoqda.
_______
⚡️Ma'lumot o'rnida, vazirlik tizimida yangi tashkil etilayotgan maktablarda ishlash uchun job.piima.uz sayti orqali birinchi bosqichda jami 2341 nafar nomzoddan ariza kelib tushgan.

Shundan 1924 nafar nomzod ikkinchi - test sinovlari bosqichiga tavsiya etilgan.

Test sinovlari 31-avgust kuni ham davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
⚡️ Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati ingliz tili fani o‘qituvchisi 100 ga yaqin mamlakat vakillari qatnashgan xalqaro tanlovda g'olib bo'ldi

Buyuk Britaniya tomonidan 15 yildan buyon har yili Buyuk Britaniyadagi 120 dan ziyod oliygohlarni tamomlagan va hozirda o‘z ona Vatanida turli sohalarda ishlayotgan sobiq bitiruvchilar o‘rtasida "Study UK Alumni Awards" tanlov o‘tkaziladi.

Joriy yilda ushbu tanlovda ishtirok etish uchun 100 ga yaqin mamlakatlardan 1200 dan ziyod nomzodlar tanlov tashkiliy qo‘mitasiga arizalar yuborilgan.

❗️Mazkur tanlovning "Madaniyat va ijodkorlik" yo‘nalishida Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati ingliz tili fani o‘qituvchisi Sattiboyev Iskandar dunyo bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Ma'lumot o'rnida, ustozimiz 2022-yilda "Xalq ta’limi a’lochisi" sifatida e’tirof etilgan. Shuningdek u:

Dunyoda 20 o‘rinda turuvchi Edinburg universitetining “Qiyosiy va umumiy adabiyotshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlab, magistrlik ilmiy darajasini olgan;

IELTS dan 8.0 ball sohibi;

ingliz, nemis, arab, dat, turk, fors va rus tillarida, ona tilidan tashqari jami 7 ta tilda bemalol muloqot qila oladi;

Uning 10 dan ortiq ilmiy maqolalari xalqaro jurnallarda, shuningdek, butun dunyo chet tillari o‘qituvchilari orasida katta nufuzga ega bo‘lgan Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi “Multilingual” jurnalida chop etilgan;

Android va iOS internet tizimida ishlovchi ingliz tilini mustaqil o‘rganishga mo‘ljallangan “SpeakEng” deb nomlangan mobil ilovani yaratilishida ilmiy jamoaga rahbarlik qilgan.

Iskandar Sattiboyevni yutuqlar bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ham omad tilaymiz!
#Taqdirlash

🚦 "Yashil chiroq-2023" musobaqasining Respublika bosqichi g’oliblari taqdirlandi

🟢 Joriy yilning 27-30-avgust kunlari Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 14 ta jamoa mazkur musobaqa doirasida o‘zaro bellashishdi.

📍 Musobaqa hamda taqdirlash jarayonlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan "Semurg‘" bolalar oromgohida bo’lib o’tdi.

Yakuniy natijalarga ko’ra:

🥇Qoraqalpog’iston Respublikasi jamoasi 1-o’rinni,
🥈Xorazm, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari jamoalari 2-o’rinni,
🥉Namangan, Farg’ona, Navoiy viloyati hamda Toshkent shahri jamoalari 3-o’rinni qo’lga kiritishdi.

❗️Barcha g’olib jamoalarni samimiy tabriklaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ma'lumki, maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Aqlvoy oshpaz” retseptlar toʻplamidan foydalangan holda yagona mavsumiy taomnoma ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi. Videoda mazkur taomnomaga muvofiq nonushta, birinchi va ikkinchi tushliklar tayyorlanishi ko'rsatib berilgan:

Nonushta
🍚Suli yormasidan bo'tqa
🥪Pishloqli buterbrodlar
☕️Kakao ichimligi

1-tushlik
🍲Borsh
🥣Shavla
🍹Olchali kompot

2-tushlik
🍮Shokoladli keks
🍌🍎Mavsumiy mevalar
#Tanlov
#2_kun

🔴 Ayni paytda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida yangi tashkil etilayotgan  umumiy o‘rta ta’lim maktablariga pedagog-kadrlarni ishga qabul qilish yuzasidan tashkil etilgan tanlovning ikkinchi bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Bugun tarix, tarbiya, musiqa fanlari o'qituvchilari o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishmoqda.

✔️Kunning ikkinchi yarmida esa jismoniy tarbiya, o'zbek, rus va ingliz tillari hamda tasviriy san'at fanlaridan test bo'lib o'tadi.
____________
Eslatib o'tamiz, yangi tashkil etilayotgan maktablarning bo'sh ish o'rinlariga qabul qilishda talabgorlardan jumladan quyidagilar talab etiladi:

umumta'lim fanlari bo'yicha oliy pedagogik ma'lumotga ega bakalavr yoki magistr darajasi,
chet tili o'qituvchilarining kamida B2 darajaga ega bo'lishi,
kasbiy tayyorgarlikka egalik.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz hamyurtlar!

Barchangizni mamlakatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan chin dildan tabriklayman.

Yuksak faxr bilan aytishim lozim-ki, Davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimizda olib borilayotgan sohaga doir islohotlarni amaliyotga joriy etishda sizlarning o‘rningiz va ishtirokingiz juda katta. Yoshlarning ertangi porloq va baxtli hayotini ta’minlash, ularning bilimli, yurtimizga sodiq va fidoyi insonlar bo‘lib voyaga yetishida har biringiz munosib mehnat qilmoqdasiz.

O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda yoshlarga ilm cho‘qqilarini egallashlari, o‘zlarining aql-zakovatlari, ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

O‘quvchilarimiz esa o‘z navbatida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, xalqaro olimpiadalarda yuqori o‘rinlarni egallab, yaratilayotgan imkoniyatlarga munosib javob qaytarishmoqda. Albatta, bu natijalarga islohotlar amali yo‘lida astoydil harakatlar sabab erishmoqdamiz.

Qadrli va fidoyi hamkasblar!

Sizlarni va siz orqali barcha oila a’zolaringizni eng ulug‘, eng aziz shodiyona — mustaqilligimizning 32 yilligi ayyomi bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman. Yurtimiz taraqqiyoti va farzandlarimiz kamoloti yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasiga yetib borib, 28-maktab direktorining holidan xabar oldi.

Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori boshqarma boshlig‘i bilan suhbat davomida bemorning ahvoli shifokorlar nazoratida ekanligini, zarur barcha choralar ko‘rilganini bildirdi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i maktab direktorining oila a'zolaridan ham hol-ahvol so‘rab, ushbu holat qonun doirasida o‘rganilayotganini ma'lum qildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Tabriknoma
#Mustaqillik_32_yil

Aziz hamyurtlar!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi sizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

1-sentabr— Vatanimiz tarixida yangi bir davrni boshlab bergan, milliy tariximizda alohida ahamiyat kasb etadigan kun - istiqlolimiz bayramidir.

Barchangizni ushbu ayyom bilan samimiy tabriklab, Vatan taraqqiyoti yo'lidagi ishlaringizda muvaffaqiyat va rivoj tilaymiz!

Yurtimiz tinch, xalqimiz birdam bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

#Ayyom_muborak

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram