Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
104K subscribers
22.7K photos
6.22K videos
141 files
12.9K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#Turkiya

Vazirlik delegatsiyasi Ta'lim instituti vasiylik yig'ilishida ishtirok etmoqda

Ayni paytda Turkiyaning Istanbul shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) huzuridagi Ta’lim instituti Vasiylik kengashining IV yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

❗️Unda O‘zbekiston Respublikasi vakili sifatida Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi delegatsiyasi ilk bora ishtirok etmoqda.

📍Tadbirning birinchi kuni, 4-avgustda Vasiylik kengashi ekspertlari yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda tashkilotga a’zo davlatlar delegatsiyalari kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqib, fikr-mulohazalar almashishdi.

Ekspertlar yig‘ilishidan so‘ng, delegatsiya rahbarlari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev Turkiya Milliy ta’lim vaziri, professor Yusuf Tekin bilan uchrashdi.

✔️ Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat rahbariyati o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar hamda har tomonlama strategik sheriklik kundan-kunga mustahkamlanayotganligi va ta’lim sohasidagi hamkorlik eng muhim yo‘nalishlardan biri ekanligini alohida e’tirof etishdi.

⚡️Unda, xususan pedagoglar malakasini oshirish hamda ikki davlat yoshlari o‘rtasida almashinuv dasturlarini tashkil etish, maktab
o’quvchilari o'rtasida fan olimpiadalarini va qardosh maktablar dasturini kengaytirish yo'nalishlari muhokama qilindi.

🔴 Hozirda anjumanning asosiy qismi - Vasiylik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_20

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda:

➡️ 00:07 O‘g‘lim joriy o‘quv yilida maktabga chiqadi. Ammo bog‘cha mudirasi iyun oyidan boshlab o‘g‘limni bog‘chadan chiqarib olishimni talab qilmoqda. Mudiraning ushbu harakati qonunan to‘g‘rimi?
 
➡️ 01:16 Vazirlik huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan “Men sevgan adabiy qahramon” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlov ishlarini kimlar baholab borishdi, uning talab va me’yorlari nimalarga asosan belgilandi?

➡️ 02:27 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga Agentlik tasarrufidagi maktablarning bitiruvchilari 5 foiz qabul doirasida 100% lik grant olishlari mumkin ekan. Oddiy maktab bitiruvchilari bu imtiyozdan foydalana olmaydimi?

➡️ 04:10 Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga bu yilgi imtihon javoblari odatdagidan kechroq chiqar ekan, shu to‘g‘rimi?

Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoda zamonaviy umumiy o'rta ta'lim maktabi ishga tushdi

Ma'lumot o'rnida: Maktab Muborak tumanining Istiqlol MFY Yangi Qoraqum massivida qad rostlagan bo'lib, maktab qishki va yozgi sport maydonchalari, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan laboratoriya, kutubxona, tikuvchilik, ustachilik xonalari mavjud hamda maktabda 660 nafar o'quvchi ta'lim-tarbiya olish imkoniyatiga ega.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati

@Qashqadaryo_vxtb
Matbuot anjumani
07.08.2023

Mavzu: Maktabgacha ta’lim tizimida joriy yil o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar, oldinda turgan ustuvor vazifalar
Vaqti: 12:00
Ishtirok etadi: Maktabgacha ta’lim agentligi rahbariyati va mutasaddilari
Manzil: AOKA

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Аnons
#Ikkinchi_ustozlar_forumi

📣📣Aziz ustozlar!

Sohangizda yangi marralarni egallashingiz uchun ajoyib imkoniyat!

Joriy yilning 8-9-avgust kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda "Ikkinchi ustozlar forumi" tashkil etilmoqda.

Ushbu forumdan ko‘zlangan maqsad:

✔️o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish hamda
✔️ yangi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash yuzasidan muhim vazifalarni belgilab olishdan iborat.

❗️Bu hali hammasi emas! Tez orada forum sizning maktabingizga qadar yetib boradi:

📆 15-17- avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda,

📍22-24- avgust kunlari tuman va shaharlarda,

🏢 28-29 - avgust kunlari esa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiladi.

⚡️ Ta’lim sohasining rivojiga birgalikda hissa qo‘shaylik!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktab kutubxonachilari uchun treninglar tashkil etilmoqda
 
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi  tomonidan joriy yilning 7-19-avgust kunlari tizimdagi 10 mingdan ortiq umumta’lim maktablari kutubxonachilari uchun ikki bosqichli o‘quv-seminarlar tashkil etiladi.

Seminarlarning birinchi bosqichi joriy yilning 7-10-avgust kunlari tashkil etilib, unda har bir hudud markazida 50 nafar kutubxonachilar uchun kutubxona ishi, hujjatlar va badiiy adabiyotlarni saralash, bolalarga eng qiziqarli asarlarni yetkazish bo‘yicha mahorat mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Seminarning ikkinchi bosqichi hududiy o‘quv-seminarlarda qatnashgan ishtirokchilar tomonidan joriy yilning 14-19-avgust kunlari tuman (shahar)larda umumta’lim maktab kutubxonachilarini kaskad usulida o’quvlar tashkil etiladi.

Bugun hududiy o’quv-seminarlar Andijon viloyati va Toshkent shahrida bo’lib o’tdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Jonli_efir

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Ikkinchi ustozlar forumi” boshlandi.

❗️ Tadbir “Sifatli ta’lim – kuchli jamiyat” shiori ostida bo’lib o’tmoqda.


👉 Forumni jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Ustozlar_forumi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ikkinchi ustozlar milliy forumi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
 
📍 Tadbirni kirish so’zi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odil Abdurahmonov ochib berdi:

- Bugungi kunda o'qituvchilarning nufuzini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. Shunga mos tarzda ta'lim sifatini oshirish, chet tillarini puxta o'rganish, moliyaviy savodxonlikni oshirishi hamda amaliyotga bog'lagan holda dars o'tish zamon talabiga aylanib bormoqda. Umid qilamanki, bugungi forum yangi o'quv yili oldidan oldimizda turgan dolzarb vazifalarni belgilab olish uchun o'ziga xos maydon vazifasini bajaradi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova:

- Maktabni o‘zgartirmasdan turib jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – bog‘cha va maktabdir. Ularni muqaddas dargoh qiladigan kuch esa pedagoglarimiz hisoblanadi. Bugungi kunda, tizimda faoliyat yuritayotgan 500 ming nafar o‘qituvchi va 150 ming nafar tarbiyachilarimiz kelajak taraqqiyoti poydevorini yaratadi. Ushbu forum ustozlarimizga tajriba almashish va yangi bilimlarni egallashlariga ko'mak berishiga ishonaman.

✔️Shuningdek, tadbir doirasida fidoyi ustozlardan 24 nafari “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

❗️ Ko’krak nishonlari O’zbekiston Qahramonlari Muhabbat Sharopova, Anor Mahmudova, O'zbekiston xalq o'qituvchisi Baxtiyor Abdiyev, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi Mirfozil Mirzaahmedovlar tomonidan ustozlarga topshirildi.

✔️ Ma’lumot uchun, mazkur forumda butun Respublikamiz bo‘ylab jami 322 nafar pedagog xodim qatnashishmoqda.

⚡️ Kunning ikkinchi qismida esa ishtirokchilar uchun 14 ta sho’bada o'quv treninglari tashkil etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM