Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.4K subscribers
21.1K photos
5.98K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Hilola Umarova Farg‘ona viloyatida qurilish-ta’mirlash ishlari ketayotgan ta’lim maskanlarida bo‘ldi

Hozirgi vaqtda xizmat safari bilan Farg‘ona viloyatida bo‘lib turgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova viloyatdagi ta’lim muassasalarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari va amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Xususan, Farg‘ona shahri, Mustaqillik shaharchasi, “Yangi O‘zbekiston” massivi hududida qurilayotgan 990 o‘rinli umumta’lim maktabi va 420 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Vazir tomonidan mas’ullariga umumta’lim maktabining tashqi fasadini o‘zgartirish, qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirish hamda ushbu muassasalarni 15- avgustga qadar jihozlar bilan to‘liq ta’minlash topshirig‘i berildi.

Bundan tashqari, Farg‘ona shahridagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ham o‘rganildi. Vazir o‘rganish davomida ushbu muassasasining eski eshik va deraza romlarini zamonaviysiga almashtirish bo‘yicha viloyat mas’ullariga tegishli ko‘rsatma berdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Farg‘ona viloyatida 2023-yilda Investitsiya dasturi doirasida 17 ta (4 ta yangi qurilish, 13 ta rekonstruksiya) maktabda 157,6 mlrd. so‘mlik, 8 ta (7 ta yangi qurilish, rekonstruksiya) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 56,5 mlrd. so‘mlik hamda “OPEN BUDJET” loyihasi bo‘yicha joriy yilda viloyatdagi 113 ta muassasalar (89 ta maktab va 24 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari)da 118,3 mlrd. so‘mlik qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
“Voyaga yetmaganlar bilan ijtimoiy-huquqiy ishlash klasteri” joriy etiladi

Bugun Farg‘ona shahrida Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, huquq-tartibot sohasidagi ishlar ahvolini tahlil qilib, kelgusidagi vazifalarni belgilab berdi.

Mazkur yig‘ilishda Prezident yoshlar masalalariga alohida to‘xtaldi.

Jumladan, uyushmagan yoshlar bilan yagona yondashuv asosida ishlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida Idoralararo kengash va hududiy kengashlar tashkil qilinishi belgilandi.

Kengash uyushmagan yoshlarning yagona elektron bazasini shakllantiradi hamda ular bilan manzilli ishlash dasturlarini amalga oshiradi.

“Voyaga yetmaganlar bilan ijtimoiy-huquqiy ishlash klasteri”ni joriy etishga topshiriq berildi.

Bunda, “oila – mahalla – maktab - mustaqil hayot” tamoyili asosida har bir tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan yakka tartibda ishlash bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.

Umuman, yoshlar o‘rtasidagi jinoyatlarni keskin kamaytirish bo‘yicha har bir viloyat, tuman va shahar hokimining o‘zi shug‘ullanib, o‘zgarish qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Forwarded from ITSM
🧩 SI (sunʼiy intellekt) va bizning kelajagimiz

💬 Bugungi kunning eng katta ixtirolaridan biri - bu shubhasiz, SI (sunʼiy intellekt) bo‘lib, uning imkoniyatlari insonlarni taʼsirlantirmoqda va ilhomlantirmoqda.

🌍 Ko‘pchilik "Sunʼiy intellekt" atamasi yoki uning mashhur "AI" nomi ostida nima yashiringanligini to‘liq tushunmaydi.

👀 Maʼlum bir algoritm yoki qurilma odamlarga nisbatan vazifalarni yaxshiroq bajarishi, mehnat bozoridagi odatiy qoidalarni o'zgartirishi mumkin.

🌐 Texnologiya yangilik bo‘lmasada, dasturiy taʼminotni kengaytirishning so‘nggi yutuqlari unga yana-da murakkab muammolarni hal qilishga imkon bermoqda hamda 🤖 “SI” qisqa vaqt ichida eng yaxshi asosli yechimlarni taklif qilmoqda.

🔊 Sunʼiy intellekt - bu doimiy ravishda takomillashtirishga qodir dasturiy taʼminot bo‘lib, u tegishli uskunaga yuklangandan so‘ng imkoniyatlari cheksiz bo‘ladi.

🔠 Hozirda SI iqlim o‘zgarishi, chiqindilarni yo‘q qilish, energiya inqirozi, sog‘liqni saqlash, ishsizlik kabi eng dolzarb muammolarni hal qilishda ham sinalmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_19

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda:

➡️ 00:07 Bolani bog‘chaga joylashtirishda aniq huquqiy mezonlar qanday?

➡️ 01:30 Katta ish staj va kasbiy faoliyatga doir boshqa yutuqlar, istisno tariqasida, o’qituvchining oliy toifa olishida e’tiborga olinadimi?

➡️ 02:52 Qishlog‘imiz hududida joylashgan davlat bog‘chasi uch yildirki bino va moddiy infratuzilmasi talabga javob bermay qolganligi uchun ishlamaydi. Men tumanimiz hokimligi qarori asosida o‘z mablag‘im hisobidan ushbu ta’lim maskanini ta’mirlab va qo‘shimcha binolar qurib faoliyatini yo‘lga qo‘yishim mumkinmi?

➡️ 04:17 Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga ishga joylashish uchun qanday shartlar bor?

Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn_darslar
#Siz_uchun_imkoniyat

📣📣IT sohasini "Milliy ta’lim resurslari" kanalida o'rganing!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Milliy ta'lim resurslari" YouTube kanali orqali zamonaviy IT sohasini onlayn o'rganish imkoniyati mavjud.

❗️Bu yerda 25 xil yo'nalishdagi IT kasblar bo'yicha sodda, qulay va tushunarli video-darslar joylashtirib boriladi.

Biz bilan yangi cho'qqilarni zabt eting!

👉 Batafsil: https://www.youtube.com/watch?v=9Aq3z_FARBc
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Таҳлилнома | Ўзбекистонлик ўқувчилар жаҳонни забт этмоқда
#30july #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Matbuot_anjumani
#Jonli_efir

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 1-yarim yillikdagi faoliyati tahliliga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tmoqda.

👉 Tadbirni jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Matbuot_anjumani
#Sarhisob

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining joriy yil birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

✔️Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va Maktabgacha ta'lim agentligi mas’ullari ishtirok etishdi.

❗️Anjuman doirasida 2023-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda qo‘lga kiritilgan yutuqlar, yo‘lga qo‘yilgan loyihalar hamda istiqboldagi rejalar haqida yig‘ilganlarga batafsil ma'lumot berildi.

Tadbir davomida jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarga mutasaddilar atroflicha javob berishdi.

👉 Press-reliz: https://uzedu.uz/y3/news/1181

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Қўшимча_квота

📣📣 Hurmatli ota-onalar!

Joriy yilning
1-avgust sanasi, soat 12:00dan mikrohududdan tashqarida joylashgan maktablarning 1-sinflariga onlayn qabul jarayoni boshlanishini ma'lum qilamiz!

👉 Ushbu video-yo'riqnomada,
mikrohududdan tashqarida joylashgan maktablarning 1-sinflariga onlayn ariza topshirish jarayoni bosqichma-bosqich ko‘rsatib berilgan.

❗️ Eslatma: Vazirlar Mahkamasining 2022-yilning 1-iyun sanasidagi 295-sonli Qaroriga asosan, umumtaʼlim maktablarining o‘quvchi o‘rni, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlanganligi, sinf xonalarining o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, umumtaʼlim maktablarining bo‘sh o‘rinlariga mikro-hududdan tashqaridan qo‘shimcha bolalar qabul qilinishi mumkin.

☎️ Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni @mymaktab_uz telegram kanali yoki 71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣📣 Уважаемые родители!

С 1 августа текущего года с 12:00, начнется онлайн-прием в 1-е классы школ, расположенных за пределами микрорайонов!

❗️ В данной видео-инструкции показан пошаговый процесс подачи заявки в 1-й классы школ, расположенных за пределами микрорайонов.

💬Примечание: в соответствии с Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан № 295 от 1 июня 2022 года на свободные места в общеобразовательных школах находящихся за пределами микрорайонов, могут приниматься дополнительные ученики, исходя из свободных мест, обеспеченности их квалифицированными педагогическими кадрами, оснащенности учебной мебелью классных комнат.

☎️ Дополнительную информацию о процессе приема можно получить в телеграм-канале @mymaktab_uz или по телефону номеру 71 203-07-04.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣 2023-2024-o‘quv yili davomida umumta’lim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama to‘lab beriladigan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

❗️Endi boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari ham ustama olishlari mumkin.

Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024 o‘quv yilida ustama to‘lanadigan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi.

Mazkur qarorda o‘tgan o‘quv yilidagi sertifikatlar ro‘yxatiga bir qancha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan:

50 va 20 foizlik ustama to'lanadigan sertifikatlar ro'yxatiga quyidagilar qo'shildi:

✔️ Teaching English as a Foreign Language (TEFL);
✔️ Teaching English as a Second Language (TESL);
✔️ SAT subject score (matematika, fizika, biologiya, kimyo);
✔️ A levels (informatika);
✔️ Astrum Certified IT Educator (Informatika);
✔️ Bilim va malakalarni baholash agentligi (BMBA) tomonidan amalga oshiriladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikatlash va bilim darajasini aniqlash sertifikati (Tarix);
✔️ BMBA umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikatlash va bilim darajasini aniqlash sertifikati (Geografiya);
✔️ Boshlangʻich taʼlim o'qituvchilari uchun (BMBA umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikatlash va bilim darajasini aniqlash sertifikati (matematika va ona tili).

⚡️ Ushbu qoʻshma qarorga asosan jami 13 ta sertifikat roʻyxatdan chiqarildi.

Bunga qadar olingan va mazkur qo'shma qarorga ko'ra ro'yxatdan chiqarilgan sertifikatlar amal qilish muddati davrida o‘z kuchini saqlab qoladi.


Ushbu sertifikatlar amal qilish davrida ular bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda ustamalar to‘lanishi ta’minlanadi.

👉Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1182
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️

📌 “KITOBXONLIK FESTIVALI” XORAZMDA

🔵Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, respublika bo‘ylab yil davomida har oyning yakunida viloyatlar ketma-ketligida 2023-yilgi "Kitobxonlik festivali"ni o‘tkazib kelmoqda.

⚡️Navbatdagi festival Xorazm viloyatida bo‘lib, festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

“Eng kitobxon maktab”
“Eng faol kitobxon oʻquvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng kitobxon oila”
“Eng faol kutubxonachi”

⚠️ Diqqat! Barcha kitobxonlarni 18-avgust kuni "Kitobxonlik festivali"ga chorlab qolamiz!

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar, sovrinlar va festival ramzlari tushirilgan esdalik sovgʻalari topshiriladi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site|AudioErtak
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM