Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Maxsus maktab-internat o‘quvchilari Rossiyada bolib o‘tayotgan Yozgi sport o‘yinlarida ishtirok etishmoqda

Joriy yilning 23-31-iyul kunlari Rossiya federatsiyasida Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar o‘rtasida Yozgi sport o‘yinlari o‘tkazilishi belgilangan.

Toshkent shahridagi alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 101-,102- hamda 106-maktab-internat o‘quvchilari va bitiruvchilaridan tashkil topgan jamoa mazkur sport o‘yinlarida ishtirok etmoqda.

Ishtirokchilarimizga yurtimiz bayrog‘ini yuqori ko‘tarib, sportning barcha turlarida faxrli o‘rinlarni egallab kelishini tilab qolamiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
👥"Besh tashabbus olimpiadasi" ilk marotaba maktab o'quvchilari o'rtasida tashkil etilmoqda.

🗓Joriy yilning sentabr oyidan maktab o'quvchilari o'rtasida 5 tashabbus olimpiadasi doirasida jami 8 ta tanlov va sport musobaqalariga start beriladi.

🏆Hurmatli maktab o'quvchilari olimpiadaga tayyorgarlikni hozirdan kuchaytiring va albatta o'zingizga munosib o'rinlarni qo'lga kiriting.

@beshtashabbus_uz
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Халқаро кимё олимпиадаси ғолиблари муносиб кутиб олинди
#26july #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
10 yoshli surxondaryolik o‘quvchi Ispaniyada bo‘lib o‘tgan xalqaro tanlovda barchani hayratga solib, oltin medal sohibiga aylandi (VIDEO)

🥇Joriy yilning 10-13-iyul kunlari Ispaniyaning Loret de Mar shahrida yosh musiqachilar o‘rtasida “Sea sun festival” xalqaro tanlovida Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 15-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Charos Absoatova muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medal sohibasi bo‘ldi.

🎼10 yoshli o‘quvchi qiz yigirmadan ortiq davlatdan kelgan iqtidorli yosh musiqachilar o‘rtasida o‘zbek milliy cholg‘u sanʼatini mohirlik bilan namoyish etdi. “Dutor” yo‘nalishi bo‘yicha o‘zbek milliy kuylaridan “Rohat” ва “Lazgi” popuri kuylarini ijro etdi.

⚡️Charos dutor chalish sirlarini ustozi, Xalq taʼlimi aʼlochisi Muhabbat Shodiyevadan o‘rganish uchun Termiz shahridan Sherobodga qatnaydi.

⚡️Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ko‘magida xalqaro tanlovda ishtirok etgan iqtidorli o‘quvchi o‘z ijrosi bilan barcha ishtirokchilar tahsiniga sazovor bo‘ldi.

❗️O‘zbek milliy cholg‘u sanʼatini dunyoga tanitgan Charosga kelgusida omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#imtihon_2023

📣DIQQAT, E’LON 📣

📆 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida imtihonlar 28-29-30-iyul kuni 3 smenada 8:00, 12:00 va 17:00 da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali yuborildi.

📝 Imtihon bosqichlari quyidagicha:

Aniq fanlar yo‘nalishi uchun (5-sinflar):
– matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun (7-sinflar):
– tabiiy (science) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

🗣Ma’lumot uchun, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Call_markaz

Biz turmush o‘rtog‘imning ishlari tufayli Toshkent shahrida yashaymiz, ammo Navoiy shahrida doimiy ro‘yxatda turamiz. Farzandimni 1-sinfga hujjatlarini topshirayotganda harbiy sifatida ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapmiz. Bundan holatda qanday yo‘l tutishimiz kerak?

Xabaringiz bor, 2023-2024-o‘quv yilida 43 ta tuman va shaharlarda 1-sinfiga qabul jarayonlari onlayn shaklda, ya’ni vazirlikning elektron xizmatlar portali (my.maktab.uz) hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshirilmoqda.

Qabul jarayonlari birinchi navbatda joriy yilning 31-iyuliga qadar umumta’lim maktablariga hokimliklar tomonidan biriktirilgan mikrohudud doirasida, 1-avgustdan boshlab esa mikrohududdan tashqari ya’ni bir tumandan boshqa tumanga, 10-avgustdan esa istalgan hududdan (chegarasiz) qabul jarayoni amalga oshiriladi. Qabul jarayonlari 15-avgustda yakunlanadi.

Siz Toshkent shahrida vaqtincha yashash joyingiz bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, joriy yilning 10-avgustidan so‘ng farzandingizni maktabga joylashtirish uchun ariza topshirishingiz mumkin bo‘ladi.

O‘g‘lim Yangihayot tumanidagi 8-sonli maktabning 1-sinfini tugatdi. Keyingi o‘quv yilida o‘g‘limni o‘qishini ish joyimga yaqin bo‘lgan boshqa maktabga o‘zgartirmoqchiman. Maktabdan maktabga ko‘chirish jarayonlari boshlandimi?

O‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish ota-onalarning murojaatlari asosida o‘quv yili davomida yoki yozgi ta’til davrida amalga oshiriladi. Buning uchun siz, vazirlikning elektron xizmatlar portali (my.maktab.uz) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn shaklda ariza berishingiz kerak.

❗️Yuborilgan arizalar 3 ish kunida o‘quvchi ko‘chiriladigan maktab ma’muriyati tomonidan ko‘rib chiqilib, ariza beruvchining farzandini maktabga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi (sabablari ko‘rsatiladi) haqida ma’lumot tizimga yuklanadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Farg‘ona viloyatidagi ta’lim muassasalari bilan tanishdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova xizmat safari bilan Farg‘onada bo‘lib, viloyatdagi bir nechta ta’lim maskanlari bilan tanishdi.

📍Vazir xizmat safari davomida 16- va 40-umumta’lim maktabi, ixtisoslashgan maktablarning test jarayonlari o‘tkaziladigan obyektlar, Farg‘ona viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida bo‘ldi.

❗️Shu bilan birga, EKO shaharchada qurilish ishlari olib borilayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktablarni ko‘zdan kechirdi.

So‘ngra Farg‘ona shahrida 11 yashar qizchaning fojiali taqdiriga kuyinib, hamdardlik bildirish maqsadida uning oilasida bo‘ldi. Qizaloqning onasi bilan yaqindan suhbatlashib, oila a’zolariga ta’ziya bildirdi.

🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning Farg‘ona viloyatidagi xizmat safari davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Call_markaz
#Сўраган_эдингиз

Chet el fuqarosi bo‘lgan bolalarni 1-sinfga qabul qilish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi qanday?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori (2-ilovasi) bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, chet el fuqarolari farzandlarini maktabga joylashtirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron platformasi (my.maktab.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tib, elektron ariza berishlari talab etiladi.

Ariza berganda quyidagi 3 ta hujjatni ilova qilish zarur:

1️⃣ O‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan ma’lumot haqida hujjat (1-sinfga qabul qilinayotgan bolalar bundan mustasno);
2️⃣ O‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan hujjatning O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjimasi (1-sinfga qabul qilinayotgan bolalar bundan mustasno);
3️⃣ Sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy xulosa.

Elektron tizim orqali yuborilgan arizalar Hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan 7 kun ichida ko‘rib chiqilib, bolalarni maktabga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish bo‘yicha qarorni qabul qiladi va tizimga yuklaydi.

❗️ Berilgan yo‘llanma asosida umumta’lim maktabi chet el fuqarosi bilan o‘rnatilgan tartibda shartnoma imzolaydi.

Ariza rad etilganda chet el fuqarolari kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta ariza berishlar mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Колл_центр
#Вы_спрашивали

Как иностранные граждане могут зарегистрировать своих детей в 1 класс? Какие документы необходимы для этого?

В соответствии с Положением, утвержденным Постановлением Кабинета Министров от 1 июня 2022 года № 295 (приложение 2), для устройства детей иностранных граждан в школу создан Единый портал интерактивных государственных услуг (my.gov.uz ), также можно воспользоваться электронной площадкой (my.maktab.uz) Министерства дошкольного и школьного образования и зарегистрироваться подав электронное заявление.

При подаче заявления необходимо приложить следующие 3 документа:

1️⃣ Документ об изученных предметах с указанием оценок (баллов), полученные на экзаменах (кроме детей, поступающих в 1 класс);

2️⃣ Перевод документа изученных предметов с указанием оценок (баллов), полученных на экзаменах на государственный язык Республики Узбекистан (кроме детей, поступающих в 1 класс);

3️⃣ Медицинское заключение о состоянии здоровья.
Заявления, отправленные через электронную систему рассматриваются областными управлениями дошкольного и школьного образования в течение 7 дней и принимаются решения о приеме или отклонении детей в школу, если ребёнок принимается в школу, его данные загружаются в систему.

❗️ На основе этого направления общеобразовательная школа заключает договор с иностранным гражданином в установленном порядке.

При отказе заявления иностранные граждане могут повторно подать заявление после устранения недостатков.

Ссылка на официальные страницы Министерства:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Hilola Umarova Farg‘ona viloyatida qurilish-ta’mirlash ishlari ketayotgan ta’lim maskanlarida bo‘ldi

Hozirgi vaqtda xizmat safari bilan Farg‘ona viloyatida bo‘lib turgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova viloyatdagi ta’lim muassasalarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari va amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Xususan, Farg‘ona shahri, Mustaqillik shaharchasi, “Yangi O‘zbekiston” massivi hududida qurilayotgan 990 o‘rinli umumta’lim maktabi va 420 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Vazir tomonidan mas’ullariga umumta’lim maktabining tashqi fasadini o‘zgartirish, qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirish hamda ushbu muassasalarni 15- avgustga qadar jihozlar bilan to‘liq ta’minlash topshirig‘i berildi.

Bundan tashqari, Farg‘ona shahridagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ham o‘rganildi. Vazir o‘rganish davomida ushbu muassasasining eski eshik va deraza romlarini zamonaviysiga almashtirish bo‘yicha viloyat mas’ullariga tegishli ko‘rsatma berdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Farg‘ona viloyatida 2023-yilda Investitsiya dasturi doirasida 17 ta (4 ta yangi qurilish, 13 ta rekonstruksiya) maktabda 157,6 mlrd. so‘mlik, 8 ta (7 ta yangi qurilish, rekonstruksiya) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 56,5 mlrd. so‘mlik hamda “OPEN BUDJET” loyihasi bo‘yicha joriy yilda viloyatdagi 113 ta muassasalar (89 ta maktab va 24 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari)da 118,3 mlrd. so‘mlik qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
“Voyaga yetmaganlar bilan ijtimoiy-huquqiy ishlash klasteri” joriy etiladi

Bugun Farg‘ona shahrida Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, huquq-tartibot sohasidagi ishlar ahvolini tahlil qilib, kelgusidagi vazifalarni belgilab berdi.

Mazkur yig‘ilishda Prezident yoshlar masalalariga alohida to‘xtaldi.

Jumladan, uyushmagan yoshlar bilan yagona yondashuv asosida ishlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida Idoralararo kengash va hududiy kengashlar tashkil qilinishi belgilandi.

Kengash uyushmagan yoshlarning yagona elektron bazasini shakllantiradi hamda ular bilan manzilli ishlash dasturlarini amalga oshiradi.

“Voyaga yetmaganlar bilan ijtimoiy-huquqiy ishlash klasteri”ni joriy etishga topshiriq berildi.

Bunda, “oila – mahalla – maktab - mustaqil hayot” tamoyili asosida har bir tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan yakka tartibda ishlash bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.

Umuman, yoshlar o‘rtasidagi jinoyatlarni keskin kamaytirish bo‘yicha har bir viloyat, tuman va shahar hokimining o‘zi shug‘ullanib, o‘zgarish qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Forwarded from ITSM
🧩 SI (sunʼiy intellekt) va bizning kelajagimiz

💬 Bugungi kunning eng katta ixtirolaridan biri - bu shubhasiz, SI (sunʼiy intellekt) bo‘lib, uning imkoniyatlari insonlarni taʼsirlantirmoqda va ilhomlantirmoqda.

🌍 Ko‘pchilik "Sunʼiy intellekt" atamasi yoki uning mashhur "AI" nomi ostida nima yashiringanligini to‘liq tushunmaydi.

👀 Maʼlum bir algoritm yoki qurilma odamlarga nisbatan vazifalarni yaxshiroq bajarishi, mehnat bozoridagi odatiy qoidalarni o'zgartirishi mumkin.

🌐 Texnologiya yangilik bo‘lmasada, dasturiy taʼminotni kengaytirishning so‘nggi yutuqlari unga yana-da murakkab muammolarni hal qilishga imkon bermoqda hamda 🤖 “SI” qisqa vaqt ichida eng yaxshi asosli yechimlarni taklif qilmoqda.

🔊 Sunʼiy intellekt - bu doimiy ravishda takomillashtirishga qodir dasturiy taʼminot bo‘lib, u tegishli uskunaga yuklangandan so‘ng imkoniyatlari cheksiz bo‘ladi.

🔠 Hozirda SI iqlim o‘zgarishi, chiqindilarni yo‘q qilish, energiya inqirozi, sog‘liqni saqlash, ishsizlik kabi eng dolzarb muammolarni hal qilishda ham sinalmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_19

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda:

➡️ 00:07 Bolani bog‘chaga joylashtirishda aniq huquqiy mezonlar qanday?

➡️ 01:30 Katta ish staj va kasbiy faoliyatga doir boshqa yutuqlar, istisno tariqasida, o’qituvchining oliy toifa olishida e’tiborga olinadimi?

➡️ 02:52 Qishlog‘imiz hududida joylashgan davlat bog‘chasi uch yildirki bino va moddiy infratuzilmasi talabga javob bermay qolganligi uchun ishlamaydi. Men tumanimiz hokimligi qarori asosida o‘z mablag‘im hisobidan ushbu ta’lim maskanini ta’mirlab va qo‘shimcha binolar qurib faoliyatini yo‘lga qo‘yishim mumkinmi?

➡️ 04:17 Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga ishga joylashish uchun qanday shartlar bor?

Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn_darslar
#Siz_uchun_imkoniyat

📣📣IT sohasini "Milliy ta’lim resurslari" kanalida o'rganing!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Milliy ta'lim resurslari" YouTube kanali orqali zamonaviy IT sohasini onlayn o'rganish imkoniyati mavjud.

❗️Bu yerda 25 xil yo'nalishdagi IT kasblar bo'yicha sodda, qulay va tushunarli video-darslar joylashtirib boriladi.

Biz bilan yangi cho'qqilarni zabt eting!

👉 Batafsil: https://www.youtube.com/watch?v=9Aq3z_FARBc
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Таҳлилнома | Ўзбекистонлик ўқувчилар жаҳонни забт этмоқда
#30july #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur