Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
112K subscribers
21.8K photos
6.08K videos
140 files
12.6K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
July 21, 2023
#Sayyor_uchrashuv
#Jizzax

VAZIR: “ENDI JIZZAX VILOYATIDAGI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASI JORIY ETILADI”

Bugun Jizzax viloyatida ta’lim sohasini yanada rivojlantirish va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi.

📍
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, tuman (shahar) hokimlari, vazirlikning viloyat boshqarma va tuman bo‘limi boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.

❗️ Yig’ilish davomida viloyatni respublikada “namunali hudud”ga aylantirish borasida Hilola Umarova tomonidan:

✔️ Viloyatning har bir tumanida 1 tadan, jami 13 ta tumanda ikkinchi til va kasbga o’rgatishni joriy etish,

✔️ maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etishga ehtiyoj mavjud bo’lgan hududlarda xususiy sektorni jalb qilgan holda bog‘chalar tashkil etish,

✔️ maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va maktabdan tashqari ta’limni sifatli tashkil etish,

✔️ Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini umumta’lim maktablariga olib kirish borasida taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Bunda Jizzax shahri, Sharof Rashidov, Gʻallaorol, Zarbdor, Paxtakor, Baxmal tumanlarining 9 ta maktabda o‘quvchilarning qobiliyati va tanlovi asosida (10-sinfda ixtisoslashuv asosida o‘qitish) ta’lim jarayonlari joriy etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:

📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 22, 2023
July 22, 2023
July 22, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_18

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda:

➡️ 00:07 Vazir jamg‘armasi hisobidan beriladigan ustama tug‘ruq ta’tili davrida ham to‘lanadimi?

➡️ 01:25 Bizning hududdagi maktabda nemis tiliga mo‘ljallangan sinf mavjud emas. Ota-onalar istagiga binoan nemis tili sinfi tashkil etish mumkinmi? Buning tartibi qanday?
 
➡️ 02:44 1-sinfga onlayn hujjat topshirganda ariza to’ldirishda xatolikka yo’l qo’yilsa, uni qanday to’g’rilash mumkin?
 
➡️ 04:13 Bizning maktabimizda internet yo‘qligi sababli internet trafigi uchun o‘z yonimizdan pul sarflashimizga to‘g‘ri kelmoqda. Yurtimizdagi, ayniqsa chekka hududlardagi maktablarni internet bilan ta’minlash choralari ko‘rilyaptimi?

Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 23, 2023