Forwarded from Respublika bolalar kutubxonasi/Rasmiy
📚 BUXORODA “KITOBXONLIK FESTIVALI” O‘TKAZILDI
⚡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Buxoro viloyatida "Kitobxonlik festivali" bo‘lib o‘tdi.
🪩 Bugungi ushbu festivalda Respublika bolalar kutubxonasi, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Buxoro viloyat bolalar kutubxonasi, viloyat Bolalar kutubxonalari mas’ullari hamda kitobsevar o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.
👏 Festival doirasida “Eng kitobxon maktab”, “Eng faol kitobxon oʻquvchi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon oila” va “Eng faol kutubxonachi” kabi ko‘rik-tanlovlarning g‘olib va sovrindorlari taqdirlandilar.
💬 “KITOBXONLIK FESTIVALI”ning barcha yo‘nalish bosqichlari yuqori saviyada tashkil etilib, ushbu kitobxonlik ko‘rik-tanlovida jami 55000 ga yaqin o‘quvchilar qamrab olindi.
🎧 Festival davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
➡️ Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati
Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
⚡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Buxoro viloyatida "Kitobxonlik festivali" bo‘lib o‘tdi.
Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#imtihon_2023
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
📣 AGENTLIK TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
❗️Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihonlari joriy yilning 25-26-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
✅ Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.
⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o’z ID raqamini kiritishi kerak.
🔹 Kirish imtihonlari bir bosqichda yo'nalishlar bo'yicha quyidagi tartibda o'tkaziladi:
➖Aniq fanlar yo'nalishi uchun:
-matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
➖Tabiiy fanlar yo'nalishi uchun:
-tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)

⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
✅ 2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
➖Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfiga;
➖ Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga;
➖Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga qabul qilinadi.
🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
📣 AGENTLIK TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
❗️Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihonlari joriy yilning 25-26-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o’z ID raqamini kiritishi kerak.
🔹 Kirish imtihonlari bir bosqichda yo'nalishlar bo'yicha quyidagi tartibda o'tkaziladi:
➖Aniq fanlar yo'nalishi uchun:
-matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
➖Tabiiy fanlar yo'nalishi uchun:
-tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
➖Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfiga;
➖ Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga;
➖Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga qabul qilinadi.
🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosarlari O‘rta Chirchiq tumanidagi yoshlar bilan uchrashishdi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxodjayev, vazir o‘rinbosarlari Dilshod Kenjayev, Temurjon Komilov va Uzoqboy Begimqulovga biriktirilgan 21 nafar yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi.
Unda yoshlar so'zga chiqib, ularni qiynayotgan muammo, o'z oldlariga qo'ygan maqsadlari haqida so'zlab berishdi. Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o'tib, ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mas'ullardan javob olishdi.
✔️ Mazkur uchrashuvlar yoshlarni qo'llab-quvvatlash, yangi loyihalar ustida ishlashlarida ko'maklashish va ularning bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.
❗️ Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarning muammolari joyida o’rganildi va "Yo'l xaritasi"ga kiritildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram

MAS'ULLAR O'QUV YILIGA TAYYORGARLIK VA YANGI TAHRIRDAGI “ODOB-AXLOQ QOIDALARI"NI MUHOKAMA QILISHDI
🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusida Respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.
✔️ Tadbirni kirish so‘zi bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odil Abdurahmonov ochib berdi:
- Tarbiyaga barcha - o'qituvchi, ota-ona va jamiyat birdek mas'uldir. Bu borada sabablarni to‘g‘ri baholay olmaganimiz, amalga oshirilayotgan ishlardan natija olinmaganligi tufayli hozirgi nuqtaga kelib qoldik. Jahonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar fonida ma'naviyat va tarbiya masalasi yanada muhimroq ahamiyat kasb etmoqda. Bizning kelajakka qo‘ygan rejalarimiz, intilayotgan marralarimiz juda katta. Bu yo'lda esa ma'nan barkamol, vatanparvar yoshlarga ehtiyojimiz bor.
✔️ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova:
- Bu seminar-treninglar yig'ilish emas, balki mulohazalar, takliflar uchun ochiq maydon tarzida o'tishini istardim. Biz ko'tarayotgan mavzu juda muhim, unda har biringizning taklifingiz soha rivojida alohida ahamiyat kasb etadi. Bugun maktablar uchun “Odob-axloq qoidalari"ning yangi tahririni birgalikda ko‘rib chiqamiz. Men sizlar tomoningizdan bildiriladigan barcha takliflarga ochiqman. Zero, o‘quvchilarimizni yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiluvchi yoshlar etib tarbiyalashda biz hammamiz bir jamoamiz, bitta kemadamiz.
✔️ Dilshod Kenjayev, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari:
- Bugungi ta'lim jarayonini tarbiyadan alohida tasavvur etib bo‘lmaydi. Biz sizlar bilan sohaga oid muammolar va ularning yechimlarini ko'rib chiqish uchun yig'ilganmiz. Har bir taklif ustida alohida ishlaymiz. Bu esa yagona maqsad yo‘lida bitta jamoa bo‘lib ishlashga yordam beradi.
👉 Batafsil: https://www.uzedu.uz/y3/news/1151