Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
110K subscribers
21.8K photos
6.1K videos
140 files
12.7K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Xalqaro biologiya olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan g‘olib o‘quvchilar 66 mln so‘mdan, ularning o‘qituvchilari esa 49,5 mln so‘mdan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 3-11-iyul kunlari Birlashgan Arab Amirligining Al-Ayn shahrida 80 mamlakatdan jami 310 nafar o‘quvchi ishtirok etgan 34-Xalqaro biologiya olimpiadasida o‘zbekistonlik 3 nafar o‘quvchi bronza medalini qo‘lga kiritdi. 2022-yilgi 33-Xalqaro Biologiya olimpiadasida terma jamoamiz 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

G‘olib o‘quvchilarimiz Behruz Tursunov, G‘olibjon Sharifov, Muhammadibrohim Egamberdiyevga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq 3-o‘rin (bronza medal) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari beriladi.

Shuningdek Qarorga muvofiq oltin medalni qo'lga kiritgan o'quvchilarga BHMning 500 baravari (165 mln so'm), ustoziga 450 baravari (148,5 mln so'm);

kumush medal uchun — o'quvchi BHMning 300 baravar miqdori (99 mln so'm), ustoziga 250 baravar (82,5 mln so'm) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga imtiyoz bilan grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik taʼlim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama oladi.

G‘olib o‘quvchilarimiz bugun Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda tantanali ravishda kutib olinadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
O'quvchilarimiz bitiruvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish bo'yicha yozgi maktabda ishtirok etishmoqda

Tadbir "O'zbekiston kasb-hunar ta'limi tizimida islohot va modernizatsiya jarayonini qo'llab-quvvatlash" loyihasi doirasida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Germaniyaning GIZ tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Yozgi maktab davomida ishtirokchilar o'z qobiliyatlarini sinab ko'rishadi va tajribalari trenerlar yordamida O'zbekiston va Germaniyada o'qishga mos oliygohlar bilan tanishib, o’z rezyumelarini tayyorlash ustida ishlashadi.

✔️Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad ishtirokchilarning qiziqishlarini qo'llab-quvvatlash, ularni kasblar olami bilan tanishtirish va kasbiy faoliyatlarini boshlashga yordam berishdan iborat.

📍 Yozgi maktab 14-iyulga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
“Barkamol avlod” bolalar maktablaridan navbatdagi xalqaro g‘alaba

Qirg‘iziston Respublikasi, Issiqko‘l tumanida joriy yilning 6-13-iyul kunlari "Issiqko‘l do‘stlarni chorlaydi-2023" etnokarnavali bo‘lib o‘tishi, unda O‘zbekiston Respublikasidan Samarqand hamda Surxondaryo viloyati tuman va shahar “Barkamol avlod” bolalar maktablarining ishtirok etishi haqida avvalroq xabar bergandik.

O‘zbekiston, Avstriya, Rossiya, Belorussiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlarlaridan jami 500 nafar o‘quvchi ishtirok etgan mazkur tanlovda o'quvchilarimiz “Milliy raqs", "Milliy cholg‘ular" hamda “Estrada-vokal” nominatciyalarida quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdi:

🥇-o‘rin 2 ta
🥈-o‘rin 4 ta
🥉-o‘rin 1 ta
🏆GRAN PRI 4 ta

Xalqaro musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan to‘garak aʼzolarimizni g'alaba bilan muborakbod etamiz!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

34-Xalqaro Biologiya olimpiadasi (IBO-2023)da 3 ta bronza medalni qo'lga kiritgan terma jamoamiz a'zolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

#BAA #11_July #Tashkent

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣XUSHXABAR

Xalqaro olimpiadadan yana 3
ta medal

Xalqaro matematika olimpiadasida
o’quvchilarimiz 3 ta bronza medalni qo’lga kiritdi

📍
Joriy yilning 5-13-iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida dunyoning 112 ta mamlakatidan jami 623 nafar maktab o’quvchilari ishtirok etgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida(IMO) 3 nafar o’zbekistonlik o’quvchi bronza medallarini qo’lga kiritdi.

G'olib o‘quvchilar bilan tanishing:

🥉Ozodbek Axtamov -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o‘quvchisi;

🥉Anvarbek Raxmatov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, Ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;

🥉Anvarbek Sadulloyev - Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq 3-o‘rin (bronza medal) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari beriladi.

❗️Eslatib o’tamiz, o’zbekistonlik yoshlar 1997-yildan boshlab ishtirok eta boshlagan mazkur nufuzli musobaqada hozirga qadar 🥈10 ta kumush va 🥉32 ta bronza medallari qo’lga kiritilgan.

Olimpiadaning tantanali yopilish marosimi ertaga bo’lib o’tadi.

Terma jamoamiz a’zolarini g’alaba bilan qutlab, omad va zafarlar tilab qolamiz!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM