Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
105K subscribers
22.5K photos
6.2K videos
141 files
12.9K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
⚡️Olti nafar iqtidorli yoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 64-Xalqaro matemematika olimpiadasida(IMO) ishtirok etish uchun 🇯🇵Yaponiyaga yetib bordi.

💥Ertaga 7-iyul kuni Xalqaro matemematika olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o'tadi. Xalqaro olimpiadada dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridan 600 nafarga yaqin ishtirokchilarning qatnashishi kutilmoqda.

8-9-iyul kunlari ikki kun davomida ishtirokchilarga 3 tadan yozma ish topshiriqlari taqdim etiladi va har kuni 270 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir topshiriq 7 balldan baholanadi.

❗️Eslatib o’tamiz, o’zbekistonlik yoshlar 1997-yildan boshlab ishtirok eta boshlagan mazkur nufuzli musobaqada hozirga qadar 🥈10 ta kumush va 🥉29 ta bronza medallari qo’lga kiritilgan.

🤲Terma jamoamiz a’zolariga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Сўраган_эдингиз
#Call_markaz

Bolaning ota-onasi chet elda, jiyanimni 1-sinfga qabul qilish uchun o‘zim ariza topshirsam bo‘ladimi?
Ha, albatta topshirish mumkin. Elektron platformada shaxsiy ma’lumotlarni shakllantirganingizdan so‘ng, tegishli maydonni belgilab, vasiylik bo‘yicha qarorni biriktirasiz va keyingi jarayonlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmagan harbiy xizmatchilar farzandini umumta’lim maktabiga o‘qishga joylashtirish uchun qanday tartibda ariza topshirishlari mumkin?
Elektron platformada shaxsiy ma’lumotlarni shakllantirgandan so‘ng, harbiy xizmatchi katakchasini belgilaysiz. So'ngra yashash joyi bo‘yicha davlat soliq idoralari ro‘yxatidan o‘tgan ijara shartnomasi yoki tegishli harbiy qism (muassasa) tomonidan yashash manzili ko‘rsatilgan ma'lumotni tizimga yuklagan holda ariza topshirishlari mumkin.

Ariza jo‘natmoqchi bo‘lganimda “Siz tanlagan manzilga biriktirilgan maktab topilmadi” degan xatolik chiqqanda nima qilish kerak?
Ushbu holatda siz shaxsiy kabinetingizga kirib, "Mening ma’lumotlarim" bo‘limidan yashash manzilingizni tahrirlab, saqlash tugmasini bosishingiz va qayta ariza yuborishingiz kerak.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Вы_спрашивали
#Колл_центр

Родители ребенка находятся за границей, могу ли я подать заявление на прием племянницы в 1 класс?
Да, конечно, можно подать заявку. После формирования персональных данных на электронной платформе вы можете прикрепить решение об опеке, указав соответствующее поле и выполнив дальнейшие процессы.

В каком порядке военнослужащие, не прошедшие регистрацию по месту жительства, могут подать заявление на зачисление ребенка в общеобразовательную школу?
После формирования персональных данных на электронной платформе вы устанавливаете флажок военнослужащий. Затем можно подать заявление по месту жительства в государственные налоговые органы, загрузив в систему информацию о зарегистрированном договоре аренды или адрес проживания соответствующей воинской части (учреждения).

Что делать, если при попытке отправить заявку выдается ошибка “школа, прикрепленная к выбранному вами адресу, не найдена”?
В этом случае нужно зайти в личный кабинет, отредактировать свой адрес проживания из раздела "Мои данные", нажать кнопку "Сохранить" и отправить повторное заявление.


Ссылка на официальные страницы министерства:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Barkamol avlod" bolalar maktablarining to‘garak aʼzolari "Issiqko‘l do‘stlarni chorlaydi" etnokarnavalida qatnashadi

Samarqand hamda Surxondaryo  viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktablarining to‘garak aʼzolari joriy yilning 6-13-iyul kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Issiqko‘l tumanida o‘tkaziladigan "Issiqko‘l do‘stlarni chorlaydi" etnokarnavalida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.

Ushbu etnokarnavalda 10 ga yaqin davlatlar ishtirok etishi ko'zda tutilgan. O‘zbekistonlik o‘quvchilar etnokarnavalda "Milliy cholg‘ular“,”Estrada vokal ijrochiligi" va "Milliy raqs" yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblik uchun bahslashadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Vatanimiz kelajagi bo‘lgan va uning ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shuvchi yoshlarimizning xorijiy davlatlarda o‘tkazilayotgan turli musobaqa va tanlovlarda ishtirok etayotgani quvonarli holat, albatta. Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan bu kabi imkoniyatlar natijasida farzandlarimiz dunyo mamlakatlarini ko‘rishga muyassar bo‘lishayotgani esa ularning yaqinlari qatori menga ham katta faxr va g‘urur bag‘ishlaydi.

19 kun davomida Xitoy poytaxti Pekin shahrida o‘tkaziladigan va dunyoning 25 mamlakatidan kelgan 200 ga yaqin terma jamoa a’zolari va trenerlari ishtirok etgan “Birinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2023”da qatnashgan yoshlarimiz bugunning o‘zida kunchiqar davlat — Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Xalqaro matematika olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilish uchun yo‘l olishdi.

Yana bir guruh iqtidorli o‘quvchilardan iborat terma jamoamiz vakillari ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarida biologiya fanidan o‘tkaziladigan Xalqaro olimpiada musobaqalarida O‘zbekiston nomini baland ko‘tarish uchun jo‘nab ketishgan.

Shuningdek, Xalqaro olimpiadalar mavsumi davomida o‘quvchilarimiz 35-Xalqaro informatika olimpiadasida ishtirok etish uchun joriy yilning avgust oyi oxirida Vengriyaga, Xalqaro kimyo olimpiadasida ishtirok etish uchun Shveysariyaga hamda Xalqaro fizika olimpiadasida qatnashish uchun Yaponiyaga yo‘l olishadi.

O‘quvchilarimizga ushbu nufuzli bilim "janglari"da xalqimiz ishonchini oqlab, shoda-shoda medallar bilan qaytishlarini tilab qolaman.

100 dan ortiq mamlakatdan kelgan mingga yaqin o‘quvchilar ishtirokida o‘tadigan ushbu bilimlar bellashuvlarida o‘quvchilarimiz, albatta, yuqori o‘rinlarni egallashlariga ishonaman.

Aziz bilimli yoshlar!

Buyuk bobokalonlarimiz — Beruniy, Xorazmiy, Farg‘oniy kabi daholarga munosib ravishda ilm cho‘qillarini egallashlaringizga tilakdoshman.
#Vazir_va_yoshlar

YOSHLAR MUAMMOLARI HAL ETILMOQDA

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Yoshlar Press-klubida Sergeli tumanida yashovchi to'qqiz nafar yoshlar bilan uchrashdi.

❗️Vazir yoshlarning qiziqishlari, kelajakda egallamoqchi bo'lgan sohalari haqida suhbatlashdi.

🔰Suhbat yakunida ularga kasb faoliyatlarini yo'lga qo'yishlari uchun penablok va sovun ishlab chiqaruvchi, grill tayyorlovchi uskunalar, videomontaj uchun zamonaviy kompyuter, yuk tashish uchun mototransport, plastik romlar o'rnatish, mebel ta'mirlash hamda sartaroshlik bilan shug'ullanish uchun asbob-uskunalar to'plamlari taqdim etildi.

Ochiq muloqot davomida muammosi ijobiy hal qilingan ota-ona va yoshlar ko'rsatilgan yordamning hayotlarida qanchalik muhim ahamiyat kasb etganini aytib, o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

⚡️Shuningdek, yoshlar bilan tizimli ishlashda alohida o'rnak ko'rsatgan 5 nafar yoshlar yetakchilari vazir tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Ma'lumot uchun, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziriga 40 nafar yoshlar biriktirilgan bo'lib, bugungi kunga qadar ularning 37 nafari bilan yuzma-yuz uchrashuv tashkil etilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OAV BIZ HAQIMIZDA

🔹mtrkuzofficial - Ахборот 24 | Янги Ўзбекистон: тараққиёт, инновация ва маърифат
🔹UzA - “Ўзбекистон – соғлом ва билимли жамият” халқаро конференцияси бўлиб ўтмоқда
🔹HUDUD - MY5 TV - Xalqaro ekspertlar ishtirokidagi muloqotlar
🔹 Dunyo AA - В Ташкенте начала работу международная конференция, посвященная современным тенденциям развития образования в Узбекистане
🔹mtrkuzofficial - Новости 24 | Научные исследования в области IT
🔹yuz.uz - “O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat”
🔹mtrkuzofficial - Янгиликлар 24 | Ахборот технологиялари бўйича халқаро илмий конференция
🔹UzA - Таълимда шаффофликни таъминлаш мақсадида йигирмадан зиёд ахборот тизимлари ишга туширилди
🔹Расмий хабарлар/официальные новости - “Ўзбекистон – соғлом ва билимли жамият” мавзусидаги халқаро конференция бўлиб ўтди
🔹 "Sevimli" telekanali - "O'ZBEKISTON - SOG'LOM VA BILIMLI JAMIYAT" XALQARO KONFERENSIYASI
🔹 Darakchi.uz - "2030 йилгача барча болаларни мактабгача таълим билан тўлиқ қамраб олиш режалаштирилган".
🔹YANGI DAVR - YOSHLAR TV - “Янги Ўзбекистон: тараққиёт, инновация ва маърифат” ҳафталигининг навбатдаги кунги тафсилотлари.
🔹UzA - Ҳилола Умарова: “2030 йилга бориб барча болалар мактабгача таълим билан тўлиқ қамраб олинади”
🔹Toshkent oqshomi - Кинемотография агентлигида халқаро конференсия бўлиб ўтди
🔹 "Sevimli" telekanali - TA'LIM VA TIBBIYOTNI TRANSFORMATSIYA QILISHNING DOLZARB MASALALARI
🔹Aniq.uz - Hilola Umarova: “2030 yilga borib barcha bolalar maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olinadi”
🔹Dunyo AA - Узбекистан сегодня находится на перекрестке истории, стремясь к достижению новых вех в развитии образования
🔹UzA - Илм-фан ривожи — мамлакат истиқболи (+видео)
🔹HUDUD - MY5 TV - IT bo'yicha xalqaro konferensiya
🔹kknews.uz - Узбекистан – здоровое и образованное общество
🔹UzA - Халқаро конференцияда келгусида мактабгача ва мактаб таълими тизимини ривожлантириш дастури эълон қилинди
🔹 "Yangi davr" - Yoshlar TV - "Янги Ўзбекистон" университетида Халқаро шериклик ташаббуслари доирасида хорижлик ҳамкорлар билан учрашув бўлиб ўтди.
🔹"Sevimli" telekanali - "Yangi O'zbekiston - sog'lom va bilimli jamiyat" xalqaro konferensiyasi
🔹
UzA - Таълим, соғлиқни сақлаш, инновация – Тошкентдаги ҳафталик. Бугун нималар бўлди? (+видео)
🔹
Xabar.uz - Тошкентда таълимга доир халқаро конференция бўлиб ўтди
🔹
«Янги Ўзбекистон» - Таълимдаги одимлар юксалиш йўлидаги марраларга етакламоқда
🔹Eronning
farnews.ir saytida.
__
❗️ "Yangi O'zbekiston - sog'lom va bilimli jamiyat" xalqaro konferensiyasi haqida "Yangi O'zbekiston" gazetasining 132-sonida maqola e'lon qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobxonlik_festivali
#Yozgi_ta'til

KITOBXONLIK FESTIVALI”DA QATNASHING!

📣Yurtimizda o‘quvchi yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish va ularning yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan Buxoro viloyatida “Kitobxonlik festivali” o‘tkaziladi.

⚡️Mazkur festival joriy yilning 19-iyul kuni bo‘lib, unda kitobxonlik tanlovlarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar va Buxoro viloyatida samarali mehnat qilib kelayotgan faol kutubxonachilar tantanali ravishda taqdirlanadilar.

📚Festival gʻoliblari hamda faol ishtirokchilarni diplomlar, kitoblar jamlanmasi va qimmatbaho sovgʻalar kutmoqda.

🔹Barcha kitobxonlarni ushbu “Kitobxonlik festivali”ga taklif qilamiz!

💫 Festival ajoyib kuy-qo‘shiqlar, chiroyli raqslar va kutilmagan sovg‘alar orqali sizlarga bayramona kayfiyat ulashishiga aminmiz!

📝 Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
UMUMTA’LIM MAKTABLARI O‘RTASIDA TASHKIL ETILGAN “ENG YAXSHI EKOLOGIK TOZA MAKTAB” VIDEOLAVHALAR TANLOVI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Eng yaxshi ekologik toza maktab” ekologik onlayn ko‘rik-tanlovi g‘oliblari e’lon qilingan edi.

❗️Joriy yilning 7-iyul kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining binosida ko‘rik-tanlovi g‘oliblari munosib taqdirlandi.

Gʻolib deb topilgan ta’lim muassasalariga vazirlik tomonidan qimmatbaho sovg‘alar hamda diplomlar Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev tomonidan topshirildi.

✔️ Ma’lumot uchun, jamoatchilik tomonidan g‘oliblarni aniqlash uchun saralangan videoroliklar vazirlikning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy tanlovlar sahifasida e’lon qilindi.

Ovoz berish jarayonlarining yakuniy natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan qo‘yidagi ta’lim muassasalar “Eng yaxshi ekologik toza maktab” videolavhalar tanlovi g‘olibi deb topildi.
 
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1140

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram