Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Fotoreportaj
#Xalqaro_konferensiya

Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi jarayonidan fotoreportaj.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Iqtibos
#Xalqaro_konferensiya

Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi ishtirokchilarining tadbirdagi nutqlaridan iqtibos.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_OAV_biz_haqimizda
#Euronews

Guliston shahrida joylashgan "Barkamol avlod" maktabi faoliyati hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati "Euronews" telekanalida namoyish etildi.

❗️ Unda o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, to'garaklar faoliyati hamda yo'nalishlari haqida so'z yuritildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Iqtibos

O’zbekistonda ta’lim sohasida olib borilayotgan o’zgarishlar haqida Ta’lim sifatini baholash sohasidagi ekspert Xiromitsu Sakata o’z fikrini bildirdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_konferensiya

Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi jarayonlaridan video-lavha.
__
Video of the international conference "Uzbekistan: healthy and educated society" organized within the framework of the Week of International Partnership Initiatives.

#5_July #International_conference #Tashkent

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Qabul2023 #Abituriyent2023
⚡️ Sirtqi ta’lim shaklida pedagogik staj faqat 5 ta ta’lim yo‘nalishi uchun talab etiladi

🔰 Ma’lumki, Prezidentning 2022-yil 22-iyundagi PQ-289-son qaroriga muvofiq pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

📌 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bular:

🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔹 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔹 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.

Bunda ushbu ta’lim yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shakliga xalq ta’limi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lib, hozirda ushbu tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishi belgilandi.

👨🏻‍💻 Boshqa ta’lim yo‘nalishlari uchun esa pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг @uza_uz телеграм канали орқали 6-июль куни соат 11:00 да Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги масъул ходимлари иштирокида “1-синфга қабул жараёнлари қандай кечяпти?” мавзусида ОВОЗЛИ ЧАТ бўлиб ўтади.

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
⚡️Olti nafar iqtidorli yoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 64-Xalqaro matemematika olimpiadasida(IMO) ishtirok etish uchun 🇯🇵Yaponiyaga yetib bordi.

💥Ertaga 7-iyul kuni Xalqaro matemematika olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o'tadi. Xalqaro olimpiadada dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridan 600 nafarga yaqin ishtirokchilarning qatnashishi kutilmoqda.

8-9-iyul kunlari ikki kun davomida ishtirokchilarga 3 tadan yozma ish topshiriqlari taqdim etiladi va har kuni 270 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir topshiriq 7 balldan baholanadi.

❗️Eslatib o’tamiz, o’zbekistonlik yoshlar 1997-yildan boshlab ishtirok eta boshlagan mazkur nufuzli musobaqada hozirga qadar 🥈10 ta kumush va 🥉29 ta bronza medallari qo’lga kiritilgan.

🤲Terma jamoamiz a’zolariga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Сўраган_эдингиз
#Call_markaz

Bolaning ota-onasi chet elda, jiyanimni 1-sinfga qabul qilish uchun o‘zim ariza topshirsam bo‘ladimi?
Ha, albatta topshirish mumkin. Elektron platformada shaxsiy ma’lumotlarni shakllantirganingizdan so‘ng, tegishli maydonni belgilab, vasiylik bo‘yicha qarorni biriktirasiz va keyingi jarayonlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmagan harbiy xizmatchilar farzandini umumta’lim maktabiga o‘qishga joylashtirish uchun qanday tartibda ariza topshirishlari mumkin?
Elektron platformada shaxsiy ma’lumotlarni shakllantirgandan so‘ng, harbiy xizmatchi katakchasini belgilaysiz. So'ngra yashash joyi bo‘yicha davlat soliq idoralari ro‘yxatidan o‘tgan ijara shartnomasi yoki tegishli harbiy qism (muassasa) tomonidan yashash manzili ko‘rsatilgan ma'lumotni tizimga yuklagan holda ariza topshirishlari mumkin.

Ariza jo‘natmoqchi bo‘lganimda “Siz tanlagan manzilga biriktirilgan maktab topilmadi” degan xatolik chiqqanda nima qilish kerak?
Ushbu holatda siz shaxsiy kabinetingizga kirib, "Mening ma’lumotlarim" bo‘limidan yashash manzilingizni tahrirlab, saqlash tugmasini bosishingiz va qayta ariza yuborishingiz kerak.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Вы_спрашивали
#Колл_центр

Родители ребенка находятся за границей, могу ли я подать заявление на прием племянницы в 1 класс?
Да, конечно, можно подать заявку. После формирования персональных данных на электронной платформе вы можете прикрепить решение об опеке, указав соответствующее поле и выполнив дальнейшие процессы.

В каком порядке военнослужащие, не прошедшие регистрацию по месту жительства, могут подать заявление на зачисление ребенка в общеобразовательную школу?
После формирования персональных данных на электронной платформе вы устанавливаете флажок военнослужащий. Затем можно подать заявление по месту жительства в государственные налоговые органы, загрузив в систему информацию о зарегистрированном договоре аренды или адрес проживания соответствующей воинской части (учреждения).

Что делать, если при попытке отправить заявку выдается ошибка “школа, прикрепленная к выбранному вами адресу, не найдена”?
В этом случае нужно зайти в личный кабинет, отредактировать свой адрес проживания из раздела "Мои данные", нажать кнопку "Сохранить" и отправить повторное заявление.


Ссылка на официальные страницы министерства:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Barkamol avlod" bolalar maktablarining to‘garak aʼzolari "Issiqko‘l do‘stlarni chorlaydi" etnokarnavalida qatnashadi

Samarqand hamda Surxondaryo  viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktablarining to‘garak aʼzolari joriy yilning 6-13-iyul kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Issiqko‘l tumanida o‘tkaziladigan "Issiqko‘l do‘stlarni chorlaydi" etnokarnavalida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.

Ushbu etnokarnavalda 10 ga yaqin davlatlar ishtirok etishi ko'zda tutilgan. O‘zbekistonlik o‘quvchilar etnokarnavalda "Milliy cholg‘ular“,”Estrada vokal ijrochiligi" va "Milliy raqs" yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblik uchun bahslashadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Vatanimiz kelajagi bo‘lgan va uning ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shuvchi yoshlarimizning xorijiy davlatlarda o‘tkazilayotgan turli musobaqa va tanlovlarda ishtirok etayotgani quvonarli holat, albatta. Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan bu kabi imkoniyatlar natijasida farzandlarimiz dunyo mamlakatlarini ko‘rishga muyassar bo‘lishayotgani esa ularning yaqinlari qatori menga ham katta faxr va g‘urur bag‘ishlaydi.

19 kun davomida Xitoy poytaxti Pekin shahrida o‘tkaziladigan va dunyoning 25 mamlakatidan kelgan 200 ga yaqin terma jamoa a’zolari va trenerlari ishtirok etgan “Birinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2023”da qatnashgan yoshlarimiz bugunning o‘zida kunchiqar davlat — Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Xalqaro matematika olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilish uchun yo‘l olishdi.

Yana bir guruh iqtidorli o‘quvchilardan iborat terma jamoamiz vakillari ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarida biologiya fanidan o‘tkaziladigan Xalqaro olimpiada musobaqalarida O‘zbekiston nomini baland ko‘tarish uchun jo‘nab ketishgan.

Shuningdek, Xalqaro olimpiadalar mavsumi davomida o‘quvchilarimiz 35-Xalqaro informatika olimpiadasida ishtirok etish uchun joriy yilning avgust oyi oxirida Vengriyaga, Xalqaro kimyo olimpiadasida ishtirok etish uchun Shveysariyaga hamda Xalqaro fizika olimpiadasida qatnashish uchun Yaponiyaga yo‘l olishadi.

O‘quvchilarimizga ushbu nufuzli bilim "janglari"da xalqimiz ishonchini oqlab, shoda-shoda medallar bilan qaytishlarini tilab qolaman.

100 dan ortiq mamlakatdan kelgan mingga yaqin o‘quvchilar ishtirokida o‘tadigan ushbu bilimlar bellashuvlarida o‘quvchilarimiz, albatta, yuqori o‘rinlarni egallashlariga ishonaman.

Aziz bilimli yoshlar!

Buyuk bobokalonlarimiz — Beruniy, Xorazmiy, Farg‘oniy kabi daholarga munosib ravishda ilm cho‘qillarini egallashlaringizga tilakdoshman.