Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
107K subscribers
22.3K photos
6.16K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Prezident_maktablari

Respublikamizdagi 14 ta Prezident maktablari bitiruvchilari uchun “Yangi O’zbekiston yoshlari” nomli tantanali bitiruv kechasi tashkil etildi.

❗️
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o’quvchilarni samimiy tabrikladi:

- Bugungi tadbirni so’nggi qo’ng’iroq emas, balki oldindagi marralar tomon birinchi qadam deb hisoblang. Doimo eng yuksak cho’qqilarni ko’zlang, ulkan maqsadlarga intiling! Parvozingiz hamisha baland bo’lsin!

✔️ Ma’lumot o’rnida, 14 ta Prezident maktabi bitiruvchilari uchun tashkil etilgan madaniy tadbirlar avvalida“MEHR” talabalar teatr studiyasi tomonidan "Usmon Nosir" nomli sahna asari namoyish etildi.

📍 Shuningdek, Prezident maktablari bitiruvchilari “Yangi O‘zbekiston” universiteti, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozitsiyalarida bo’lishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Maktablarni kompyuter jihozlari bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha xatlov ishlari boshlandi

✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga muvofiq, yangi o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida informatika fani, xususan, 1-sinfdan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qitilishi belgilangan.

❗️Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ayni vaqtda mamlakatimizning barcha umumta’lim maktablarining kompyuter sinfxonalarini qayta jihozlashga doir xatlov jarayonlari boshlandi.

🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar davomida kompyuter sinfxonalarining moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechiriladi.

📍Yakuniy xulosalar asosida tegishli maktablar zamonaviy kompyuter jihozlari bilan to‘liq ta’minlanadi.

🔹Hozirda Toshkent shahrida joylashgan mavjud 335 ta maktabda mazkur yo‘nalishga doir keng xatlov ishlari boshlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔 Hurmatli ota-onalar!

📹 Ushbu video-yo'riqnomada, tizim moderatorlari tomonidan tasdiqlangan, "Maktabga yuborildi" holatdagi arizalar asosida biriktirilgan mikro-hududdagi maktabga tashrif buyurish uchun “navbat”ga yozilish qay tarzda amalga oshirilishi ko‘rsatib berilgan.

💭 Eslatma! Maktabga borish kuni va vaqtini o‘zingiz belgilab, shu vaqtda bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy maʼlumotnomani olgan holda farzandingiz bilan birgalikda maktab borishingiz talab etiladi.

💬 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ✏️@mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

🌐 mymaktab_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔 Уважаемые родители!

📹 В данной видео-инструкции показано, как записаться в «очередь» для посещения школы в прикрепленном микрорайоне, на основании заявлений в статусе «Отправлено в школу», одобренных модераторами системы.

💭 Примечание! Вы должны пойти в школу вместе со своим ребенком, самостоятельно определив день и время посещения школы, получив медицинскую справку о состоянии здоровья ребенка в это время.

💬 Дополнительную информацию о процессах приема вы можете получить через телеграм-канал ✏️ @mymaktab_uz или по телефону 📞 71 203 07 04.

🌐 mymaktab_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 SIRDARYODA “KITOBXONLIK FESTIVALI” O‘TKAZILDI

💠 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Sirdaryo viloyatida "Kitobxonlik festivali" bo‘lib o‘tdi.

🪩Bugungi ushbu festivalda Respublika bolalar kutubxonasi, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Sirdaryo viloyat hokimligi, Sirdaryo viloyat bolalar kutubxonasi, viloyat Bolalar kutubxonalari mas’ullari hamda kitobsevar o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.

👏Festival doirasida “Eng kitobxon maktab”, “Eng  faol kitobxon oʻquvchi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon oila” va “Eng faol kutubxonachi” kabi ko‘rik-tanlovlarning g‘olib va sovrindorlari taqdirlandilar.

👋KITOBXONLIK FESTIVALI”ning barcha yo‘nalish bosqichlari yuqori saviyada tashkil etilib, ushbu kitobxonlik ko‘rik-tanlovida jami 35000 ga yaqin o‘quvchilar qamrab olindi.

🎧Festival davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM