Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.6K subscribers
21.2K photos
6K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Matematika_yozgi_oromgohi
#Pekin

🔴 O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida tashkil etilgan “Birinchi xalqaro matematika yozgi oromgohi-2023” (The first International mathematics summer camp-2023)da ishtirok etmoqda.

📍Unda Armaniston, Ozarbayjon, Botsvana, Braziliya, Bolgariya, Kanada, Estoniya, Gana, Vengriya, Italiya, Eron, Qirg'iziston, Meksika, Mo'g'iliston, Polsha, Ruminiya, Ruanda, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika, Serbiya, Tailand, Xitoy va O‘zbekiston terma jamoalari a‘zolari va trenerlar qatnashmoqda.

Oromgoh doirasida ishtirokchilarga:

🔹 kombinatorika,
🔹 algebra,
🔹 sonlar nazariyasi hamda
🔹 geometriya kabi yo‘nalishlarda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etilgan.

❗️ Ma'ruzachilar orasida O‘zbekiston terma jamoasi treneri, xalqaro olimpiadalar g‘olibi, "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohibi, Britaniyaning Edinburg universiteti doktoranti Hakimboy Egamberganov ham dunyo yoshlariga xalqaro olimpiada metodologiyasi asosida mahorat darslarini olib bormoqda.

✔️Oromgoh jarayonlari 6-iyulgacha davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Prezident_maktablari

Respublikamizdagi 14 ta Prezident maktablari bitiruvchilari uchun “Yangi O’zbekiston yoshlari” nomli tantanali bitiruv kechasi tashkil etildi.

❗️
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o’quvchilarni samimiy tabrikladi:

- Bugungi tadbirni so’nggi qo’ng’iroq emas, balki oldindagi marralar tomon birinchi qadam deb hisoblang. Doimo eng yuksak cho’qqilarni ko’zlang, ulkan maqsadlarga intiling! Parvozingiz hamisha baland bo’lsin!

✔️ Ma’lumot o’rnida, 14 ta Prezident maktabi bitiruvchilari uchun tashkil etilgan madaniy tadbirlar avvalida“MEHR” talabalar teatr studiyasi tomonidan "Usmon Nosir" nomli sahna asari namoyish etildi.

📍 Shuningdek, Prezident maktablari bitiruvchilari “Yangi O‘zbekiston” universiteti, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozitsiyalarida bo’lishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Maktablarni kompyuter jihozlari bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha xatlov ishlari boshlandi

✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga muvofiq, yangi o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida informatika fani, xususan, 1-sinfdan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qitilishi belgilangan.

❗️Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ayni vaqtda mamlakatimizning barcha umumta’lim maktablarining kompyuter sinfxonalarini qayta jihozlashga doir xatlov jarayonlari boshlandi.

🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar davomida kompyuter sinfxonalarining moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechiriladi.

📍Yakuniy xulosalar asosida tegishli maktablar zamonaviy kompyuter jihozlari bilan to‘liq ta’minlanadi.

🔹Hozirda Toshkent shahrida joylashgan mavjud 335 ta maktabda mazkur yo‘nalishga doir keng xatlov ishlari boshlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔 Hurmatli ota-onalar!

📹 Ushbu video-yo'riqnomada, tizim moderatorlari tomonidan tasdiqlangan, "Maktabga yuborildi" holatdagi arizalar asosida biriktirilgan mikro-hududdagi maktabga tashrif buyurish uchun “navbat”ga yozilish qay tarzda amalga oshirilishi ko‘rsatib berilgan.

💭 Eslatma! Maktabga borish kuni va vaqtini o‘zingiz belgilab, shu vaqtda bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy maʼlumotnomani olgan holda farzandingiz bilan birgalikda maktab borishingiz talab etiladi.

💬 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ✏️@mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

🌐 mymaktab_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔 Уважаемые родители!

📹 В данной видео-инструкции показано, как записаться в «очередь» для посещения школы в прикрепленном микрорайоне, на основании заявлений в статусе «Отправлено в школу», одобренных модераторами системы.

💭 Примечание! Вы должны пойти в школу вместе со своим ребенком, самостоятельно определив день и время посещения школы, получив медицинскую справку о состоянии здоровья ребенка в это время.

💬 Дополнительную информацию о процессах приема вы можете получить через телеграм-канал ✏️ @mymaktab_uz или по телефону 📞 71 203 07 04.

🌐 mymaktab_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 SIRDARYODA “KITOBXONLIK FESTIVALI” O‘TKAZILDI

💠 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Sirdaryo viloyatida "Kitobxonlik festivali" bo‘lib o‘tdi.

🪩Bugungi ushbu festivalda Respublika bolalar kutubxonasi, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Sirdaryo viloyat hokimligi, Sirdaryo viloyat bolalar kutubxonasi, viloyat Bolalar kutubxonalari mas’ullari hamda kitobsevar o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.

👏Festival doirasida “Eng kitobxon maktab”, “Eng  faol kitobxon oʻquvchi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon oila” va “Eng faol kutubxonachi” kabi ko‘rik-tanlovlarning g‘olib va sovrindorlari taqdirlandilar.

👋KITOBXONLIK FESTIVALI”ning barcha yo‘nalish bosqichlari yuqori saviyada tashkil etilib, ushbu kitobxonlik ko‘rik-tanlovida jami 35000 ga yaqin o‘quvchilar qamrab olindi.

🎧Festival davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM