Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.5K subscribers
21K photos
5.96K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Yangi_Oʻzbekistonning_BAXTIYOR_bolalalari

“YANGI OʻZBEKISTONNING BAXTIYOR BOLALARI” FESTIVALI BOʻLIB OʻTDI

▪️Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari" shiori ostida festival tashkil etildi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri oʻrinbosari Dilshod Kenjayev va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

❗️ Festival doirasida toʻgarak a’zolarining ijodiy ishlari koʻrgazmasi ham tashkil etildi.

⚡️
Shuningdek, tadbirda Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Uzbekistan Foreign Experts group tashkiloti bilan hamkorlikda “Entry ijodkorlik” respublika onlayn tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

📍 Ma’lumot uchun, festival barcha hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablari tomonidan markaziy istirohat bog‘larda, xiyobonlar hamda ko‘ngilochar maskanlarida bo’lib o’tdi.

☝️Ushbu tadbirdan ko’zlangan maqsad “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi to‘garak a’zolarining ijodiy ishlari ko‘rgazmasini tashkil etish, ularning sotuvini yoʻlga qoʻyish, o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda tashkil etilgan to‘garaklarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iborat.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi

Toshkent viloyati, Toshkent tumani “Xasanboy” MFY hududida 560 o‘rinli 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Tashkilotning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin hamda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi bolalar va mahalla aholisi uchun chinakam bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida innovatsion ta’lim metodlarining faoliyati jarayonga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, robototexnika, STEAM, ta’lim laboratoriyasi (o‘qitish metodikasi, bolalar psixologiyasi, ikkinchi til o‘qituvchilarini tayyorlash yo‘nalishlarida), nazariy va amaliy dual ta’lim yo‘nalishlari shular jumlasidandir. Shuningdek tashkilotda shaxmat-shashka to‘garaklari faoliyati ham yo‘lga qo‘yiladi.

Tashkilotda rekonstruksiya ishlari boshlangunga qadar 8 ta guruh va 43 nafar xodim faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunda tashkilotning yangi binosida 16 ta guruh hamda 72 nafar xodim faoliyat yuritishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Toshkent viloyati, Toshkent tumanida jami 97 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, shundan, 37 ta davlat, 20 ta xususiy, 40 ta oilaviy-nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yopilish_marosimi
#Jonli_efir

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining taqdirlash marosimiga start berildi.

👉 Tadbirni jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
#Taqdirlash_marosimi

🔴 Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

❗️ Unda O’zbekiston jamoasi 3 ta oltin, 6 ta kumush, 13 ta bronza medalini qo’lga kiritdi.

✔️ Olimpiada 2 bosqichda bo’lib o’tib, unda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Ozarbayjon davlatlaridan kelgan 70 nafar ishtirokchilar o’zaro kuch sinashishdi.

👉 G’olib jamoalar haqida saytimizda o’qing: https://uzedu.uz/uz/news/1094

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Sizlar bilan bir safda va bir jamoa bo‘lib ta’lim sifatini oshirish yo‘lida hamnafas ishlaymiz” — Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bugun Toshkent shahridagi umumta’lim maktab direktorlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda maktab rahbarlariga Davlatimiz rahbarining maktabgacha hamda maktab ta’limini yangi bosqichga olib chiqish, uning sifatini oshirish hamda ta’lim dasturlarini takomillashtirishga doir Farmoni mazmun mohiyati, mazkur hujjat bilan sohada amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan o‘zgartirishlar xususida fikr almashildi.

Jumladan, Farmon bilan maktab rahbarlarining huquqlari kengaytirilayotgani, kasbiy faoliyatiga doir qator vakolat va huquqlar amaliyotga joriy etilayotgani qayd etildi. Bu esa o‘z navbatida direktorlarning yanada rivojlanishiga ko‘mak berishi asnosida yangilik qilishlari, zamon talabiga javob beradigan rahbar bo‘lishlari uchun imkoniyat ekanligini alohida ta’kidlandi.

Shuningdek eng tajribali maktab direktorlaridan iborat “Direktorlar kengash”lari tashkil etilishi va ushbu kengashga kirgan direktorlar bevosita vazirlik bilan birgalikda faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishlari borasida ma’lumot berildi.

Uchrashuvda maktab direktorlariga yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish ular oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar xususida atroflicha tushuntirish berib o‘tildi.

Vazir direktorlarga qilgan murojaatida Toshkent shahri ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha lokomotiv bo‘lishi lozimligini ta’kidlar ekan, “Sizlar bilan birga bir jamoa bo‘lib ta’lim sifatini oshirish yo‘lida ishlaymiz, men sizlarga suyanaman. Butun jamoa bo‘libgina natijalarga erisha olamiz va yutuqlarimizni ko‘rsata olamiz”, — deya so‘zini yakunladi vazir.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_13

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda:

➡️ 00:10 Yangi o‘quv yilidan boshlab 1-sinf o‘quvchilariga informatika fanidan dars berishimiz aytilyapti. Boshlang‘ich sinflarga informatika fani o‘tish uchun zarur adabiyot va o‘quv dasturlarini qayerdan olishim mumkin?

➡️ 01:43 Joriy yilda maktab o‘qituvchilariga 56 kun mehnat ta’tili berilishi aytilyapti. Bu muddatga yakshanba va bayram kunlari ham kiritiladimi? Keyin yosh bolali va davlat mukofotiga ega xodimlarga qo‘shimcha ta’til kunlari beriladimi?

➡️ 03:11 Bog‘cha tarbiyachilarining oyligi maktab o‘qituvchilarining oyligiga tenglashtirilayotgan ekan. Mazkur o‘zgarish barcha guruhlardagi tayyorlov guruh tarbiyachilariga nisbatan tatbiq etiladimi?

➡️ 04:43 Nega bog‘cha tarbiyachilarining ish normasi bir stavkadan oshirilmaydi? Axir malakali tarbiyachilar bo‘sh vakant o‘rinlarida qo‘shimcha ishlay olishadiku?

Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “VAZIRGA MUROJAAT” portali orqali kelib tushgan HAFTALIK murojaatlar statistikasi.

❗️Statistika 26.05.2023 - 02.06.2023 soat 09:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram