Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.4K subscribers
21K photos
5.96K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋☺️ Barchaga salom!
Toshkent viloyati ta’lim eko-oromgohlari o‘tkazilgan oxirgi manzil bo‘ldi.
Bunga qadar Toshkent shahri, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldik.
Jami O‘zbekiston bo‘ylab tadbirlarimizda 10 381 nafar odam ishtirok etdi!
Sizlar bilan xayrlashishdan ko‘nglimiz biroz g‘ash... lekin yana bir bor albatta ko‘rishamiz!
Biz uchun ta’lim eko-oromgohlarini o‘tkazish sizlar bilan tanishish, ekologiya haqidagi bilimlarimizni bo‘lishish, har birimiz o‘z harakatlari (yoki harakatsizligi) bilan kelajakda qanday dunyoda yashashini hal qilishi to‘g‘risida fikr yuritishga yaxshi imkoniyat bo‘ldi.

🌳 Biz toza, xavfsiz va sevimli zaminda yashashni tanlaymiz. Siz-chi?
__

👋☺️ Всем привет!
Ташкентская область стала последним пунктом проведения образовательных эко-лагерей.
А до этого: город Ташкент, Андижанская, Бухарская, Джизакская, Кашкадарьинская, Навоийская, Наманганская, Самаркандская, Сурхандарьинская, Сырдарьинская, Ферганская, Хорезмская области, Республика Каракалпакстан.
Всего по Узбекистану в наших мероприятиях принял участие 10 381 человек!
Немного грустно с вами расставаться… а это значит, что мы обязательно встретимся ещё!
Для нас проведение образовательных эко-лагерей стало хорошей возможностью с вами познакомиться, поделиться знаниями об экологии и вместе попробовать задуматься о том, что каждый из нас своими делами (или бездействием) выбирает в каком мире ему предстоит жить.

🌳Мы выбираем чистый, безопасный и любимый край. А вы?

Zamin | Facebook | Instagram
#Сўровнома_натижаси

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan “Farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasiga befarq bo’lmaylik” mavzusida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi.

❗️ Unda “Bola nega maktabga borishni istamaydi?”, “Bolalar internetdan to’g’ri foydalanishni biladimi?”, “Bola tarbiyasi uchun kim mas’ul?”, “Bolalar o’rtasida turli huquqbuzarliklar nega ko’paymoqda?” mavzulari qamrab olingan edi.

⚡️Ushbu so’rovnomada jami 36 751 nafar kishi qatnashdi.

Natijalar quyidagicha:

▶️ Sizningcha, bolalarning internetdan to‘g‘ri foydalanishini kim nazorat qilishi kerak?

Ota-ona – 67 %
Maktab – 1 %
Ota-ona va maktab – 30 %
Sinf rahbar – 1 %
Inspektor-psixologlar – 1 %

▶️ Sizningcha bolalar tarbiyani kimdan o'rganadi va unga kim mas'ul?

Ota-onadan o'rganadi - ota-ona mas'ul – 92 %
O'qituvchidan o‘rganadi - maktab mas'ul – 3 %
Do'stlaridan o‘rganadi - mahalla mas'ul – 1 %
Internetdan o‘rganadi - ota-ona mas'ul – 3 %
Sinfdoshlaridan o‘rganadi - maktab mas'ul – 1 %

▶️ Sizningcha, bolalar nima uchun turli huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etmoqda?

Oilada muhit yaxshi emas – 49 %
Bola bu ishlarning oqibatini bilmaydi – 13 %
Ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy axborotlarning ko‘pligi sabab – 30 %
Maktab nazorat qilmayapti – 2 %
Inspektor-psxiloglar tomonidan profilaktika ishlari olib borilmayapti – 6 %

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
🖥 Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasida (APIO) bronza medali qo‘lga kiritildi.

Joriy yilning 21-may kuni maktab o‘quvchilari uchun masofaviy tarzda Xitoy davlati tomonidan tashkil qilingan Asia-Pacific Informatics Olympiad (APIO) - Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro olimpiada mintaqaviy xalqaro olimpiadalardan biri bo‘lib, unda dunyoning 33 mamlakatidan jami 204 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI)da ishtirok etish uchun saralab olingan terma jamoamiz a'zolaridan biri, Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab 11-sinf o‘quvchisi Dilshodbek Xo‘jayev 🥉 bronza medalini qo‘lga kiritdi.

❇️ Dilshodni, ota-onasini va ustozlarini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz. Ushbu medal Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasidagi o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan ilk medal hisoblanadi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BUXORODAGI "NURLI MASKAN" MAKTAB-INTERNATI O‘QUVCHISI XALQARO MUSOBAQADA KUMUSH VA BRONZA MEDALLARINI QO‘LGA KIRITDI

Buxoro shahridagi 24-"Nurli maskan" maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Muxsina Iskandarova Turkiyaning Antaliya shahrida sportning shashka turi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro musobaqada mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.

17 ta davlatdan 80 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashgan mazkur xalqaro musobaqada 23 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan qizlar ishtirok etdi.

Nihoyatda qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar davomida vakilimiz o‘z mahoratini ishga solib, rapid yo‘nalishi bo‘yicha 2-, klassik yo‘nalishda 3-o‘rinni qayd etdi va bitta kumush, bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Muxsinani xalqaro g'alaba bilan muborakbod etadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada
#Jonli_efir

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining ochilish marosimiga start berildi.

👉 Tadbirni jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat, tanlov!

“Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi o‘tkazilmoqda

Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichi, BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi doirasida hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi e’lon qilinmoqda.

❗️Talabgorlar tanlov ishlari, belgilangan namunadagi ariza va Nizom 10-bandida keltirilgan hujjatlarni 2023-yil 1-iyundan 1-noyabrga qadar [email protected] elektron manziliga yuborishlari lozim.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1083

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
#Jonli_efir

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining 1-tur jarayonlariga start berildi.

Mazkur turda ishtirokchilar yozma topshiriqlarga javob berishlari kerak bo’ladi.

👉 Shaffoflikni ta’minlash maqsadida mazkur jarayonlar
jonli efirda uzatib boriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Prezident_maktabi
#Qabul_2023
#10_iyundan_30_iyungacha

📢 DIQQAT E'LON!

❗️PRЕZIDЕNT MAKTABLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

❗️DIQQAT
🔖 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (a'lo) bo'lishi lozim
.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2023-2024-o'quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
77-"NURLI MASKAN" MAKTAB-INTERNATI O‘QUVCHISI UCH KARRA JAHON CHEMPIONI BO‘LDI

Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi 77-"Nurli maskan" maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi Sadoqat Tulibayeva Turkiyaning Antaliya shahrida shashka bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Iqtidorli o‘quvchi mazkur musobaqada rapid va klassik yo‘nalishlarida 1-o‘rinni egalladi. Eʼtiborli jihati shundaki, Sadoqat Tulibayeva ikkinchi bor rekordini takrorlab, uch karra jahon chempioni bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Buxoro shahridagi 24-"Nurli maskan" maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Muxsina Iskandarova mazkur musobaqada rapid yo‘nalishi bo‘yicha 2-, klassik yo‘nalishda 3-o‘rinni qayd etib, bitta kumush, bitta bronza medalini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📣 1-iyun — "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan joriy yilning 25-may kunidan 2-iyun kuniga qadar "Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari!" shiori ostida Respublika bolalar kutubxonasi va viloyat bolalar kutubxonalari tomonidan kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan bir qancha tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

➡️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan ushbu bayram haftaligi doirasida 1-iyundan 3-iyunga qadar soat 18:00 da "G‘afur G‘ulom" nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida "Bolalar kitob festivali" o‘tkaziladi.

🔻Ushbu festivalga barcha kitobxon bolajonlarni chorlab qolamiz. Festival davomida faol kitobxon o‘quvchilar o‘rtasida savol-javoblar viktorinasi, raqslar guldastasi, estrada xonandalari tomonidan ajoyib kuy-qo‘shiqlar hamda she'riyat kechasi bo‘lib o‘tadi.

➡️ Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_eslatma

Farzandini yozgi oromgohga yuborayotgan ota-onalar uchun huquqiy eslatmalar

✔️ Oromgohlar qanday talablarga javob berishi kerak?
✔️ Oromgohdagi guruhlar tarkibidagi bolalar soni qancha bo‘lishi kerak?
✔️Oromgohlar davomiyligi necha kun?
✔️ Oromgoh uchun yo‘llanmalar pulida imtiyozlar bormi?
✔️ Bola kasal bo‘lganda oromgohga qabul qilinadimi?..

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1085

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Maktabgacha hamda maktab ta’limi yangi bosqichga olib chiqiladi

Davlatimiz rahbarining maktabgacha hamda maktab ta’limini yangi bosqichga olib chiqish, uning sifatini oshirish hamda ta’lim dasturlarini takomillashtirishga doir tegishli Farmoni imzolandi.

Xo‘sh, ushbu Farmon bilan maktabgacha hamda maktab ta’limida qanday o‘zgarishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda?

Maktablarda o‘quvchilarni baholashda ularning yodlash ko‘nikmasini baholashdan voz kechilib, ularning mavzuni amaliyotda qo‘llay bilish, tanqidiy fikrlash va berilgan materialni tahlil qila olishlariga ko‘proq e’tibor qaratiladi.

Amaliy mashg‘ulotlar ulushini 60 foizgacha oshirish orqali mavzular aniq muammoni hal qilish orqali o‘rgatiladi.

Bog‘cha va maktablar malakali kadrlar bilan ta’minlanadi

Farmonga asosan, bog‘cha va maktablarni malakali kadrlar bilan ta’minlash yo‘nalishida ham oldimizga muhim vazifalar belgilab berildi. Unga ko‘ra, endilikda maktablarga ishga qabul qilinayotgan pedagoglarni sertifikatlash tizimi joriy etilmoqda. Bunda, ular 1 yil davomida o‘qituvchi-stajor sifatida faoliyat yuritadi va ushbu muddat davomida sertifikat olishi lozim bo‘ladi. Bu esa maktabga kelayotgan yoshlar orasidan eng malakalilarni tanlash imkonini beradi.

2024-yil 1-yanvardan boshlab o‘qituvchilarga malaka toifasini berish bo‘yicha sinovlar 2 bosqichda o‘tkazilishi orqali pedagogning nafaqat bilimi, balki pedagogik mahoratini baholash mumkin bo‘ladi. Bugungi kungacha o‘qituvchilarning mahoratini baholashda asosan test savollariga tayanilib kelinar edi.

Bundan tashqari, 2025-yil 1-yanvarga qadar malaka toifasini berish tizimi vakolatli xorijiy kompaniyalarda akkreditatsiyadan o‘tkazilishi, pedagoglarga xalqaro malaka sertifikati berilishi va 70 foiz miqdorda qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilanmoqda. Bunda ularning o‘rtacha oyligi 3,5 mln.dan 6 mln. so‘mgacha oshirish imkoniyati mavjud.

Maktabgacha ta’lim tizimidagi ayni vaqtdagi muammolardan biri, xodimlar oylik maoshi miqdorining pastligi sababli malakali pedagoglarning maktab yoki xususiy bog‘chalarga ishga o‘tib ketayotganidir. Oqibatda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 113 ming nafar pedagogdan atigi 41 ming nafari (37 foizi) oliy ma’lumotli bo‘lib qolmoqda.

Shu nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga malakali tarbiyachilarni jalb qilish maqsadida 2024-yil 1-iyundan boshlab ularning tarif stavkalari maktab o‘qituvchilarining amaldagi stavkalariga tenglashtirilmoqda. Bunda ularning oyligi 2,5 mln.dan 3,5 mln. so‘mgacha oshishi ko‘zda tutilgan.

Direktorlarning huquqlari kengaytiriladi

Mazkur Farmon bilan maktab direktorlariga ham o‘z faoliyatiga doir qator vakolat va huquqlar berilmoqda. Bu esa ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘mak berish asnosida, ularning yangilik qila olish, zamon talabiga javob beradigan rahbar bo‘lishlariga imkon yaratadi.

Shu bois endilikda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi eng tajribali maktab direktorlaridan iborat “Direktorlar kengash”lari tashkil etiladi. Bunda maktab direktorlariga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, o‘quv rejalarga 15 foizgacha o‘zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi.

Vazirlikning tuman (shahar) bo‘limlari maktablar faoliyatini tekshirmaydi

Maktablarga ortiqcha aralashuvlar ham kamaytirilib, vazirlikning tuman (shahar) bo‘limlarining maktablar faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash vakolatlari tugatilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, imzolangan mazkur Farmon bilan oldimizga yaqin muddatlarda amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab berildi. Bu vazifalarni bosqichma-bosqich bajarish davomida maktabgacha hamda maktab ta’limi sohasini yangi pog‘onaga olib chiqish yo‘lida navbatdagi qadamni tashlaymiz.
Xiva shahrida 6 yoshli bolalar o‘rtasida III velomarafon bo‘lib o‘tdi

Bugun Xorazm viloyati Xiva shahrida 6 yoshli bolalar o‘rtasida III velomarafon tashkil etildi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda “yashil” transport turidan foydalanish sohasida barqaror ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan velomarafonda 120 nafar bola ishtirok etadi. Ushbu sport harakatlari orqali maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velosportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarziga o‘rganish va xulq-atvor madaniyatini oshirish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish targ‘ib qilinmoqda.

Velomarafon doirasida Xiva shahridagi 18 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga pilot tarzida jami 500 ta begovel topshirildi.

Velomarafon Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim agentligi, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Velosport federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

I va II velomarafonlar 2021-yil Toshkent shahrida o‘tkazilib, unda 13 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 400 ta begovel, 2022-yilda esa Samarqand shahrida o‘tkazilib, 20 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 500 ta begovel taqdim etilgan edi.

Marafon so‘ngida jajji ishtirokchilar esdalik medallari hamda sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, ular uchun ko‘ngilochar dastur, tanlov va o‘yinlar tashkil etildi.