Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
106K subscribers
22.4K photos
6.18K videos
141 files
12.9K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI O‘QUVCHILARI O‘RTASIDA “YOSH QUTQARUVCHI” HARBIY-SPORT MUSOBAQASINING RESPUBLIKA BOSQICHIGA START BERILDI

Jizzax shahrida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan tashkil etilayotgan “Yosh qutqaruvchi” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichiga start berildi.

❗️Musobaqa maktab o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sport musobaqalari orqali o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.

✔️
Musobaqada 3 bosqichda bo’lib o’tadi, unda jami 14 ta jamoa kuch sinashmoqda.
___________
❗️ Ma’lumot o’rnida, Respublika bo’yicha 8 791 ta maktabda “Yosh qutqaruvchi” jamoalari mavjud bo’lib, musobaqaning tuman (shahar) bosqichida 74 418 nafar o’quvchilar ishtirok etgan.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
“Yosh qutqaruvchi” harbiy-sport musobaqasining Respublika bosqichi g’oliblari aniqlandi

G’oliblarni taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi, shuningdek boshqa bir qator hamkor vazirlik va idoralarning rahbarlari ishtirok etishdi.

❗️ Yakuniy natijalarga ko’ra:

🥇Jizzax viloyati, Paxtakor tumani 2-maktab jamoasi - 1-o’rinni,
🥈Farg’ona viloyati Quvasoy tumani 1-maktab jamoasi - 2-o’rinni,
🥉 Toshkent shahar Uchtepa tumani 116-maktab jamoasi esa 3-o’rinni egalladi.

❗️ Barcha g’oliblarni samimiy qutlab, kelgusi ishlarida omad tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from IT taʼlim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz o'quvchilar, yozgi ta'til dam olish bilan birga o'z qiziqishlaringiz asosida mustaqil bilim olishingiz, o'quv yili davomida olgan bilimlaringizni mustahkamlashingiz uchun qulay vaqt.

Bor yo'g'i 5-10 daqiqa va shu vaqt — atrofda sodir bo'layotgan voqea va hodisalarning ilmiy asoslarini tushunib olishingiz uchun yetarli.

Biz qisqa vaqt ichida bilimlar qaymog'ini ulashadigan "Nima uchun?" loyihasiga start beramiz.

♦️Qo'lingizdagi soat janub va shimolni ko‘rsatishini bilasizmi?
♦️Nega g‘ildiraklar dumaloq shaklda bo'ladi?
♦️Sut nega oq rangda?
♦️Siz ham freelancer bo‘lishingiz mumkin. Ammo...
kabi mavzulardagi videodarslarni You Tube orqali tomosha qiling!

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
"Kasb va yoshlar" oyligida 740 ming nafar bitiruvchi 100 dan ortiq kasb turlari bilan tanishdi

Bu yil umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 9-sinfini 576 ming, 11-sinfni 391 ming nafar o’quvchi tamomladi. Bitiruvchilarni kasblar va kasb o‘qitish muassasalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida joriy yil aprel-may oylarida "Kasb va yoshlar" oyligi tashkil etildi.

Barcha umumtaʼlim maktablaridan 740 ming nafardan ortiq bitiruvchilar 646 ta professional taʼlim muassasalariga tashrif buyurib, 100 dan ortiq kasb turlari bilan tanishdi.

Bu yil 100 mingga yaqin 9-sinf bitiruvchilari kasb-hunar maktablariga borishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋☺️ Barchaga salom!
Toshkent viloyati ta’lim eko-oromgohlari o‘tkazilgan oxirgi manzil bo‘ldi.
Bunga qadar Toshkent shahri, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldik.
Jami O‘zbekiston bo‘ylab tadbirlarimizda 10 381 nafar odam ishtirok etdi!
Sizlar bilan xayrlashishdan ko‘nglimiz biroz g‘ash... lekin yana bir bor albatta ko‘rishamiz!
Biz uchun ta’lim eko-oromgohlarini o‘tkazish sizlar bilan tanishish, ekologiya haqidagi bilimlarimizni bo‘lishish, har birimiz o‘z harakatlari (yoki harakatsizligi) bilan kelajakda qanday dunyoda yashashini hal qilishi to‘g‘risida fikr yuritishga yaxshi imkoniyat bo‘ldi.

🌳 Biz toza, xavfsiz va sevimli zaminda yashashni tanlaymiz. Siz-chi?
__

👋☺️ Всем привет!
Ташкентская область стала последним пунктом проведения образовательных эко-лагерей.
А до этого: город Ташкент, Андижанская, Бухарская, Джизакская, Кашкадарьинская, Навоийская, Наманганская, Самаркандская, Сурхандарьинская, Сырдарьинская, Ферганская, Хорезмская области, Республика Каракалпакстан.
Всего по Узбекистану в наших мероприятиях принял участие 10 381 человек!
Немного грустно с вами расставаться… а это значит, что мы обязательно встретимся ещё!
Для нас проведение образовательных эко-лагерей стало хорошей возможностью с вами познакомиться, поделиться знаниями об экологии и вместе попробовать задуматься о том, что каждый из нас своими делами (или бездействием) выбирает в каком мире ему предстоит жить.

🌳Мы выбираем чистый, безопасный и любимый край. А вы?

Zamin | Facebook | Instagram