Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
108K subscribers
22.2K photos
6.15K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRI 21 NAFAR SAMARQANDLIK O‘QITUVCHILARNI TAQDIRLADI

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bugun Samarqand shahridagi 71-umumta’lim maktabida bo‘ldi.

❗️ Vazir ta’lim maskanida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tashkil etilgan pazandachilik to‘garagi a’zolari bilan uchrashdi.

Ushbu to‘garak maktabda joriy yilning fevral oyida tashkil topgan bo‘lib, o‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtlari pazandachilik va qandolatchilik sirlarini o‘rganmoqda.


Hozirda to‘garak a’zolarining soni 45 nafardan yetgan.

Tashrif davomida vazir bir guruh samarqandlik faol ustozlar bilan uchrashdi. 

📍Uchrashuvda keyingi yillarda  ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar haqida gapirar  ekan, o‘qituvchilarni mavqeini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi.

-“Muhtaram Yurtboshimiz o‘zining har chiqishlarida  Imom Buxoriy bobomizning  o‘n ikki asr avval aytgan “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” degan fikrlarini  bot-bot takrorlaydilar. Shu o‘rinda, bir narsani yoddan chiqarmaslik zarur, ilmni yetkazishda ustozlarimizning o‘rni beqiyosdir. Shu bois ham yurtimizda o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayapti. Jumladan, o‘qituvchilarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash borasida turli qaror va qonunlarni ishlab chiqilishi, Vazir jamg‘armasi ustamasining tashkil etilishi fikrimiz dalilidir”-, dedi Hilola Umarova.

✔️ Uchrashuvda ustozlar bilan kelgusi rejalar haqida suhbatlashildi. Tadbir so‘nggida Hilola Umarova  21 nafar o’qituvchiga ko‘krak nishonlari hamda esdalik sovg’alarni topshirdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон

📣 📣Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

⚡️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan “Maktabdan tashqari ta’lim: muammo va yechimlar” mavzusida 1-Respublika forumi tashkil etilmoqda!

❗️ Forum doirasida:

✔️ maktabdan tashqari ta’limni tashkil etishda mavjud muammolar va kelgusidagi istiqbolli rejalarni belgilash,
✔️ viloyatda yangidan qurilgan zamonaviy “Barkamol avlod” bolalar maktabi bilan yaqindan tanishtirish,
✔️ “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Bolalar kutubxonasi direktorlari hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining hududiy bo’lim rahbarlari uchun seminar-treninglar tashkil etish rejalashtirilgan.

📆 Vaqti: 19-20-may, 2023-yil.
📍Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 3-uy.

📞Ro'yxatdan o'tish uchun telegram raqami: +998 99 851 26 08

✔️Barchangizni ushbu tadbirda ishtirok etishga taklif etamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

📌“KITOBXONLIK FESTIVALI” SAMARQANDDA

💠 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, respublika bo‘ylab yil davomida har oyning yakunida viloyatlar ketma-ketligida tashkil etiladigan 2023-yilgi "Kitobxonlik festivali" ga start berilganligini e'lon qilgan edi.

🪩Joriy yilning 😍😁- 🔡🔡🔡 kuni navbatdagi "Kitobxonlik festivali" Samarqand viloyatida bo‘lib, festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

“Eng kitobxon maktab”
“Eng  faol kitobxon oʻquvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng kitobxon oila”
“Eng faol kutubxonachi”

📍Manzil: Samarqand shahri "Yoshlar markazi" binosi

🛍🎁Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar, sovrinlar va festival ramzlari tushirilgan esdalik sovgʻalari topshiriladi.

➡️ Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir yil muqaddam mamlakatimiz taʼlim tizimida yangi yo‘nalish, gospital pedagogika yo‘nalishida faoliyat olib boradigan taʼlim maskani ish boshlagan edi. “Mehrli maktab” deb nom olgan mazkur  dargoh Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Zamin” Xalqaro jamoat fondi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligi natijasida faoliyatini boshladi. Aytish joizki, ushbu loyiha boshlangan dastlabki kunlaridan to hozirgi kungacha “Учим знаем” gospital maktabi tomonidan nazariy va amaliy jihatdan qo‘llab kelinmoqda.

Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan farzandlarimizning taʼlim va tarbiya olishi uchun tashkil etilgan mazkur maktab bir yillik faoliyati davomida taʼlim tizimida muhim ahamiyat kasb etdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Gospital taʼlim yo‘nalishidagi ushbu muassasa nafaqat maktabgacha va maktab taʼlim, balki sog‘liqni saqlash sohasi uchun ham muhim qadam bo‘ldi. Zero, “Mehrli maktab” sababli bolalar va ota-onalarining ertangi kuniga bo‘lgan ishonchi uyg‘onmoqda.

Markaz shifokorlari bilan suhbatda bo‘lganimda, darslar tashkil etilganidan buyon bolalarning kayfiyatlarida kelajakka va davo topishga bo‘lgan ishonch ortganini qayd etishgan. Bugun maktabda faoliyat olib borayotgan psixologlar nafaqat bolalar, balki ularning ota-onalari bilan ishlash orqali oilalaridagi kayfiyatni ko‘tarish uchun ham bor imkoniyatlarini ishga solmoqda.

Oldinda qilinadigan ishlarimiz juda ko‘p. Loyiha doirasida hududlarda maktab filiallarini bosqichma-bosqich tashkil etish ko‘zda tutilgan.

“Mehrli maktab”ning qalbi mehrga to‘la barcha ustozlari va xodimlarini ushbu sana bilan muborakbod etib, ularning faoliyatida zafarlar tilab qolaman.
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋☺️ Barchaga salom!
Urganch va Nukusda 2 ta ta’lim eko-oromgohlarimiz o‘tdi.
Xorazm zaminidagi qizlarning faolligi, shijoati, qiziquvchanligi, bilim olishga ishtiyoqi, olamni yaxshi tomonga o‘zgartirishga intilishi naqadar kuchliligi bizni hayratda qoldirdi! Tadbirda 200 kishi bevosita va 560 kishi onlayn tarzda qatnashdi.
Nukusdagi eko-oromgohda ishtirok etgan 200 nafar o‘quvchi va onlayn tarzda ulangan 800 nafar o‘quvchining barchasi uchun Orol dengizi - bu ajdodlar xotirasidir… Balki shu sababdan ham qoraqalpog‘istonlik yoshlar ekologiya masalalariga ongli va mas’uliyatli yondashadi va bugunning o‘zida atrof-muhitni yaxshilash bo‘yicha faol chora ko‘rishga tayyor.
🤝 Bolalar, biz siz bilan!

——

👋☺️ Всем привет!
У нас прошло 2 образовательных эко-лагеря – в Ургенче и Нукусе.
Какие же на Хорезмской земле удивительные девушки – энергичные, яркие, любознательные, готовые учиться и делиться знаниями, стремящиеся изменить мир к лучшему! Всего в мероприятии участвовало 200 человек и 560 присоединились онлайн.
Для каждого из 200 школьников Нукуса, принявших участие в эко-лагере и всех 800, подключившихся онлайн, Аральское море – это воспоминание предков… Возможно поэтому каракалпакские ребята более осознанно и ответственно подходят к вопросам экологии и уже сейчас готовы к активным действиям по улучшению окружающей среды.
🤝 Ребята, мы с вами!

Zamin | Facebook | Instagram
Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining ikkinchi bosqichi barcha viloyatlarda boshlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun o‘tkazilayotgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining ikkinchi - hududiy bosqichi barcha viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tanlov barcha hududlarda ochiq va shaffof tashkil etilishi uchun kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Tanlovda 7-9-sinflarda tahsil oladigan 5 nafar o‘quvchidan tashkil topgan g‘olib maktab terma jamoalari ishtirok etishmoqda.

Mazkur hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoalar quyidagicha taqdirlanadi:

• 1 o‘rin – 250 mln so‘m;
• 2 o‘rin – 200 mln so‘m;
• 3 o‘rin – 150 mln so‘m.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
"Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovini jonli efirda kuzatib borish mumkin

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining ikkinchi bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Tanlovni jonli efirda kuzatib borish uchun quyidagi havolaga ulaning⬇️

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi
2. Andijon viloyati
3. Buxoro viloyati
4. Jizzax viloyati
5. Qashqadaryo viloyati
6. Navoiy viloyati
7. Namangan viloyati
8. Samarqand viloyati
9. Surxondaryo viloyati
10. Sirdaryo viloyati
11. Toshkent viloyati
12. Farg‘ona viloyati
13. Xorazm viloyati
14. Toshkent shahri


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM