#RaqamliAvlod
#InklyuzivITFestival
⚡️"Raqamli avlod inklyuziv IT Festivali" ning tantanali yopilish marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Festival davomida tashkil etilgan Robo Sumo, Robo Labirint, Robo Futbol, DG Contest, Hakaton yo'nalishlari bo'yicha Respublika musobaqalarining 30dan ziyod g'oliblari sertifikat va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi🔥
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha taʼlim tizimida ilk bor "Xayr bog‘cha - salom maktab” tadbiri bo’lib o’tadi
25-may kuni Maktabgacha taʼlim tizimida ilk bor "Xayr bog‘cha - salom maktab” tadbiri tashkil etiladi.
Musiqiy tadbir shu kuni soat 11:00 da "Xalqlar do‘stligi" sanʼat saroyida bolajonlar va o‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokida o’tkaziladi.
Tadbirda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda ota-onalar ishtirok etadi.
25-may kuni Maktabgacha taʼlim tizimida ilk bor "Xayr bog‘cha - salom maktab” tadbiri tashkil etiladi.
Musiqiy tadbir shu kuni soat 11:00 da "Xalqlar do‘stligi" sanʼat saroyida bolajonlar va o‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokida o’tkaziladi.
Tadbirda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda ota-onalar ishtirok etadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
В первые в системе дошкольного образования пройдёт музыкальная программа под названием «До свидания, детский сад — здравствуй школа»
В первые в системе дошкольного образования 25 мая в 11 часов во дворце "Дружбы народов" с участием детей и звёзд узбекской эстрады пройдет музыкальная программа под названием «До свидания, детский сад —здравствуй школа».
На мероприятие будут приглашены воспитанники дошкольных образовательных учреждений и их родители.

Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqildi
Joriy yil umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkaziladigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra:
🔔 umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 2023-yil 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etiladi;
🔔 tadbirga maktabdagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi;
🔔 mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish va boshqa zarur choralarni ko‘rish ta’minlanadi;
Shuningdek, tadbir davomida:
🔔 maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” kabi nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar beriladi;
🔔 2022-2023-o‘quv yili davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanadi;
🔔 faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor tashkilotlar, shuningdek, o‘rnak bo‘ladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi.
2022-2023-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:
🔔 “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag‘larini yig‘ish;
🔔 umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari hamda o‘qituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, qo‘shimcha turli tantanali tadbirlarni o‘tkazish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini so‘rab qoladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱 Telegram | 📹 Youtube | 📒 Facebook | 📸 Instagram
Joriy yil umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkaziladigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra:
Shuningdek, tadbir davomida:
2022-2023-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini so‘rab qoladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurist_maslahati
❓Men “Mexanika va matematik modellashtirish, tadqiqotchi, pedagog” yo‘nalishida magistr diplomiga egaman. Mazkur diplom asosida umumta’lim maktabida informatika fanidan dars o‘ta olamanmi?
Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.
✅ Vazirlikning 07.12.2019-yildagi 393-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari"ga asosan maktab o‘qituvchisi uchun quyidagi malaka talablari belgilangan:
✔️ Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun - boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘rta maxsus pedagogik ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganlik;
✔️ Fan o‘qituvchisi uchun - fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganligi yoxud fan yo‘nalishiga (xususiyatiga) to‘g‘ri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va pedagogik faoliyat yuritish huquqi bilan qayta tayyorlov kursini tugatganlik.
❗️Yuqoridagi holatda diplomingizda qayd etilgan “Mexanika va matematik modellashtirish, tadqiqotchi, pedagog” mutaxassisligi tayanch o‘quv rejaga asosan umumta’lim fanlari toifasiga kirmasligi sababli amaldagi mutaxassisligingiz maktablarda tegishli fanlardan dars berish huquqini bermaydi. Maktabda pedagogik faoliyat olib borish uchun o‘rnatilgan tartibda qayta tayyorlov kursini tugatib, tegishli yo‘nalish bo‘yicha diplom olishingiz lozim bo'ladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱 Telegram | 📹 Youtube | 📒 Facebook | 📸 Instagram
❓Men “Mexanika va matematik modellashtirish, tadqiqotchi, pedagog” yo‘nalishida magistr diplomiga egaman. Mazkur diplom asosida umumta’lim maktabida informatika fanidan dars o‘ta olamanmi?
Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.
✅ Vazirlikning 07.12.2019-yildagi 393-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari"ga asosan maktab o‘qituvchisi uchun quyidagi malaka talablari belgilangan:
❗️Yuqoridagi holatda diplomingizda qayd etilgan “Mexanika va matematik modellashtirish, tadqiqotchi, pedagog” mutaxassisligi tayanch o‘quv rejaga asosan umumta’lim fanlari toifasiga kirmasligi sababli amaldagi mutaxassisligingiz maktablarda tegishli fanlardan dars berish huquqini bermaydi. Maktabda pedagogik faoliyat olib borish uchun o‘rnatilgan tartibda qayta tayyorlov kursini tugatib, tegishli yo‘nalish bo‘yicha diplom olishingiz lozim bo'ladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Onkogemаtologik bemor bolajonlar taʼlim oladigan “Mehrli maktab” tashkil topganiga bir yil to‘ldi
Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga umumiy o‘rta taʼlim berish uchun tashkil etilgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi “Mehrli maktab” tashkil topganiga bir yil to‘ldi.
Mazkur maktab tashkil etilganida jami 54 nafar maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar qamrab olingan bo‘lsa, 1 yil davomida maktabda 1212 nafar bola taʼlim oldi.
Jumladan, maktabgacha taʼlim guruhlariga 1,5 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qamrab olingan bo‘lib, ularning muolajalardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, maktab yoshidagi bolalarning sifatli taʼlim va tarbiya olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
"Mehrli maktab" gospital taʼlim maktabida boshlang‘ich va yuqori sinflarda darslar Davlat standartlari asosida tashkil etiladi.
Batafsil:👉 https://uzedu.uz/uz/news/1058

Batafsil:
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRI 21 NAFAR SAMARQANDLIK O‘QITUVCHILARNI TAQDIRLADI
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bugun Samarqand shahridagi 71-umumta’lim maktabida bo‘ldi.
❗️ Vazir ta’lim maskanida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tashkil etilgan pazandachilik to‘garagi a’zolari bilan uchrashdi.
Ushbu to‘garak maktabda joriy yilning fevral oyida tashkil topgan bo‘lib, o‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtlari pazandachilik va qandolatchilik sirlarini o‘rganmoqda.
❕Hozirda to‘garak a’zolarining soni 45 nafardan yetgan.
Tashrif davomida vazir bir guruh samarqandlik faol ustozlar bilan uchrashdi.
📍Uchrashuvda keyingi yillarda ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar haqida gapirar ekan, o‘qituvchilarni mavqeini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi.
-“Muhtaram Yurtboshimiz o‘zining har chiqishlarida Imom Buxoriy bobomizning o‘n ikki asr avval aytgan “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” degan fikrlarini bot-bot takrorlaydilar. Shu o‘rinda, bir narsani yoddan chiqarmaslik zarur, ilmni yetkazishda ustozlarimizning o‘rni beqiyosdir. Shu bois ham yurtimizda o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayapti. Jumladan, o‘qituvchilarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash borasida turli qaror va qonunlarni ishlab chiqilishi, Vazir jamg‘armasi ustamasining tashkil etilishi fikrimiz dalilidir”-, dedi Hilola Umarova.
✔️ Uchrashuvda ustozlar bilan kelgusi rejalar haqida suhbatlashildi. Tadbir so‘nggida Hilola Umarova 21 nafar o’qituvchiga ko‘krak nishonlari hamda esdalik sovg’alarni topshirdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bugun Samarqand shahridagi 71-umumta’lim maktabida bo‘ldi.
❗️ Vazir ta’lim maskanida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tashkil etilgan pazandachilik to‘garagi a’zolari bilan uchrashdi.
Ushbu to‘garak maktabda joriy yilning fevral oyida tashkil topgan bo‘lib, o‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtlari pazandachilik va qandolatchilik sirlarini o‘rganmoqda.
❕Hozirda to‘garak a’zolarining soni 45 nafardan yetgan.
Tashrif davomida vazir bir guruh samarqandlik faol ustozlar bilan uchrashdi.
📍Uchrashuvda keyingi yillarda ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar haqida gapirar ekan, o‘qituvchilarni mavqeini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi.
-“Muhtaram Yurtboshimiz o‘zining har chiqishlarida Imom Buxoriy bobomizning o‘n ikki asr avval aytgan “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” degan fikrlarini bot-bot takrorlaydilar. Shu o‘rinda, bir narsani yoddan chiqarmaslik zarur, ilmni yetkazishda ustozlarimizning o‘rni beqiyosdir. Shu bois ham yurtimizda o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayapti. Jumladan, o‘qituvchilarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash borasida turli qaror va qonunlarni ishlab chiqilishi, Vazir jamg‘armasi ustamasining tashkil etilishi fikrimiz dalilidir”-, dedi Hilola Umarova.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон
📣 📣Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!
⚡️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan “Maktabdan tashqari ta’lim: muammo va yechimlar” mavzusida 1-Respublika forumi tashkil etilmoqda!
❗️ Forum doirasida:
✔️ maktabdan tashqari ta’limni tashkil etishda mavjud muammolar va kelgusidagi istiqbolli rejalarni belgilash,
✔️ viloyatda yangidan qurilgan zamonaviy “Barkamol avlod” bolalar maktabi bilan yaqindan tanishtirish,
✔️ “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Bolalar kutubxonasi direktorlari hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining hududiy bo’lim rahbarlari uchun seminar-treninglar tashkil etish rejalashtirilgan.
📆 Vaqti: 19-20-may, 2023-yil.
📍Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 3-uy.
📞Ro'yxatdan o'tish uchun telegram raqami: +998 99 851 26 08
✔️Barchangizni ushbu tadbirda ishtirok etishga taklif etamiz!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram

Forwarded from Respublika bolalar kutubxonasi/Rasmiy
Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir yil muqaddam mamlakatimiz taʼlim tizimida yangi yo‘nalish, gospital pedagogika yo‘nalishida faoliyat olib boradigan taʼlim maskani ish boshlagan edi. “Mehrli maktab” deb nom olgan mazkur dargoh Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Zamin” Xalqaro jamoat fondi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligi natijasida faoliyatini boshladi. Aytish joizki, ushbu loyiha boshlangan dastlabki kunlaridan to hozirgi kungacha “Учим знаем” gospital maktabi tomonidan nazariy va amaliy jihatdan qo‘llab kelinmoqda.
Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan farzandlarimizning taʼlim va tarbiya olishi uchun tashkil etilgan mazkur maktab bir yillik faoliyati davomida taʼlim tizimida muhim ahamiyat kasb etdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Gospital taʼlim yo‘nalishidagi ushbu muassasa nafaqat maktabgacha va maktab taʼlim, balki sog‘liqni saqlash sohasi uchun ham muhim qadam bo‘ldi. Zero, “Mehrli maktab” sababli bolalar va ota-onalarining ertangi kuniga bo‘lgan ishonchi uyg‘onmoqda.
Markaz shifokorlari bilan suhbatda bo‘lganimda, darslar tashkil etilganidan buyon bolalarning kayfiyatlarida kelajakka va davo topishga bo‘lgan ishonch ortganini qayd etishgan. Bugun maktabda faoliyat olib borayotgan psixologlar nafaqat bolalar, balki ularning ota-onalari bilan ishlash orqali oilalaridagi kayfiyatni ko‘tarish uchun ham bor imkoniyatlarini ishga solmoqda.
Oldinda qilinadigan ishlarimiz juda ko‘p. Loyiha doirasida hududlarda maktab filiallarini bosqichma-bosqich tashkil etish ko‘zda tutilgan.
“Mehrli maktab”ning qalbi mehrga to‘la barcha ustozlari va xodimlarini ushbu sana bilan muborakbod etib, ularning faoliyatida zafarlar tilab qolaman.