Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
110K subscribers
21.9K photos
6.11K videos
140 files
12.7K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Olimpiada

Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etgan va g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

📍 Eslatib o’tamiz, Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida O’zbekistonlik ishtirokchilar 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

#Fotoreportaj #Matematika

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Sergeli tumanidagi yoshlar bilan muloqot qildi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Sergeli tumanida yashovchi yoshlardan ikki nafari bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida yoshlarning qiziqishlari va muammolarini tinglab, ularni yechimi yuzasidan mutasaddilar bilan gaplashdi.

Jumladan, yoshlardan biri qandolatchilik mahsulotlarini pishirish orqali daromad olishi va unga ushbu yo’nalishda tadbirkorligini rivojlantirishga ko‘maklashish uchun uskunalar xarid qilish, yana biri avtomobil ustaxonasini tashkil qilish uchun subsidiya olishga ko’maklashish yuzasidan murojaat qildi.

Hilola Umarova yoshlarga muammolarini hal etish choralarini ko‘rish yuzasidan vazirlik ishchi guruhga tegishli topshiriqlar berdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
“Mahalliy ta’lim guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik (GPE) tashkiloti, UNICEF hamda milliy va xalqaro hamkor tashkilotlar ishtirokidagi “Mahalliy ta’limi guruhi”ning navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda GPE tashkilotining Mustaqil texnik maslahat kengashi (ITAP) tomonidan “2023-2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasi” (National Compact)da belgilangan vazifalar ijrosi haqida muhim fikr va mulohazalar bildirib o‘tildi.

“Mahalliy ta’lim guruhi” a’zolari 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan “Milliy yo‘l xaritasi”da belgilangan ustuvor vazifalarni bajarishga doir hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishishdi.

Batafsil: 👉https://uzedu.uz/uz/news/1045

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov

“Mehrli qo‘llar" Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi tomonidan tashkil etilgan “IMO-ISHORADA KUYLAYMIZ" Respublika ko’rik-tanlovi natijalari e’lon qilindi!

Mazkur tanlovda Respublikamizdagi 12 ta kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning 10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga ko’ra:

🥇Toshkent shahridagi 106-sonli maktab-internat 1-o’rinni,
🥈Samarqand viloyatidagi
61 -sonli maktab 2-o’rinni,
🥉Toshkent shahridagi 102 -sonli maktab 3-o’rinni egalladi.


❗️ Barcha tanlov g’oliblarini samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
____
✔️Tanlovda Toshkent shahridagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 106-sonli maktab-internatning 11-"A" sinf o'quvchisi Rustamova Xadicha 1-o’rinni egalladi.

O’quvchimiz tomonidan Sevara Nazarxonning  "Ulug'imsan, Vatanim" qo'shig'i tayyorlangan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichiga start berildi

🔹Bugun Ona tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Oʻzbek tili va adabiyoti, Qozoq tili, Tojik tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Tarix hamda Geografiya fanlaridan Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi Farg‘ona viloyatida tashkil etilmoqda.

Mazkur olimpiadada asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichida 11-sinf o‘quvchilari orasida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan 264 nafar o'quvchilar ishtirok etmoqda. Olimpiada natijalariga ko'ra g‘oliblikni qo’lga kiritgan o'quvchilar Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq pul mukofotlari va g‘oliblikni qo'lga kiritgan fanidan OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal bal beriladigan imtiyozga ega bo‘ladilar.

G‘oliblarning ustozlari tegishincha BHMning 50,35,30 baravari miqdorida (16,5 mln, 11,55 mln, 9,9 mln) bir martalik pul mukofotlari bilan mukofotlanadi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

📹Ushbu havola orqali jarayonlarni onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin:
👉https://youtube.com/live/uiOiFH6r2FU?feature=share

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#RaqamliAvlod
#InklyuzivITFestival

⚡️"Raqamli avlod inklyuziv IT Festivali" ning tantanali yopilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Festival davomida tashkil etilgan Robo Sumo, Robo Labirint, Robo Futbol, DG Contest, Hakaton yo'nalishlari bo'yicha Respublika musobaqalarining 30dan ziyod g'oliblari sertifikat va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi🔥

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram