Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
109K subscribers
22.1K photos
6.14K videos
140 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Ayni_vaqtda

🏫Bugun Zarafshon shahri va Qiziltepa, Konimex, Nurota, Uchquduq va Tomdi tumanlaridagi 18 ta umumta’lim maktabida umumta’lim muassasalari reytingini aniqlash jarayoniga oid nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.

🔖Nazorat materiallari va so‘rovnoma savollari malakali mutaxassislar hamda ekspertlar ishtirokida tuzilgan bo'lib, maktablar reytingini aniqlashga doir kreativlik va mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan.

🔖Nazorat ishlari ona tili va adabiyoti, matematika va kimyo fanlaridan olinmoqda. Shuningdek, o‘quvchilar va o‘qituvchilar ishtirokida ijtimoiy so‘rovnomalar ham tashkil etilmoqda.

❗️Ma’lumot uchun, umumta’lim muassasalari milliy reytingi o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma va nazorat ishlari natijalari hamda reytinga aloqador ma’lumotlar tahlil qilinib, yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin keng jamoatchilikka e’lon qilinadi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
#Xorijiy_hamkorlik
#Angliya

VAZIRLIK VA PORTSMUT UNIVERSITETI O’RTASIDA ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

London shahrida Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etayotgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti prorektori Bobby Mehta bilan anglashuv memorandumini imzoladi.

Mazkur memorandum doirasida tomonlar:

▶️ Portsmut universiteti filologiya fakulteti bitiruvchi talabalarining Respublikamiz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mahalliy chet tili o‘qituvchilari bilan juftlikda dars berish tizimini yo‘lga qo‘yish,
▶️ Vazirlik tizimidagi lider maktab direktorlari uchun Portsmut universiteti tomonidan Buyuk Britaniyada 2 haftalik malaka oshirish kurslarini tashkil etish,
▶️
Portsmut universiteti Kasbiy rivojlanish va amaliy ta’lim yo‘nalishi rahbari Doktor Stiven Korbetni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xorijiy tillar islohotlari yo‘nalishida maslahatchisi etib tayinlanishi yuzasidan kelishib olishdi.

❗️ Shuningdek, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamkorligida, Respublikamizning maktabgacha va maktab ta’lim muassasalarida faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan Portsmut, Glazgo, Manchester Metropolitan, Vorvik, Notingem Trend, London hamda Oksford universitetlari o‘qituvchilari va bitiruvchi talabalari uchun mavjud bo‘lgan sharoitlar, ta’lim tizimimizdagi yutuqlar va istiqboldagi rejalar haqida taqdimot o‘tkazildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosarlari O‘rta Chirchiq tumanidagi yoshlar bilan uchrashishdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan vazirlikka biriktirilgan 190 nafar yoshlar bilan doimiy aloqada bo’lish hamda ularning muammo va takliflarni joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etilib kelinmoqda.

📍 O‘rta Chirchiq tumanida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxodjayev va vazir o‘rinbosari Temurjon Komilovga biriktirilgan 15 nafar yoshlar va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

Mazkur uchrashuvdan ko’zlangan maqsad:
▶️ yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda kasb-hunarga yo'naltirish,
▶️ zamonaviy bilimlarni puxta egallashlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish,
▶️ yoshlarning bandligini taʼminlashga ko’maklashishdan iborat.

❗️ Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarning muammolari joyida o’rganilib, ularni bartaraf etish choralari ko‘riladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Olimpiada
#Matematika

XUSHXABAR🎉🎉🎉

📍Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etgan olti nafar o’quvchimiz 4 ta bronza medalni qo'lga kiritdi

Joriy yilning 8-13 may kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida O’zbekistonlik ishtirokchilar tomonidan 🥉 4 ta bronza medali qo‘lga kiritildi.

G'olib o‘quvchilar bilan tanishing:
🥉Raxmatov Anvarbek -Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
🥉Axtamov Ozodbek -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
🥉Sadulloyev Anvarbek -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
🥉Maksudov Behzod -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;

Mazkur g‘alaba bilan o‘quvchilarimizni, ularning ustozlarini hamda ota-onalarini samimiy muborakbod etamiz!!!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
#RaqamliAvlod
#ITFestivali
#DGContest

Bugun "Raqamli avlod IT Festivali" doirasidagi "DG Contest" musobaqasining final bosqichi o'z nihoyasiga yetdi.

📍Musobaqaning barcha ishtirokchilari sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

“DG Contest” doirasida eng yaxshi natijalarni qayd etgan ishtirokchilar esa, 13-may kuni tadbirning tantanali yopilish marosimida qimmatbaho sovg'alarga ega bo’lishadi!
____
🔴 Ayni vaqtda "Raqamli avlod IT Festivali" doirasidagi Robotexnika musobaqalari bo’lib o’tmoqda.

✔️ Ma’lumot uchun, ushbu musobaqalarda ishtirok etish uchun jami 500dan ortiq jamoalar, 800dan ortiq ishtirokchilar ro'yxatdan o'tgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM