Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.2K subscribers
21.1K photos
5.99K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
🔊DIQQAT DIQQAT🔊

"Vazir sovrini" ko'rik-tanlovining Respublika bosqichi oʻtkazilmoqda

📌Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Vazir sovrini" ko'rik-tanlovining Respublika bosqichi tashkil etildi.

⚡️Ayni paytda hakamlar hay’ati tomonidan koʻrik-tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlari koʻrib chiqilmoqda!

☝️Eslatib oʻtamiz, Respublika bosqichida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'quvchi-yoshlar bellashmoqdalar:
Yog‘och o‘ymakorligi;
Liboslar dizayni;
Yosh arxitektor
.

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi barcha ko'rik-tanlov ishtirokchilariga omad va zafarlar tilaydi!

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eslatma!

Qadrli kuzatuvchilar!

Eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun ariza berish (hujjat topshirish) muddati tugashiga 10 kun qoldi.

Avval xabar berganimizdek, turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olmagan, ya’ni maktabni tamomlamagan fuqarolar eksternat tartibida yakuniy attestatsiyalarni topshirish uchun ariza berish muddati my.gov.uz portali orqali 1-mayga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

➡️ Shu kunga qadar eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun 8990 nafar fuqaro ariza topshirgan.

*****

Напоминание!

Уважаемые соотечественники!

До окончания срока подачи заявок (документов) для сдачи экзаменов в порядке экстерната осталось 10 дней.

Как сообщалось ранее, гражданам, не получившим своевременно общее среднее образование по разным причинам, предоставлена возможность подачи заявок через портал my.gov.uz до 1 мая (включительно).

➡️ На сегодняшний день для участия на экзаменах в порядке экстерната приняты заявки от 8 990 граждан.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon hayiti munosabati bilan maktablar ham 4 kun dam oladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan Ramazon hayiti munosabati bilan berilayotgan qo‘shimcha dam olish kunlari 21-apreldan 24-aprelga qadar(shu kuni ham) mamlakatimizdagi barcha umumta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari bo‘lmasligini, o‘quv jarayonlari joriy yilning 25-aprelidan boshlanishini ma’lum qilamiz.

Dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgan mavzular o‘quv yilining 4-choragi davomida tig‘izlashtirib o‘tilishi tavsiya etiladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Taqdirlash_marosimi
#Barkamol_avlod

“BOLALARGA BERING DUNYONI” HAMDA “VAZIR SOVRINI” RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVLARINING TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bolalarga bering dunyoni” hamda “Vazir sovrini” Respublika ko‘rik-tanlovlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, Bosh prorukor o‘rinbosari Svetlana Ortiqova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o'rinbosari Odil Tojiyev va butun Respublikadan kelgan "Barkamol avlod" to‘garaklari ishtirokchilari qatnashdi.

❗️ “Bolalarga bering dunyoni” Respublika ko‘rik-tanlovida ishtirokchilar “Bola huquqlari” va “Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida” yo‘nalishlaridagi rasmlar tanlovida bellashishdi. Unda 21 512 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olindi.

✔️Vazir sovrini” ko‘rik-tanlovi:

🔹 Yog‘och o‘ymakorligi;
🔹 Liboslar dizayni;
🔹Yosh arxitektor yo‘nalishlarida tashkil etildi.
Ushbu tanlov 20 998 nafarga yaqin o‘quvchi-yoshlarni qamrab oldi.

📍Tadbir kuy-qo'shiqlar va iqtidorli yoshlar tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlarga boy holda o‘tdi. G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayni vaqtda “Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi huquqiy masalalar” mavzusida audiopodkast bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zaro savol-javob shaklida tashkil etilgan muloqotda Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Audiopodkasda qatnashish uchun @huquqiy_gap kanaliga o‘tish lozim.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni qutlug' ayyom — Ramazon hayiti bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.

Mana shunday tabarruk va duolar ijobat bo'ladigan kunda vatandoshlarimizning ezgu niyatlari amalga oshishini tilaymiz.

Yurtimiz doimo tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin! Keyingi bayramlarga ham tinchlik-xotirjamlik hamda hamjihatlikda yetkazsin!

Xonadonlaringizni fayz-u baraka va osoyishtalik aslo tark etmasin!
Hayit barchamizga muborak bo'lsin!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Расмий муносабат

❇️Ижтимоий тармоқ саҳифаларида Тошкент шаҳридаги 331-сонли мактаб ўқувчи-қизлари ўртасида юз берган нохуш ҳолат акс этган видео лавҳалар тарқатилган.

Тошкент шаҳар мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси ҳолат юзасидан қуйидагиларни маълум қилади. Янгиҳаёт туманидаги 331-сонли мактабда 2023 йил 12 апрель куни дарсдан кейин ўқувчи-қизлар ўртасида жанжал юз берган. Унда тумандаги 8-ҳудудда қурилиши якунланмаган объектда ўқувчи-қизлар ўзаро жанжаллашган ва уни тасвирга олиб, ижтимоий тармоқлар орқали тарқатган.
Ушбу ҳолатдан мактаб маъмурияти 2023 йил 12 апрель куни кечки вақтда хабар топган. Эртаси куни мактаб маъмурияти жанжал иштирокчиларининг ота-оналарини чақиртириб, улар билан тушунтириш ишларини олиб борган. Воқеа юзасидан мактаб маъмурияти Янгиҳаёт тумани ИИО ФМБга мурожаат қилган.
Мазкур ҳолат бўйича айни пайтда Янгиҳаёт тумани ИИО ФМБ томонидан терговга қадар текширув ишлари олиб борилмоқда.

🖌Тошкент шаҳар ММТБ Матбуот хизмати

👉Каналимизга уланинг ва дўстларингизга улашинг:
👉 https://t.iss.one/ToshkentshaharXTBB