Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.5K subscribers
21.3K photos
6.01K videos
140 files
12.5K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Osiyo fizika olimpiadasi uchun O‘zbekiston terma jamoasi saralandi

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichi natijalariga ko‘ra 8 nafar o‘quvchi saralab olingan va ular may oyida bo'lib o'tadigan Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ishtirok etib, O‘zbekiston sharafini himoya qiladilar. Unda eng yuqori natijani qayd etgan 5 nafar o‘quvchi 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.

Osiyo fizika olimpiadasi terma jamoa tarkibi:

Javohir Sultonov — Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
Jasurbek G‘ulomjonov — Namangan viloyatidagi 71-maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
Nozimaxon Quvondiqova — Xorazm viloyati «To‘lqin FM» NTM 11-sinf o‘quvchisi;
Jaloliddin Boymaxammadov — Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
Xurshid Rustamov — Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab 11-sinf o‘quvchisi;
Mirshod Rajabov — Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab 11-sinf o‘quvchisi;
Azizbek Eshmo‘minov — Surxondaryo viloyati, 12-IMI 11-sinf o‘quvchisi;
Javohir Sa'dullayev — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi;

53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)ga iyul oyida Yaponiya davlati mezbonlik qiladi. Xalqaro fizika olimpiadasiga 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etadi, ular qatorida 5 nafar o‘zbekistonlik yoshlar ham yurtimiz sharafini himoya qilishadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education ta'lim platformasi bosh direktori Jefri Alfonso boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Tadbir avvalida vazirlik faoliyati hamda Alef education haqida ikki tomonlama taqdimotlar bo’lib o’tdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar o’zaro hamkorlik, xususan Alef ta'lim platformasini O'zbekiston sharoitiga moslashtirish rejalari kabi masalalarni muhokama qilishdi.

✔️ Ta’kidlash joiz, Alef education ta’lim platformasi:

🔹 O‘quvchilar bilimini baholash,
🔹 pedagoglar faoliyatini o‘quvchilar bilimiga asoslangan holda sun’iy intellekt yordamida baholab borish,
🔹 аniq va tabiiy fanlar, shuningdek xorijiy tillar yo‘nalishidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega platforma hisoblanadi.

❗️ Uchrashuv doirasida mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent shahridagi Prezident va Olmazor tuman 22-sonli umumta'lim maktablari bo'ylab kampus-tur tashkil etildi.

📆 Ma’lumot o’rnida, Alef ta'lim platformasi rahbariyati bilan uchrashuvlar 12-aprelga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Мактабгача_таълим
#Сўраган_эдингиз

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi haqida ma'lumot bersangiz.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 256-son Qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra, to‘lov miqdorlari tashkilotning joylashgan manzili, ish rejimi va maktabgacha ta’lim tashkilotiga bir oiladan qatnovchi bolalar soniga qarab tabaqalashtirilgan.

❗️Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida amalga oshiriladigan tabaqalashtirilgan to'lovlar bilan saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin: https://uzedu.uz/uz/news/996

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Maktab bitiruvchilari uchun nufuzli IT universitetlarining imkoniyatlari taqdim etiladi

🟢 Joriy yilning 12-aprel kuni soat 12:00da maktab bitiruvchilarini zamonaviy kasblar bilan tanishtirish maqsadida yurtimizdagi IT universitetlari vakillari bilan onlayn muloqot tashkil etiladi.

Unda IT sohasida kadrlar tayyorlovchi quyidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari tomonidan taqdimotlar qilinadi:

Yangi O‘zbekiston Universiteti;
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
Toshkent shahridagi INHA universiteti;
Toshkent shahridagi Amiti universiteti;
Toshkent xalqaro taʼlim universiteti;
“IT Park University” universiteti

➡️ Taqdimotlar orqali mazkur universitetlardagi mavjud shart-sharoitlar, imkoniyatlar va kelgusida zamonaviy kasblarni egallash uchun yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin bo‘ladi.

Onlayn muloqotga quyidagi havola orqali kirish mumkin:
👉 https://youtube.com/live/EwgnsbBo_4M?feature=share


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
O‘zbekistonning har bir shahri nafaqat o‘zining tarixiy merosiga, balki o‘ziga xos ekologik kun tartibiga ega. Masalan, Navoiy ekologiyasini himoya qilishda sanoat markazlarini ko‘kalamzorlashtirish, chiqindilarni boshqarish, energiya samaradorligi masalalari ustuvor vazifa sanaladi. Samarqand uchun tarixiy majmualarda yashil hududlar maydonini kengaytirish masalasi atrof-muhitni muhofaza qilishning muhim qismiga aylanmoqda.
Yoshlarning ekologik xabardorligini oshirish Jizzax, Samarqand, Navoiy va Buxoroda o‘tgan ta’lim eko-oromgohlarining asosiy vazifalaridan biri bo‘ldi. Ularda jami 700 nafar maktab o‘quvchisi ishtirok etdi va 1 980 nafari onlayn ulandi.
Ayni paytda barcha ishtirokchilar, shaharlar o‘rtasidagi farqlardan qat’i nazar, atrof-muhitni asrash naqadar muhimligini birdek tushunishlarini va uni himoya qilishda ishtirok etishga tayyorligini bildirdilar.
__

Каждый город Узбекистана имеет не только своё историческое наследие, но и свою уникальную экологическую повестку. К примеру, приоритетными задачами для экологической защиты Навои являются озеленение промышленных центров, управление отходами, вопросы энергоэффективности. Для Самарканда важной частью охраны окружающей среды становится расширение площади зелёных зон на территории исторических комплексов.
Повышение экологической компетентности молодёжи стало одной из ключевых задач проведения образовательных эко-лагерей, прошедших в Джизаке, Самарканде, Навои и Бухаре. Всего в них приняло участие 700 школьников и 1 980 присоединились онлайн.
При этом, независимо от различий между городами, у участников было общее понимание важности сохранения окружающей среды и желание принимать участие в ее защите.

Zamin | Facebook | Instagram