Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
20.9K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Vazir Hilola Umarova xorazmlik 20 nafar faxriy o‘qituvchini "Xalq ta'limi fidoyisi" ko'krak nishoni bilan taqdirladi

Bugun Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova xorazmlik o‘qituvchilar bilan uchrashdi.

✔️Unda Xiva shahar hokimi Temur Davletov va “O’zbekiston Qahramoni”, pedagog Anora Mahmudova ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar, yoshlarning sifatli ta'lim olishi uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘z bordi.

Shuningdek, pedagog kadrlarning o'z ustida ishlashi uchun berilayotgan imkoniyatlar ham alohida ta'kidlandi.

⚡️Bundan tashqari, uchrashuvda o‘qituvchilarning soha yuzasidan fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.

Uchrashuv so‘nggida viloyatda faoliyat yuritayotgan 20 nafar faxriy hamda fidoyi ustozlar “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
_
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Xorazm viloyatida 555 ta maktab va 1735 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 358 ming o‘quvchi va 121 ming tarbiyalanuvchi tahsil olmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_4

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda, jumladan quyidagi savollarga javob olishingiz mumkin:

▶️ Vazirlik tasarrufidagi “Mehrli maktab”ning joylardagi filiallari qaysi tuman va shaharlarda ochiladi? Unda ishlash uchun qanday talablar mavjud?
▶️ Ayrim hududlardagi maktablarda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlayotgan ayol o‘qituvchilarga ma’lum ustama to‘lanayotgan ekan. Bu kabi ustamalar kimlarga beriladi, uning berilish va bekor bo‘lish shartlari qanday?
▶️ “Tarbiya” va “Huquq” fanlaridan ham kelgusida milliy sertifikat joriy qilish nazarda tutilganmi?

Bayonotlarimiz davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Infografika

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “VAZIRGA MUROJAAT” portali orqali kelib tushgan HAFTALIK murojaatlar statistikasi.

❗️Statistika 24.03.2023 - 31.03.2023 soat 09:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Buyuk allomalar izidan” respublika fan olimpiadasida qatnashing!

📣📣Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan umumiy sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘m bo‘lgan Buyuk allomalar izidan nomli fizika va kimyo fanlaridan olimpiada o‘tkazilmoqda.

☑️ Olimpiadada barcha maktab, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.

2️⃣ Olimpiada saralash va final bosqichlaridan iborat. Har bir fan bo‘yicha final bosqichida g‘olib bo‘lgan bir nafardan mutloq g‘oliblarga 20 million so‘mdan pul mukofoti va “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

Shuningdek, eng yuqori natijani qayd etgan 10 nafardan sovrindorlar 2 million so‘mdan pul mukofoti va “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

🗓 Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish 7-aprelga qadar davom etadi!

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

👉Batafsil

#olimpiada #buyuk_allomalar_izidan #fizika #kimyo

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Xorijiy_hamkorlik
#Fransiya

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Fransiya Respublikasi Prezidentining Kontinental Yevropa va Turkiya bo‘yicha maslahatchisi Izabel Dyumon va Fransiya Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aureliya Bushez bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bo‘ylab kampus-tur tashkil qilinib, unda maktab faoliyati hamda o‘quvchilar erishgan yutuqlar haqida ma’lumot berildi.

✔️ Ikki tomonlama uchrashuvlar davomida vazir Hilola Umarova mamlakatimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar hamda vazirlik tomonidan fransuz tilini ikkinchi xorijiy til sifatida rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

❗️O'z navbatida Izabel Dyumon O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida e'tirof etdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Fransiyaning “Didier FLE” nashriyotining fransuz tilidagi darsliklar to‘plami Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan fransuz tili ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitiladigan maktablar uchun taqdim etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Fransiya Prezidentining Kontinental Yevropa va Turkiya bo‘yicha maslahatchisi hamda O‘zbekistondagi elchisi Samarqanddagi maktabda bo'ldi

Joriy yilning 4-aprel kuni Fransiya Respublikasi Prezidentining Kontinental Yevropa va Turkiya bo‘yicha maslahatchisi Izabel Dyumon hamda Fransiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aureliya Bushez Samarqanddagi maktabga tashrif buyurdi.

Xususan, Izabel Dyumon va Aureliya Bushez Samarqand shahridagi 43-maktabda bo‘lib, taʼlim jarayoni, fransuz tilini o‘qitish bo'yicha maktab erishayotgan natijalar bilan tanishdi.

So‘ngra maktabning o‘quvchi va o‘qituvchilari bilan yaqindan suhbatlashib, pedagoglar bilan O‘zbekistonda fransuz tili o‘qitilishini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashdi.

Mehmonlar uchun taʼlim maskani o‘quvchilari tomonidan turli chiqishlar hamda urf-odatlar aks etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Avvalroq Fransiya rasmiy vakillari Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bilan uchrashib, ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida suhbatlashgani haqida xabar bergandik.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
MEHRIBONLIK UYI TARBIYALANUVCHILARI O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan mini-futbol va voleybol sport turlaridan musobaqalar tashkil etildi.

Qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lgan musobaqada mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarning bir maqsad yo‘lida birlashishiga zamin yaratdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan futbol, voleybol va basketbol koptoklari, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati