Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
106K subscribers
22.4K photos
6.17K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Vazirlik rahbariyati Xorazmdagi ta’lim tashkilotlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda uning birinchi o’rinbosari Agrippina Shin Xorazm viloyatidagi ta’lim tashkilotlarida bo‘ldi.

Dastlab, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida bo‘lib, viloyatda joriy qilingan APro platformasi imkoniyatlari bilan tanishdi.

So‘ngra Xiva shahridagi 18-son umumta’lim maktabida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida qilingan ishlarni kuzatib, o‘quvchilar bilan tanlagan kasblari hamda maktabda yaratilgan sharoitlar haqida suhbatlashdi.

Keyingi manzil Xiva shahar 15-son maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. Vazir bu yerda jajji bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

So‘ngra Xiva pedagogika kolleji oshxonasining yangi binosining ochilish marosimida qatnashdi. O‘qituvchi hamda o‘quvchilarning kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Bizning_faxrimiz

To'garak a'zolarimizdan navbatdagi XALQARO G'ALABA

🔹 Toshkent shahrida “MADANIYAT SAN’AT MEROSI” xalqaro raqs tanlovi oʻtkazildi.

🎉 Musobaqada jami 6 ta davlatdan tashrif buyurgan jamoalar ishtirok etdilar.

▪️Ushbu musobaqada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining to'garak a'zolari ishtirok etib,🥇1-O'RINni sohibiga aylandilar.

Ular bilan quyida tanishing:
🥇Berta Gelver
🥇Polina Uxalina
🥇Arina Lapteva
🥇Yasmina Azizova
🥇Shadi Xodjiyeva
🥇Leyla Akramova
🥇Marianna Xaymaxan
🥇Samira Xodjayeva
🥇Margarita Grigoryans
🥇Latifa Xodjiyeva
🥇Sofiya Zayseva
🥇Milana Sedelkova
🥇Iolanta Kosova
🥇Komila Xusniddinova
🥇Katya Ten
🥇Darya Xidirova
🥇Rayxona Ravshanovna

🎉G'oliblikni qo'lga kiritgan to'garak a'zolarimizni erishgan yutugʻi va xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini yuksak pogʻonaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠⚡️

📚“KITOB BIZNI BIRLASHTIRADI!”

🟢Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan 1-aprel kuni soat 14:00 da “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan “Kitob bizni birlashtiradi” shiori ostida katta kitobxonlik festivali o‘tkaziladi.

🎹Festival doirasida kitob ko‘rgazmalari, “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” kitob aksiyalari, viktorinalar, shoir va yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, konsertlar va sayrtomoshalar bo‘lib o‘tadi.

⚡️Ushbu festivalni o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bolalar kitobxonligini ommalashtirishda bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy adabiyotlar ko‘rgazmalarini tashkil etish hamda milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralab, bolalarga mutolaa uchun kerakli bo‘lgan adabiyotlarni tavsiya etishdan iborat.

🕯🤩Barcha kitobxonlarni “Kitob bizni birlashtiradi” festivalida kutib qolamiz! Bu kunni biz bilan birgalikda bayramona kayfiyatda kutib oling!

😀Manzil: Toshkent shahar “Dream Park”.
(G‘afur G‘ulom parki)

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Вазир_жамғармаси

Vazir jamg’armasi ustamasi bilan maoshi 15 million so’mga yetgan o’qituvchi

Shayxontohur tumani 299-maktab o‘qituvchisi Nargiza ADILOVA hamda Yakkasaroy tumanidagi 48-maktab o’qituvchisi Alla NABOKINA Respublikamiz bo'ylab Vazir jamg’armasi ustamalariga loyiq deb topilgan ustozlarimizdan.

Xo’sh, ularning yutuqlari nimada, endi ular qancha maosh oladi, sinov jarayonlari qanday o’tdi?

Ustozlar o’z taassurotlari bilan bo‘lishdi…

Eslatib o’tamiz
“Boshlang‘ich ta’lim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yo‘nalishlarida bir necha bosqichda o‘tkazilgan sinovlarda 1697 nafar o‘qituvchi 9 oy davomida Vazir jamg‘armasidan 5 million so'm miqdorida qo'shimcha ustama olish imkonini qo’lga kiritdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT! E’LON!

📣Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i va fan metodistlari uchun tanlov e'lon qilinаdi!

👉 Mazkur tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: https://ish.uzedu.uz

Tanlov ikki bosqichda - test va suhbat asosida bo‘lib o‘tadi.

❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan mazkur tanlovga hujjat topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma tayyorlandi.

Unda siz https://ish.uzedu.uz orqali hujjat topshirish bo'yicha batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Shoshiling!

📆 Ro'yxatdan o'tish  6-aprelgacha davom etadi
⚡️🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠⚡️

📚“KITOB BIZNI BIRLASHTIRADI!”

🟠Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan Toshkent shahridagi “Dream Park” istirohat bog‘ida “Kitob bizni birlashtiradi” shiori ostida katta kitobxonlik festivali o‘tkazildi.

🗣Festival doirasida kitob ko‘rgazmalari, “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” kitob aksiyalari, viktorinalar, shoirlar bilan davra suhbatlari, konsertlar va sayrtomoshalar bo‘lib o‘tdi.

⚡️Ushbu festivalni o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bolalar kitobxonligini ommalashtirishda bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy adabiyotlar ko‘rgazmalarini tashkil etish hamda milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralab, bolalarga mutolaa uchun kerakli bo‘lgan adabiyotlarni tavsiya etishdan iborat.

🎼Estradamizning yorqin yulduzlari tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar va "Kitoblar sovg‘asi" hamda "Muzqaymoq part" orqali kitobxonlik festivali haqiqiy bayram tusini oldi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM