Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
109K subscribers
22.1K photos
6.14K videos
140 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Vazir Hilola Umarova qoraqalpog‘istonlik 20 nafar faxriy o‘qituvchini taqdirladi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida faxriy o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda bugungi kunda maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish, ularni ma’naviy yetuk shaxs etib tarbiyalash, to‘g‘ri kasb tanlash borasida o‘qituvchilarning o‘rni va mas’uliyati haqida so‘z bordi.

Uchrashuvda o‘qituvchilar tomonidan maktab ta’limini yanada rivojlantirish borasida bildirib o‘tgan fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.

Uchrashuv so‘nggida ta’lim sifati ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan 20 nafar faxriy o‘qituvchi “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

📯📯📯📯📯

➡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan “XXI asrda bolalar kitobxonligi: muammmo va vazifalar” mavzusidagi ilmiy amaliy konferensiya tashkil etildi.

⚡️Konferensiya ishtirokchilari Toshkent shahar Bolalar kutubxonasiga tashrif buyurib, mazkur muassasa misolida tizimda kitobxonlikni targ‘ib qilish, bunda zamonaviy AKT imkoniyatlaridan samarali foydalanish borasida qilinayotgan ishlar va bolalarni kitobxonlikka jalb qilish borasidagi taklif va muammolar eshitildi.

📚Konferensiya doirasida ishtirokchilar bolalar adabiyoti, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va kutubxona nufuzini oshirish, kitobxonlikni targ‘ib qilishda axborot resurslardan unumli foydalanish hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilarida kitobxonlikka barqaror qiziqishni shakllantirish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9-11-sinf o'quvchilari uchun 7 tildagi namunaviy imtihon materiallari e'lon qilindi

2022-2023-oʻquv yillarda oʻquvchilarni barcha fanlardan davlat yakuniy attestatsiyasidan oʻtkazish uchun imtihon biletlari, metodik tavsiyalar va oʻquv materiallari Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqildi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning may va iyun oylarida maktab o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Jumladan 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari joriy yilning 26-mayidan 15-iyuniga qadar tashkil etiladi.

Imtihon materiallarini ishlab chiqishda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun kreativ va mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan topshiriqlar kiritilgan.

Imtihonlar belgilangan muddatda shaffof, adolatli va xolis o‘tkazilishi uchun barcha zaruriy choralar ko‘riladi.

7 tilda tayyorlangan namunaviy nazorat materiallarini yuklab oling.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Опубликованы образцы экзаменационных материалов для учащихся 9-11 классов на 7 языках

Республиканским центром образования разработаны экзаменационные билеты, методические рекомендации и учебные материалы на 2022-2023 учебный год.

Напоминаем, в этом году итоговые контрольные экзамены учеников 9 и 11 классов пройдут с 26 мая по 15 июня. В этом году экзаменационные материалы включены задания, ориентированные на творческое и логическое мышление.

Образцы контрольных материалов можно скачать по ссылке.
Yangilanayotgan Konstitutsiyada aks etgan ijtimoiy davlatning muhim jihatlari muhokama etildi

Bugun Buxoro shahrida “Konstitutsion islohot ustuvorliklari: O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Prezident Administraciyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda qator vazirlik va idoralar, BMT bolalar jamg‘armasi (UNICEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda qatnashgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev o‘z nutqida oxirgi besh yil davomida yurtimizda 232 ta yangi maktab binolari qurilganligi, 4 534 ta maktab qayta rekonstruksiya qilinganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Aytilganidek, o‘tgan vaqt ichida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 27,7 foizdan 72 foizga, MTTlar soni 5 mingdan 29 mingga yetkazildi.

Batafsil👉 https://uzedu.uz/uz/news/994

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Vazirlik rahbariyati Xorazmdagi ta’lim tashkilotlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda uning birinchi o’rinbosari Agrippina Shin Xorazm viloyatidagi ta’lim tashkilotlarida bo‘ldi.

Dastlab, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida bo‘lib, viloyatda joriy qilingan APro platformasi imkoniyatlari bilan tanishdi.

So‘ngra Xiva shahridagi 18-son umumta’lim maktabida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida qilingan ishlarni kuzatib, o‘quvchilar bilan tanlagan kasblari hamda maktabda yaratilgan sharoitlar haqida suhbatlashdi.

Keyingi manzil Xiva shahar 15-son maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. Vazir bu yerda jajji bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

So‘ngra Xiva pedagogika kolleji oshxonasining yangi binosining ochilish marosimida qatnashdi. O‘qituvchi hamda o‘quvchilarning kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram