Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
108K subscribers
22.3K photos
6.15K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Vazir Hilola UMАROVА: "Halol maktab direktorining faoliyatiga hech kim toʼsqinlik qilishiga yoʼl qoʼymaymiz”

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Sirdaryo viloyatining 300 dan ortiq maktab direktorlari bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolar va rejalar bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvda bugungi kun zamonaviy maktab rahbari oldidagi vazifalar haqida soʼz bordi:

“Direktorlar meni eng koʼp oʼylantiradigan, taʼlimdagi ogʼriqli nuqtalardan biri. Koʼp yillar maktabda direktor boʼlganim uchun bu lavozimning mashaqqatini bilaman. Taʼlimda faqat sizlar bilan oʼzgarish qila olishimiz mumkin.

Har biringizdan birinchi navbatda halollik talab qilaman. Halol boʼlmagan insonga taʼlimda oʼrin boʼlishi mumkin emas. Halol maktab direktorining faoliyatiga hech kim toʼsqinlik qilishiga yoʼl qoʼymayman. Direktor halol boʼlsa, uning yonida men turaman!

Siz bilan biz oʼqituvchilarning jamiyatdagi obroʼ va nufuzini yuksaltirishimiz kerak. Bugun nima uchun istagan ota-ona maktabga kelib, oʼqituvchiga gapirishga haddi sigʼyapti? Oʼz hurmatini, qadr-qimmatini bilgan oʼqituvchiga hech kim ortiqcha gapirishga haddi sigʼmaydi. Oʼqituvchilarning nufuzini koʼtarish esa siz-u bizning vazifamiz. Maktabga zamonaviy direktor rahbarlik qilsa, buni ota-ona ham sezadi. Shu bois lavozimingizni suiisteʼmol qilmagan holda maktabingizda taʼlim sifatini koʼtarishga oʼzingiz harakat qiling.

Viloyatda 325 ta maktab bor. Bu degani, shuncha rahbar va bir-biridan farq qiluvchi shuncha muhit degani. Shunday maktablar borki, infratuzilmasi yaxshi emas, lekin u yerdagi muhitni birorta zamonaviy maktabdan topa olmaysiz.

Yangilikni oʼzimizdan boshlashimiz kerak. Biz esa vazirlik jamoasi bilan birgalikda sizlar bilan yelkama-yelka ishlaymiz.

Biz bir kemadamiz - ziyolilar kemasida. Bu tizimda muammo boʼlmasligi uchun oʼz ustimizda tinimsiz ishlashimiz lozim.

Ishimiz ham, jamoamiz ham oilamiz, har ikkisi tinch boʼlsa, koʼnglimiz xotirjam boʼladi. Shunday ekan, barchamizga doimo oiladan oilaga yorugʼ yuz bilan borish nasib qilsin”, -
deydi Hilola Umarova.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT! E’LON!

📣Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i va fan metodistlari uchun tanlov e'lon qilinаdi!

👉 Mazkur tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: https://ish.uzedu.uz

Tanlov ikki bosqichda - test va suhbat asosida bo‘lib o‘tadi.

❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan mazkur tanlovga hujjat topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma tayyorlandi.

Unda siz https://ish.uzedu.uz orqali hujjat topshirish bo'yicha batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Shoshiling!

📆 Ro'yxatdan o'tish 6-aprelgacha davom etadi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Video_bayonot_3

⚡️ VIDEOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga videobayonot orqali javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi videobayonotimizda, jumladan quyidagi savollarga javob olishingiz mumkin:

▶️ 11-sinf o’quvchisi yoz oylarida xorijiy davlatlardan birida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro olimpiada ishtirok etsa, maktabdagi bitiruv imtihonlaridan ozod qilinishi mumkinmi?
▶️ “Yangi O‘zbekiston” universitetiga qabul jarayonlari qay tartibda bo‘ladi? Kirish imtihonlarida qatnashish shartlari qanday?
▶️Umumta'lim maktablari o‘qituvchilarining sinf rahbarligi uchun qanday ustama va imtiyozlar belgilangan?

Bayonotlarimiz davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Infografika

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “VAZIRGA MUROJAAT” portali orqali kelib tushgan HAFTALIK murojaatlar statistikasi.

❗️Statistika 17.03.2023 - 24.03.2023 soat 09:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Ta'lim va Kasb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ta’lim va kasb – 2023” qaytmoqda!

Joriy
yilning 7-aprelidan 19-mayiga qadar “Ta’lim va kasb – 2023” XXIII Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, unda dunyoning 50 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari ishtirok etadi.

Ko'rgazma o'tkaziladigan shaharlar:
📍Toshkent 7-8-aprel,
📍
Samarqand 10-aprel,
📍
Navoiy 12-aprel,
📍
Buxoro 14-aprel,
📍
Urganch 17-aprel,
📍
Nukus 19-aprel,
📍
Fargʻona 15-may,
📍
Andijon 17-may,
📍
Namangan 19-may.

Tadbir davomida abituriyentlar va ularning ota-onalari universitet mutasaddilaridan individual maslahatlar oladilar; o'zlariga mos yo'nalishlarni tanlash, o'qishga kirish, ta'lim sifati va talabalar hayoti haqida kerakli ma'lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Ko'rgazma O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ko‘magida o'tkazilmoqda.

❗️Ko'rgazmalarga kirish bepul!
Telegram bot orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi @myfair_regbot

📌 2023-yil bahori uchun tadbirlar jadvali bilan bizning saytimizda tanishib chiqishingiz mumkin:
www.myfair.events/uz

Tel: +998 (90) 972-55-25
Tel: +998 (90) 392-04-40

🇷🇺 Телеграм-канал на русском языке: @myfair_ru

📲 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Taʼlim sohasida yangi va qulay elektron xizmatlar ishga tushiriladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi, Raqamli texnologiyalar hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari mutaxassislari ishtirokida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy etish masalalari muhokama etildi.

❗️Xususan, aholiga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi elektron xizmatlarni tez orada ishga tushirish kelishib olindi:

✔️ Maktab o‘quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul xizmati;
✔️ O‘quvchilarni maktabdan maktabga onlayn ko‘chirish xizmati;
✔️ Elektron shahodatnomani yuklab olish xizmati;
✔️ Talabalarni yotoqxonaga onlayn joylashish xizmati;
✔️ Talabalarga taʼlim kreditini onlayn ajratish xizmati va boshqalar.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti, maktab, oliy taʼlim tizimlarida yangi elektron xizmatlari joriy etiladi. Barcha takliflar tahlil etilib, qulay xizmatlarni joriy etish choralari ko‘riladi.

🎓Taʼlim sohasida joriy etilgan elektron xizmatlardan - Taʼlim sohasida elektron xizmatlar havolasi orqali foydalanish mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar kitobxonligini rivojlantirishga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tadi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Respublika bolalar kutubxonasi hamkorligida “XXI asrda bolalar kitobxonligi: muammo va vazifalar” mavzusida respublika onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Ilmiy-amaliy konferensiyasi tadbiri 2023-yil 31-mart kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Bolalar kutubxonasida boshlanadi.

Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad, bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy adabiyotlarni chop etish, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralab, bolalarga kerakli adabiyotlarni tavsiya etish va ulardagi mutolaa madaniyatini oshirishdan iborat.

Eslatma: Mazkur madaniy tadbirda bolalar kitobxonligini ommalashtirishda o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan, ilmiy maqola va takliflari bilan ishtirok etishni istagan barcha yurtdoshlarimiz qatnashishlari mumkin.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln soʼmgacha jarima bilan jazolanishi mumkin

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga toʼsqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni koʼzda tutuvchi qonunni imzoladi.

Unga koʼra, pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarliklar kuchaytirilmoqda. Jumladan, umumiy holatda biror shaxsni majburiy mehnatga jalb etish 30 mln soʼmgacha (100 baravar) jarimaga sabab boʼlsa, endilikda pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln soʼmgacha (150 baravar) jarima bilan jazolanishi mumkin.

Jinoyat kodeksida ham pedagoglarga qarshi harakat uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi va jazo kuchaytirildi. Yaʼni pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun, agar xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin sodir etilgan boʼlsa, 45 mln soʼmdan 60 mln soʼmgacha jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilandi.

Shuningdek, taʼlim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki oʼz xizmat vazifalarini bajarishiga toʼsqinlik qilish uchun ham maʼmuriy javobgarlik kuchaytirildi. Endilikda bu qilmish uchun fuqarolarga 2,1 mln soʼmdan 4,5 mln soʼmgacha jarima, mansabdor shaxslarga esa 3 mln soʼmdan 6 mln soʼmgacha jarima belgilanmoqda.

❗️Eʼtiborli jihati, ilgari pedagogning faoliyatiga noqonuniy aralashish uchun faqat jarima jazosi belgilangandi. Endilikda ushbu qilmishni takroran sodir etgan mansabdor shaxslarga 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq belgilanishi mumkin.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xorijiy_hamkorlik
#Koreya

O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi doirasida Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi delegatsiyasi rahbari Global ta’limni rejalashtirish Byurosi boshlig‘i Pak Chi Yong bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda Pak Chi Yong ta’lim sohasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, O‘zbekistonda koreys tilini o‘rganish uchun yaratib berilayotgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirib o‘tdi.

Tomonlar uchrashuv davomida:

🔹 Koreys tilini ikkinchi xorijiy til sifatida rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish, buning uchun pedagog-kadrlarning malakasini oshirish,
🔹o'qituvchi va o'quvchilarni koreys tilidagi materiallar bilan ta'minlash,
🔹koreys tili o‘qitiladigan maktablar sonini ko‘paytirish imkoniyatini o‘rganishni muhokama qilishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
O‘qituvchi — hayot mayog‘i, kelajak ustunlaridir. Shu maʼnoda bu zahmatkash insonlar mehnatini qadrlash va huquqlarini himoya qilish, o‘quvchilarga sifatli taʼlim berishda munosib sharoitlar yaratib berish borasida davlatimiz tomonidan muhim choralar amalga oshirilmoqda.

Tan olib aytishimiz kerak, yaqin o‘tmishda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish, ularni o‘z xizmat vazifasiga kirmaydigan ishlarga majburlash kabi noxush holatlar bor edi.

Davlatimiz rahbarining shaxsiy irodasi va tashabbusi bilan so‘nggi yillarda bu kabi inson huquqlarini kamsituvchi ishlarga barham berildi. O‘qituvchining o‘rni va obro‘sini ko‘tarish, ularning o‘z kasbiy faoliyati bilan to‘liq shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan kuni kecha imzolangan, pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun ham bu boradagi saʼy-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi, desam yanglishmayman.

Qonunda nazarda tutilgan huquqiy normalarning hayotiyligi shundaki, pedagog xodimlarning mehnat huquqlarini buzish bilan bog‘liq jihatlar aniq va adolatli belgilangan.

Eʼtibor beraylik, umumiy holatda biror shaxsni majburiy mehnatga jalb etish 30 mln so‘mgacha (100 baravar) jarimaga sabab bo‘lsa, mazkur qonun asosida pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln so‘mgacha (150 baravar) jarima bilan jazolanishi belgilanmoqda.

Yana bir jihat: endilikda pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun, agar xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 45 mln so‘mdan 60 mln so‘mgacha jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilandi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, pedagoglarni majburiy mehnatga jalb etish yoki majburlash, nafaqat maʼmuriy, balki jinoiy javobgarlikka ham sabab bo‘ladi. Endilikda ushbu holatga takroran yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq belgilanishi mumkin.

Bugungi demokratik jamiyat qurish yo‘lida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan xalqchil islohotlar zamirida, albatta, inson manfaatlari, uning qonuniy huquqlari turadi. O‘qituvchilarning huquqi bu borada barcha bo‘g‘inlardan ustun bo’lishi kerak. Yangi Qonun esa buni amalda ta’minlashga xizmat qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Таълим ва тиббиёт ходимларига оид имзоланган иккита қонун ушбу соҳаларда меҳнат қилаётган 1 миллион нафар аҳолимиз ҳуқуқларининг ҳимоясини янада кучайтиради

Facebook|Instagram|Twitter
#Munosabat

Oʼquvchilarni dars vaqtida pul yigʼishga yuborilishiga yoʼl qoʼygan maktab direktori vazifasidan ozod etildi

Toshkent viloyati, Oqqoʼrgʼon tumanida joylashgan 17-maktab oʼquvchilarining dars vaqtida uylariga pul olib kelishi uchun joʼnatilgan aks etgan videodagi holat tezkor tarzda oʼrganish boʼyicha vazir tomonidan topshiriq berildi.

Oʼrganish jarayonida mazkur holat haqiqattan ham "Tashabbusli byudjet" bilan bogʼliqligi oʼz tasdigʼini topdi. Maktabi yaqinda ta'mirdan chiqqan bo'lishiga hamda qayta-qayta ogohlantirishlarga qaramay hech qanday soʼz bilan oqlab boʼlmaydigan holatga yoʼl qoʼyganligi uchun maktab direktorini lavozimidan ozod etish boʼyicha qaror qabul qilindi, oʼqituvchiga esa ogohlantirish berildi.

Bu holat qolgan maktablarda takrorlanmasligiga ishonamiz hamda maktabga oʼqituvchi dars bergani, farzandlarimiz esa taʼlim olish uchun borishini unutmasligingizni soʼrab qolamiz.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Toshkent viloyatidagi maktab o‘quvchilarining dars vaqtida uylariga pul olib kelish uchun yuborilganligi bilan bog‘liq ayanchli holat aks etgan video jamoatchilikning haqli eʼtirozlariga sabab bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari tomonidan o‘qituvchining o‘rni va obro‘sini ko‘tarib, ularning o‘z kasbiy faoliyati bilan to‘liq shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilayotgan bir vaqtda, ogohlantirishlarga qaramay shunday holatga yo‘l qo‘yilgani juda achinarli. 

Bundan-da achinarlisi, bunday jarayonlarga voyaga yetmagan bolalarning jalb qilinganligidir. Bu holatni hech bir so‘z bilan oqlab bo‘lmaydi.

Hurmatli maktab rahbarlari! 

O‘quvchilar maktabga taʼlim olish, o‘qituvchilar esa taʼlim berish uchun keladi. Shunday ekan bor eʼtiboringizni maktabdagi taʼlim sifatini ko‘tarib, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirishga qaratishingizni so‘rab qolaman.

Bugun yuz bergan holat barchani yana bir bor mulohaza qilishga chaqirishiga ishonaman.