#Yurist_maslahati
❓Maktabda rus tilidan dars beraman. Rus tili bo‘yicha C1 darajadagi sertifikatim bor. Men mazkur sertifikatga ega bo‘lganim uchun Pedagog kadrlar attestatsiyasi test sinovdan ozod etilamanmi?
Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi "O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PQ-5117-son Qarorining 5-bandi b)-kichik bandida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) o‘qituvchilari attestatsiya jarayonida malaka sinovi uchun maksimal ball bilan baholanib, xorijiy til moduli bo‘yicha sinovdan ozod etilishi belgilangan.
Ya’ni, attestatsiya jarayonida beriladigan imtiyoz faqatgina ushbu Qarorda ko‘rsatilgan xorijiy tillar bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan pedagog xodimlar uchun tatbiq etiladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IMKONSIZ HARAKAT YO‘Q, ILOJSIZ MAQSAD
Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar tahsil oladigan 103-sonli maktab-internati o‘quvchilarining bugungi shiori shunday
Inson borki, u o‘z irodasi, qalbidagi jasorat va yashashga bo‘lgan ishtiyoqi orqali hayot qiyinchiliklari va murakkabliklaridan oshib o‘tishga o‘zida kuch topadi.
Ayni vaqtda ana shunday ko‘ngli va niyati osmon 283 nafar o‘g‘il-qiz ushbu maktabda bilim va kasb sirlarini o‘rganishmoqda. Ustoz va murabbiylarning jasorati shundaki, ular aqliy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga nafaqat maktab dasturlaridan joy olgan, balki undan chetga chiqqan holda ham kasb sirlarini o‘rgatishadi. Bu esa ularning ertaga talabgir kasb egallashiga ham zamin yaratmoqda.
2022-yilda ushbu tayyor mahsulotlarni sotish orqali 12 mln. so‘m daromadga ega bo‘lib, mablag‘ning bir qismi o‘quvchilarning o‘zlariga berildi.
Darvoqe, o'quvchilar yaratgan mahsulotlarni ushbu bot orqali xarid qilishingiz mumkin: https://t.iss.one/minimarketmajnuntol_bot

#Xorijiy_hamkorlik
#BAA
🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi ayni vaqtda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib turishibdi.
❗️Ikki tomonlama uchrashuvlar davomida vazirlik delegatsiyasi BAA Milliy maktabi hamda uning qoshidagi Texnologiya va kasb markazi faoliyati bilan tanishdi.
Unda BAA Milliy maktablari bilan xorijiy tillarni o‘rgatish hamda kasbga yo‘naltirish borasidagi kelgusidagi hamkorlik ishlari muhokama qilindi.
📍Shuningdek, delegatsiya vakillari uchun Milliy maktab hamda uning qoshidagi Texnologiya va kasb markazi faoliyati bo'ylab kampus-tur tashkil etildi.
Mazkur markaz o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish kasb tanlashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#BAA
🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi ayni vaqtda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib turishibdi.
❗️Ikki tomonlama uchrashuvlar davomida vazirlik delegatsiyasi BAA Milliy maktabi hamda uning qoshidagi Texnologiya va kasb markazi faoliyati bilan tanishdi.
Unda BAA Milliy maktablari bilan xorijiy tillarni o‘rgatish hamda kasbga yo‘naltirish borasidagi kelgusidagi hamkorlik ishlari muhokama qilindi.
📍Shuningdek, delegatsiya vakillari uchun Milliy maktab hamda uning qoshidagi Texnologiya va kasb markazi faoliyati bo'ylab kampus-tur tashkil etildi.
Mazkur markaz o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish kasb tanlashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
Vazir jamg‘armasidan ustama olishga nomzodlarni saralashning 2-bosqich jarayonlari qanday o‘tmoqda?
Joriy yilning 13-mart kuni Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbatlar boshlandi.
Ushbu sinov jarayonlariga birinchi bosqichda dars beradigan umumtaʼlim fanidan bo‘lib o‘tgan test sinovlarida maksimal ballning 80 va undan yuqori foiz natijani qayd etgan 1722 nafar nomzod qatnashmoqda.
Kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga joriy yilning aprel oyidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 5 mln so‘m) har oylik ustama to‘lanadi.
Suhbat jarayonlari 18-martga qadar davom etadi.

#Tanlov
📣 FRANSUZ TILI O‘QITUVCHILARI UCHUN FRANSIYADA MALAKA OSHIRISH IMKONIYATI!
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Vazirlik tizimidagi fransuz tili o‘qituvchilari uchun "Eng yaxshi fransuz tili o‘qituvchisi" tanlovini tashkil etmoqda!
❓Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
🔹 Ushbu tanlovda O‘zbekiston Respublikasi davlat umumta’lim maktablarining fransuz tili o‘qituvchilari qatnashishi mumkin;
🔹 nomzod kamida B1 darajadagi DELF/DALF/TCF diplomiga yoki sertifikatiga ega bo'lishi kerak (TCF uchun barcha testlardan, shu jumladan ixtiyoriy testlardan o‘tish talab etiladi);
🔹 ilgari hech qachon Fransiyada amaliyot o‘tash uchun grantlarni qo‘lga kiritmagan bo'lishi lozim.
10 nafar g‘olib o'qituvchilar Fransiyada ikki haftalik ta’lim amaliyoti uchun grantni qo'lga kiritadi!
👉Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ariza topshirish lozim: https://forms.gle/rV3NEGC5xtmKtwKMA
📆Ro'yxatdan o'tish joriy yilning 31-mart kuniga qadar davom etadi.
❗️Tanlov ikki bosqichda - hujjatlarni saralash va suhbat tarzida bo‘lib o‘tadi. Natijalar shu yilning aprel-may oylarida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.
📞Qo'shimcha ma'lumot uchun (+998) 90 937 39 17, (+998) 99 573 16 40 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
❕Shoshiling! Biz bilan birga faoliyatingizda yangi cho‘qqilarni zabt eting!

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Сифатли_таълим
#Qashqadaryo
✅ O'tgan 2022-yil davomida Qashqadaryo viloyatida ko'plab maktablar ta'mirlandi va yangi filiallar ishga tushirildi.
❗️Mazkur video-lavhada birgina Kitob tumaning 6 ta maktabi misolida amalga oshirilgan ishlar namoyish etilgan.
__
2022-yilda Investitsiya dasturi doirasida Qashqadaryo viloyatida:
✔️4 ta yangi maktab qurildi,
✔️21 ta maktab rekonstruksiya qilindi,
✔️13 tasi mukammal ta'mirdan chiqarildi.
❗️2022-yilda Prezident tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatida:
✔️ 1 ta yangi maktab qurildi,
✔️ 7 ta maktab rekonstruksiya qilindi.
🔹 Bundan tashqari xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 15 ta maktab zarur adabiyotlar va asbob uskunalar bilan ta’minlandi.
🔹 Shuningdek, jami 733 ta maktabni zamonaviy mebel jihozlari bilan ta’minlash rejaga kiritilgan.
🔹 19 ta umumta’lim maktabiga fizika, kimyo, biologiya fanlari uchun asbob-uskunalar olib berish va 32 ta maktabni kompyuter va boshqa texnika vositalari bilan ta’minlash uchun pul mablag'lari ajratildi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
#Infografika
▪️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod" bolalar maktablarida tashkil etilgan to'garaklar haqida ma'lumot INFOGRAFIKASI
💠 Hozirda yo'nalishlar kesimida 9942 ta to'garaklar faoliyat yuritmoqda.
👨🏻💻👩🏻💼Yo'nalishlar kesimida to'garak a'zolari soni 291 644 nafarni tashkil etmoqda.
‼️🔰Batafsil yuqoridagi infografika orqali tanishishingiz mumkin.
© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati
✅ Web-site ✈ Telegram 📒 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTUBE
👨🏻💻👩🏻💼Yo'nalishlar kesimida to'garak a'zolari soni 291 644 nafarni tashkil etmoqda.
‼️🔰Batafsil yuqoridagi infografika orqali tanishishingiz mumkin.
© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Вазир_жамғармаси
#Buxoro_Qashqadaryo_Jizzax
🔴 Yurtimizning barcha hududlarida vazir jamg‘armasi uchun nomzod o‘qituvchilarning kasbiy mahorati baholanmoqda
Xabaringiz bor, ayni damda vazir jamg‘armasidan ustama olishga nomzodlarni saralash jarayonlarining 2-bosqichiga start berilgan.
❗️Unda respublikamizning barcha hududlaridan jami 1722 nafar nomzod ishtirok etmoqda.
📍Jumladan, Qashqadaryo viloyatida saralash jarayonlari ochiq va shaffof tashkil etilib, unda jami 108 nafar pedagog o‘z bilimini sinovdan o'tkazmoqda.
Bundan tashqari, Buxoro viloyatida 178 nafar, Jizzax viloyatida esa 119 nafar ustozlar saralash jarayonlarining ikkinchi bosqichida faol qatnashishmoqda.
📆 Suhbat jarayonlari joriy yilning 18-martiga qadar davom etadi.