Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.1K subscribers
20.9K photos
5.94K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Video_bayonot

Xabaringiz bor, yaqindan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Vazirga murojaat” portali ish boshladi.

Yurtdoshlarimiz ushbu manzilga o‘zlarini qiziqtirgan tizimga oid savol, murojaat va takliflarini yuborishlari belgilangan.

Ushbu tajribaning afzalligi shundaki, portalga kelib tushayotgan har bir murojaat vazir Hilola Umarova tomonidan nazoratga olinadi va tegishli mas’ullar tomonidan birma-bir javob beriladi.

Endilikda yana bir tashabbus ijrosini amalga oshiryapmiz. Unga ko‘ra, portalga kelib tushgan, mazmunan bir xil bo‘lgan savollarga umumlashtirilgan holda videobayonot orqali javob berishni yo‘lga qo‘ydik. Maqsadimiz, yo‘llangan savol egalariga asosli va to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatish barobarida mazkur masalalarga duch kelayotgan boshqa fuqarolarga ham yengillik yaratishdir.

“Vazirga murojaat” portali uchun maxsus tayyorlangan dastlabki videobayonotimizda ana shunday muhim mavzularni qamrab olishga harakat qildik.

Bayonotlarimiz davom etadi.
"Alfa beta" onlayn olimpiadasiga start beriladi❗️

O‘quvchi-yoshlarning aniq fanlarga qaratilgan onlayn olimpiadalar orqali bilimini oshirish hamda matematika fanini chuqurlashtirib o‘zlashtirishga keng jalb etish maqsadida joriy yilning 18-19-mart kunlari "Alfa beta" onlayn olimpiadasiga start beramiz.

Olimpiadada respublikamizning barcha hududlaridan:
• 12-14 yosh;
• 15-18 yosh toifasidagi o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Olimpiadada ishtirok etish uchun 👉@SardorlarOlimpiadasiBot orqali yosh toifangizni belgilab, ro‘yxatdan o‘ting va olimpiadamizda ishtirok eting!

Olimpiada to‘g‘risida batafsil ma'lumot...

Google Docs
Yo'riqnoma.pdf


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент ўқитувчиларнинг ойлигини 1000 долларга етказиш ҳақида: Келамиз шу кунларга, лекин муаллимлар ҳам ўз устида кўпроқ ишлашлари керак

Президент о доведении зарплаты учителей до 1000 долларов: Этот момент наступит, но и учителя должны усерднее работать над собой

Facebook|Instagram|Twitter
Forwarded from ITSM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Видео_йўриқнома

🔊 Qadrli kuzatuvchilar!

Ayni damda eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashishga ariza topshirish bo'yicha ko‘plab savol va murojaatlar kelib tushmoqda.

❗️ Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mutaxassislari tomonidan video-yo‘riqnoma tayyorlandi.

➡️ Mazkur yo‘riqnoma orqali siz eksternat tartibidagi imtihonlar borasidagi barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

🗺 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

📣 PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASINI BO‘LISHAMIZ: MAKTAB MASLAHATCHISIDAN TAVSIYALAR-2

Xorijning yetakchi OTMlariga kirish uchun tavsiya xati qanday yozilishini bilasizmi?

Mazkur xatni yozishda nimalarga e'tibor qaratish kerakligini-chi?

❗️Ushbu videoda xorijiy universitetlarga kirish uchun talab etiladigan tavsiya xati qanday yozilishi kerakligi haqida batafsil ma'lumot berilgan.
________

👉Video Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabi tomonidan tayyorlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔊DIQQAT DIQQAT🔊

“Navro‘zing muborak O‘zbekistonim” shiori ostida challenge tashkil etilmoqda!

#Challenge

▪️21-MART - Navro'z bayrami munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Navro‘zing muborak O‘zbekistonim” shiori ostida challenge tashkil etilmoqda!

Challengega ishtirokchilar nizomda keltirilgan shartlar bo'yicha ijodiy ishlarini 14-mart sanasidan boshlab, 21-mart kuniga qadar hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablariga taqdim etishlari lozim.

Nizom bilan tanishish👈

🔹Challengeda o’quvchi-yoshlar yakka yoki jamoaviy tarzda (ustozlari bilan ham) ishtirok etishlari mumkin.

Challenge shartlari❗️

📌Ishtirokchilar tomonidan yuborilgan videoroliklar ijodiy yondashuv asosida tayyorlanganligi, mavzuni to'g'ri taqdim etilishi, shuningdek, ma’no va mazmuniga eʼtibor qaratilgan holda ko‘rib chiqiladi hamda eng yaxshi videolar Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining barcha rasmiy sahifalarida yoritiladi.

✔️Challengedan asosiy maqsad, Navro‘z – turkiy xalqlarning eng ommaviy va go‘zal bayram ekanligini o‘quvchi-yoshlarni ongiga singdirishdan iborat.

Barchani challengeda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurist_maslahati

Maktabda rus tilidan dars beraman. Rus tili bo‘yicha C1 darajadagi sertifikatim bor. Men mazkur sertifikatga ega bo‘lganim uchun Pedagog kadrlar attestatsiyasi test sinovdan ozod etilamanmi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi "O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PQ-5117-son Qarorining 5-bandi b)-kichik bandida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) o‘qituvchilari attestatsiya jarayonida malaka sinovi uchun maksimal ball bilan baholanib, xorijiy til moduli bo‘yicha sinovdan ozod etilishi belgilangan.

Ya’ni, attestatsiya jarayonida beriladigan imtiyoz faqatgina ushbu Qarorda ko‘rsatilgan xorijiy tillar bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan pedagog xodimlar uchun tatbiq etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IMKONSIZ HARAKAT YO‘Q, ILOJSIZ MAQSAD

Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar tahsil oladigan 103-sonli maktab-internati o‘quvchilarining bugungi shiori shunday

Inson borki, u o‘z irodasi, qalbidagi jasorat va yashashga bo‘lgan ishtiyoqi orqali hayot qiyinchiliklari va murakkabliklaridan oshib o‘tishga o‘zida kuch topadi.

Ayni vaqtda ana shunday ko‘ngli va niyati osmon 283 nafar o‘g‘il-qiz ushbu maktabda bilim va kasb sirlarini o‘rganishmoqda. Ustoz va murabbiylarning jasorati shundaki, ular aqliy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga nafaqat maktab dasturlaridan joy olgan, balki undan chetga chiqqan holda ham kasb sirlarini o‘rgatishadi. Bu esa ularning ertaga talabgir kasb egallashiga ham zamin yaratmoqda.

2022-yilda ushbu tayyor mahsulotlarni sotish orqali 12 mln. so‘m daromadga ega bo‘lib, mablag‘ning bir qismi o‘quvchilarning o‘zlariga berildi.

Darvoqe, o'quvchilar yaratgan mahsulotlarni ushbu bot orqali xarid qilishingiz mumkin: https://t.iss.one/minimarketmajnuntol_bot
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi ayni vaqtda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib turishibdi.

❗️Ikki tomonlama uchrashuvlar davomida vazirlik delegatsiyasi BAA Milliy maktabi hamda uning qoshidagi Texnologiya va kasb markazi faoliyati bilan tanishdi.

Unda BAA Milliy maktablari bilan xorijiy tillarni o‘rgatish hamda kasbga yo‘naltirish borasidagi kelgusidagi hamkorlik ishlari muhokama qilindi.

📍Shuningdek, delegatsiya vakillari uchun Milliy maktab hamda uning qoshidagi Texnologiya va kasb markazi faoliyati bo'ylab kampus-tur tashkil etildi.

Mazkur markaz o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish kasb tanlashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Vazir jamg‘armasidan ustama olishga nomzodlarni saralashning 2-bosqich jarayonlari qanday o‘tmoqda?

Joriy yilning 13-mart kuni Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbatlar boshlandi.

Ushbu sinov jarayonlariga birinchi bosqichda dars beradigan umumtaʼlim fanidan bo‘lib o‘tgan test sinovlarida maksimal ballning 80 va undan yuqori foiz natijani qayd etgan 1722 nafar nomzod qatnashmoqda.

Kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga joriy yilning aprel oyidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 5 mln so‘m) har oylik ustama to‘lanadi.

Suhbat jarayonlari 18-martga qadar davom etadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov

📣 FRANSUZ TILI O‘QITUVCHILARI UCHUN FRANSIYADA MALAKA OSHIRISH IMKONIYATI!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Vazirlik tizimidagi fransuz tili o‘qituvchilari uchun "Eng yaxshi fransuz tili o‘qituvchisi" tanlovini tashkil etmoqda!

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

🔹 Ushbu tanlovda O‘zbekiston Respublikasi davlat umumta’lim maktablarining fransuz tili o‘qituvchilari qatnashishi mumkin;
🔹 nomzod kamida B1 darajadagi DELF/DALF/TCF diplomiga yoki sertifikatiga ega bo'lishi kerak (TCF uchun barcha testlardan, shu jumladan ixtiyoriy testlardan o‘tish talab etiladi);
🔹 ilgari hech qachon Fransiyada amaliyot o‘tash uchun grantlarni qo‘lga kiritmagan bo'lishi lozim.

10 nafar g‘olib o'qituvchilar Fransiyada ikki haftalik ta’lim amaliyoti uchun grantni qo'lga kiritadi!

👉Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ariza topshirish lozim: https://forms.gle/rV3NEGC5xtmKtwKMA

📆Ro'yxatdan o'tish joriy yilning 31-mart kuniga qadar davom etadi.

❗️Tanlov ikki bosqichda - hujjatlarni saralash va suhbat tarzida bo‘lib o‘tadi. Natijalar shu yilning aprel-may oylarida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

📞Qo'shimcha ma'lumot uchun (+998) 90 937 39 17, (+998) 99 573 16 40 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Shoshiling! Biz bilan birga faoliyatingizda yangi cho‘qqilarni zabt eting!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Сифатли_таълим
#Qashqadaryo

O'tgan 2022-yil davomida Qashqadaryo viloyatida ko'plab maktablar ta'mirlandi va yangi filiallar ishga tushirildi.

❗️Mazkur video-lavhada birgina Kitob tumaning 6 ta maktabi misolida amalga oshirilgan ishlar namoyish etilgan.
__
2022-yilda Investitsiya dasturi doirasida Qashqadaryo viloyatida:

✔️4 ta yangi maktab qurildi,
✔️21 ta maktab rekonstruksiya qilindi,
✔️13 tasi mukammal ta'mirdan chiqarildi.

❗️2022-yilda Prezident tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatida:

✔️1 ta yangi maktab qurildi,
✔️7 ta maktab rekonstruksiya qilindi.

🔹 Bundan tashqari xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 15 ta maktab zarur adabiyotlar va asbob uskunalar bilan ta’minlandi.

🔹 Shuningdek, jami 733 ta maktabni zamonaviy mebel jihozlari bilan ta’minlash rejaga kiritilgan.

🔹 19 ta umumta’lim maktabiga fizika, kimyo, biologiya fanlari uchun asbob-uskunalar olib berish va 32 ta maktabni kompyuter va boshqa texnika vositalari bilan ta’minlash uchun pul mablag'lari ajratildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM