Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
108K subscribers
22.3K photos
6.15K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari Bishkekka jo'nab ketdi

Bugun Toshkent shahridagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan kar bolalarga ixtisoslashtirilgan 101-sonli maktab-internatining Taekwondo to'garagi a'zolari Qirg'iziston Respublikasida bo'lib o'tadigan Taekwondo bo'yicha Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun jo'nab ketdi.

Musobaqalar joriy yilning 1—5-mart kunlari Bishkek shahrida bo'lib o'tadi.

O'quvchilarimizga musobaqalarda omad va zafarlar tilab qolamiz!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"OILADA OBRO‘YIM OSHIB KETGAN" — Prezident va o‘qituvchi suhbatidan...

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi 12-sonli maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Xusniya Qodirova Prezidentga 1000 dollar maosh olishi haqida so‘zlab berdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Yurist_maslahati

Ta’lim sohasining mas’ul rahbarlari bir paytning o‘zida ishidan ajralmagan holda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi mumkinmi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi:

Davlat fuqarolik xizmatchisi pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari tadbirkorlik faoliyat bilan shug‘ullanishi, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishi, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishi (aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo‘lgan aksiyalariga egalik qilish hollari mustasno) taqiqlangan.

(O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni, 13-modda)

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlar bilan kuchaytirilgan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

Bugun, 28-fevral kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi Oʼzbekiston terma jamoasiga nomzodlar bilan oʼtkazilayotgan kuchaytirilgan oʼquv mashgʼulotlari jarayonlariga bagʼishlangan Press-tur tadbiri tashkil etildi.

Аyni vaqtda poytaxtimizda joylashgan Аbu Аli ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda biologiya va kimyo fanlari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida informatika va axborot texnologiyalari fanlari, Toshkent viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida matematika va fizika fanlari boʼyicha oʼquv mashgʼulotlari oʼtkazilmoqda.

Batafsil: 👉https://uzedu.uz/y3/news/915


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Йўриқнома

📣 Hurmatli ota-onalar!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan zilzila paytida amal qilish lozim bo‘lgan ko‘rsatmalar taqdim etilmoqda.

Unda yer qimirlagan vaqtda bino ichida/ko’chada bo‘lganda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi tushuntirib berilgan.

❗️Yo‘riqnomani farzandingiz bilan o‘qib chiqing va birgalikda muhokama qiling.

Unutmang, favqulodda vaziyatlar va unda o‘zingizni qanday tutishingiz lozimligi haqidagi bilimlar o‘zingiz va yaqinlaringizga asqatishi mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😉👍 Ekologiya har birimizdan boshlanadi.

Bugun buni Andijon ekofaollari o‘z misolida isbotladilar.
Barakalla, bolalar!

Sizning ta’lim eko-oromgohiningizni onlayn tomosha qilib, yoningizda bo‘lmaganimizdan afsuslandik!
Ertaga esa – Namangan!

Soat 10:00 da shu yerda ulanamiz!

__

😉👍 Экология начинается с каждого из нас.
Это на своём примере доказали сегодня экоактивисты Андижана.

Какие же вы крутые ребята!
Мы смотрели он-лайн как проходил ваш образовательный эко-лагерь и жалели, что нас не было рядом!

Завтра – Наманган! Подключаемся в 10:00 здесь!

Zamin | Facebook | Instagram
Yaponiya 3 ta ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida 140 ming AQSH dollari miqdorida grant mablag'i ajratdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Xatori Takashi ishtirokida “Inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kichik ijtimoiy loyihalarga ko‘mak berish grantlari” dasturi doirasida qator shartnomalarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Aytish lozimki, joriy yilda Xorazm viloyatining Urganch shahridagi 1 ta umumta’lim maktabi va Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti Yaponiya hukumatining maqsadli grantini qo‘lga kiritdi. Qariyb 140 ming AQSH dollari miqdoridagi ushbu mablag‘lar ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirishga yo‘naltiriladi.

Batafsil: https://www.uzedu.uz/uz/news/916


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from IT taʼlim
Bahorni yutuqli olimpiadalar bilan qarshi oling!

5 kun davomida 9 ta fandan olimpiadalar marafoni!

Marafon 1-5 mart kunlari soat 11:00 dan 21:00 gacha o‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida bo‘lib o‘tadi.

Marafonning o‘tkazilish va g‘oliblarning aniqlanish tartibi: ➡️ BATAFSIL

🎁 G‘oliblar Respublika ta'lim markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida nashr etilgan "Mantiqiy matematika" va "Matematikadan olimpiada testlari" kitoblari bilan taqdirlanadi!

Ro‘yxatdan o‘tish:
➡️ @khiso_uz_bot

❗️ Olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul!

💡Platformadan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishni unutmang.

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
#Yangi_ruknlar
#Сўровнома_натижаси

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Vazirlikning telegram kanalidagi kuzatuvchilar qiziqishlarini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilgan edi.

So‘rovnoma ishtirokchilarning aksariyati ”Psixologik ko‘mak” rukni ostida foydali maqolalar berib borilishini ma’qullashdi.

❗️Kuzatuvchilarning qiziqishlarini inobatga olgan holda endilikda Vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali o‘quvchi yoshlar uchun ”Psixologik ko‘mak” rukni ostida turli maqolalar va tavsiyalarni yoritib borishni boshlaymiz:

👉https://telegra.ph/MAKTABDAGI-BULLINGDA-PEDAGOGLAR-UCHUN-MASLAHATLAR-03-01