Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
108K subscribers
22.2K photos
6.15K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
VAZIR QASHQADARYOLIK BIR GURUH FAXRIY USTOZLARNI TAQDIRLADI

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Qashqadaryo viloyatida uzoq yillar davomida ta’lim sohasida mehnat qilib kelgan va ayni damda ham o‘quvchilarga bilim berib kelayotgan bir guruh faxriy ustozlar bilan uchrashdi.

Samimiy ruhda kechgan muloqot davomida ustoz pedagoglar ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan bugungi islohotlar, sifatli ta’limga erishish borasida bajarilayotgan ijobiy ishlar natijasi haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Yangi O‘zbekistonda maktab va maktabgacha ta’limga katta e’tibor berilayotgani bejizga emas. Shuning barobarida pedagog ustozlarning obro‘sini oshirish, ta’lim sifati hamda maktablarning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash oldimizda turgan muhim vaziflardan sanaladi.

Ayniqsa, joylarda filial tarzida tashkil etilgan maktablar, ularda ta’lim olayotgan farzandlarimizning har tomonlama mukammal bilim egallashlariga alohida e’tibor qaratamiz
, — dedi vazir Hilola Umarova.

❗️Uchrashuv davomida 20 nafar faxriy ustoz “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Vazir Hilola Umarova Qashqadaryo viloyatidagi maktablar faoliyati bilan tanishishda davom etmoqda.
Barcha bolalar o'sha zahoti uylariga tarqalgan

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta voyaga yetmaganlar “Aslam sila”, deb ketayotganligi aks etgan videodagi holat yuzasidan IIV mas'ullari bolalar o'sha zahoti uylariga tarqatilganligini ma'lum qildi.

Toshkent shahar IIBBning holat yuzasidan Rasmiy maʼlumoti:

Joriy yilning 24-fevral kuni taxminan soat 15.30 larda, ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining blogini yurituvchi yutuber, 2004-yilda tug‘ilgan, Jizzax viloyatida yashovchi Aslambek Baxromov Chilonzor tumanidagi “Magic City” ko‘ngilochar maskani yaqinidagi avtoturargoh oldida fan klub aʼzolarini chaqirib, ular bilan uchrashuv o‘tkazmoqchi bo‘lgan va ularga sovg‘alar tarqatishligini bildirgan. Uchrashuvga taxminan 130-140 nafarga yaqin voyaga yetmagan bolalar yig‘ilgan va jamoat tartibini buzib shovqin-suron ko‘targan. Shu hududda xizmat olib boruvchi Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari xodimlari tartibsizlikni oldini olish va tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida A.Baxromovni ichki ishlar bo‘limiga olib ketgan. Xodimlar A.Baxromovni olib ketayotgan vaqtida bir nechta voyaga yetmaganlar uning ketidan avtomashinagacha kuzatib borishgan. So‘ng uchrashuvga yig‘ilganlarning barchasi tarqalgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan A.Baxromovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasi (“Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun tuman sudiga taqdim etiladi.

Hurmatli fuqarolar! Har qanday ommaviy tadbirlarni o‘tkazayotganda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish qoidalariga qatʼiy rioya qilishingizni so‘raymiz!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Bunday tadqiqotlar ta'lim tizimini yanada rivojlantiradi.."

⚡️Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta'lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan xalqaro TALIS tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari o'tkazilmoqda.

🏫 Jarayonlarda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olingan respublikamizdagi 30 ta maktabning rahbarlari va 600 nafarga yaqin o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

🎥 Tajriba-sinov uchun tanlab olingan maktablardan biri Shayxontohur tumani 102-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining ayrim o‘qituvchilari mazkur tadqiqot haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Batafsil: https://tsbm.uz/oz/news/talis-tadqiqotining-tajriba-sinov-jarayonlari-otkazilmoqda

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Oʼzbekiston Qahramoni, taʼlim sohasi fidoyilaridan biri, jonkuyar pedagog, ustoz Muhabbat Sharopova bilan uchrashish baxtiga muyassar boʼldim.

Toʼgʼrisini aytganda, ustozning 74 yoshda professor ilmiy unvonini olganliklari haqida eshitib hayratimni yashirolmadim. Bu fidoyi insonning yuragi hozir ham yoshlardek shijoat va kuch-gʼayratga toʼla ekanligidan havasim yanada ortdi. Shunday fidoyi ustozlarimiz bugun taʼlimning ustunlaridir.

Suhbat davomida ustozning 1985-yil Qashqadaryo viloyatida matematikaga ixtisoslashgan yagona sinf ochish uchun qanday qiyinchiliklarga duch kelgani, 6 oylab maosh olmay mehnat qilganini tinglab, sohaga doir bugungi islohotlarning negizini anglash qiyin emas.

Ixtisoslashgan maktablarning respublikamizning har bir tumanida tashkil etilayotgani, Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan maktab taʼlimi va tizimni har tomonlama rivojlantirishga eʼtibor qaratilayotganidan mamnun ekanligini aytganida biz toʼgʼri yoʼlda ekanligimizga yana bir bor amin boʼldim.

“Bugungi kun oʼqituvchilari uchun barcha sharoitlar bor. Biz eng kuchga toʼlgan vaqtimiz — yilning 3-sentabridan paxta terishga ketib, 9-dekabrda qaytar edik. Hozir oʼqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni koʼrib, qaniydi 30-40 yoshimga qaytib qolsam”, — deydi Muhabbat Sharopova.

52 yildan beri oʼn minglab oʼquvchilarga taʼlim berib, ularning erishgan yutuqlari haqida quvonib gapirayotgan Muhabbat Sharopova qiyofasida haqiqiy ustoz siymosini koʼrdim. Va har bir ustoz oʼz ishini mana shunday sevishini, kasbi ortidan shunday gʼurur va iftixor bilan gapirishini istagan boʼlardim.

Ustoz bilan bugungi taʼlimdagi oʼzgarishlar haqida suhbatlashib, oldimizda turgan vazifalar borasida maslahat va tavsiyalarini oldim.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo'limlarining rahbarlik lavozimlariga nomzodlar bilan suhbatlar bo’lib o’tayotgani haqida xabar bergan edik.

Ayni damda ishchi guruh a’zolari Qashqadaryo viloyatidagi nomzodlar bilan suhbat o’tkazishmoqda.

❗️
Unda nomzodning rahbarlik ko'nikmalari, sohadagi malakasi sinovdan o'tkazilib, shaffof tarzda baholab borilmoqda.
______
✔️ Fotosuratlarda Qashqadaryo va Buxoro viloyatidagi jarayonlar aks etgan.
RASMIY MUNOSABAT

EKSTERNAT TARTIBIDAGI IMTIHONLAR MAKTABDA TA’LIM OLAYOTGAN O‘QUVCHILARGA TADBIQ ETILMAYDI

Ijtimoiy tarmoqlarda “Endi maktab o‘quvchilari oldindan bitiruv imtihonlarini topshirishlari va maktab darslariga bormasliklari mumkin”
degan mazmunda xabarlar tarqalmoqda.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ushbu xabarlar mutlaqo hech qanday asosga ega bo'lmagan yolg'on xabarligini ma'lum qiladi.

Bu xabarlar maktabni o'z vaqtida tugata olmagan, ya'ni maktab yoshidan o'tgan fuqarolarning eksternat tartibida imtixon topshirish uchun arizalar berish bilan bog'liq xabarning noto'g'ri talqin qilinganligi natijasida tarqatilmoqda,

"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunga muvofiq, fuqarolarning umumiy o'rta ta'lim olish huquqini ta'minlash maqsadida eksternat tartibida imtihonlarda faqat o‘z vaqtida turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan, aniqroq aytganda, maktabni to‘liq bitirmagan 18 yoshdan oshgan fuqarolar ishtirok etadi.

Eksternat tartibidagi imtihonlarning maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga aloqasi yo'q va ularga tadbiq etilmaydi!
#Yurist_maslahati

Ota-ona farzandini maktabga yuborishni istamasa, qanday chora ko‘rish mumkin?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi:

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 47- modda. Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik.

Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
“Mehrli maktab” hududlarida tashkil etiladigan filiallariga malakali pedagoglarni ishga taklif qiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi
ning mamlakatimizning turli hududlarida tashkil etiladigan filiallariga malakali pedagoglar ishga taklif qilinadi.

Bunda viloyatlardagi ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlarining gematologiya va onkologiya bo‘limlarida davolanayotgan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy o‘rta ta’lim berish uchun quyidagi mutaxassislik yo‘nalishlari talab etiladi:

Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish uchun pedagog xodim (ona tili va adabiyot, matematika hamda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari);
Psixolog;
Tarbiyachi;
Tarbiyachi yordamchisi.

Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

Pedagog xodim lavozimiga:
oliy (pedagogik) ma’lumotli, dars berayotgan fani bo‘yicha kamida birinchi toifali, 5 yillik pedagogik ish stajiga ega, statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan, rus va o‘zbek tillarini mukammal biladigan pedagoglar;

psixolog lavozimiga:
oliy ma’lumotli, bolalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega, kamida 5 yil psixolog faoliyati bilan shug‘ullangan, rus va o‘zbek tillarini mukammal biladigan mutaxassislar;

tarbiyachi lavozimiga:
maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy pedagogik ma’lumotli, kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega, statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan mutaxassislar;

tarbiyachi yordamchisi lavozimiga:
o‘rta ma’lumot va maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash ishlari xususiyatlari bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega, kamida 3 yillik stajga ega xodimlar.

📌Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining [email protected] elektron pochta manziliga 2023-yilning 20-martiga qadar (shu kun ham) quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim:

➡️ma’lumotnoma-obyektivka;
➡️pasport (ID-karta);
➡️oliy o‘quv yurtini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom nusxalari.

Yuqoridagi malaka talablariga mos kelgan nomzodlar suhbat asosida ishga qabul qilinadi.

⚠️Ma’lumot uchun: belgilangan qonunchilik talablariga ko‘ra, “Mehrli maktab” pedagog xodimlariga mehnatning alohida sharoitlari uchun 100 foizlik ustama beriladi va qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Informatika fani o‘qituvchilari sun’iy intellekt bo‘yicha o‘quv kurslarida ishtirok etishmoqda

Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun "Sun’iy intellekt asoslari va internet buyumlari" - Internet of things -IoT bepul o‘quv kurslariga start berildi.

Mashg‘ulotlar Toshkentdagi AMITY universiteti mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda. Unda Toshkent shahridagi umumta’lim maktablaridan saralab olingan 24 nafar informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

❗️Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad pedagog kadrlardagi sun’iy intellekt va zamonaviy axborot texnologiyalari haqida nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirishdan iborat. Shuningdek, ishtirokchilardagi trenerlik qobiliyatlarini rivojlantirish ham ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, mazkur loyiha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkentdagi AMITY universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

📍O'quv kursi offlayn tarzda tashkil etilgan. Istiqbolda mazkur treninglar hududlarda onlayn shaklda yo'lga qo'yilishi rejalashtirilmoqda.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari Bishkekka jo'nab ketdi

Bugun Toshkent shahridagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan kar bolalarga ixtisoslashtirilgan 101-sonli maktab-internatining Taekwondo to'garagi a'zolari Qirg'iziston Respublikasida bo'lib o'tadigan Taekwondo bo'yicha Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun jo'nab ketdi.

Musobaqalar joriy yilning 1—5-mart kunlari Bishkek shahrida bo'lib o'tadi.

O'quvchilarimizga musobaqalarda omad va zafarlar tilab qolamiz!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"OILADA OBRO‘YIM OSHIB KETGAN" — Prezident va o‘qituvchi suhbatidan...

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi 12-sonli maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Xusniya Qodirova Prezidentga 1000 dollar maosh olishi haqida so‘zlab berdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram