Shavkat Mirziyoyev: Har bir islohotda o‘qituvchilar ko‘z oldimda bo‘ladi
Yaqinda Qarshi tumanidagi Yangi Batosh mahallasida yangi maktab qurib bitkazildi. 2021-yilda tashkil topgan mahalla bo‘lgani bois bu yerda maktab yo‘q edi. 500 dan ortiq o‘g‘il-qiz 10 kilometr masofadagi maktabga qatnardi. Prezidentimiz Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida mazkur maktabda ham bo'ldilar.
Maktab 660 o‘rinli. O‘ttizdan ortiq sinfxonalar, kutubxona, faollar zali, oshxona, STEM laboratoriyasi, kompyuter xonasi va kasbga yo‘naltirish xonalari mavjud. Ochiq va yopiq sport maydonchalari, yo‘l harakati xavfsizligi yo‘laklari tashkil etilgan.
Ma’lumki, mamlakatimizda yoshlarni kamida ikkita chet tili va bitta zamonaviy hunarga o‘rgatish maktab ta’limidagi asosiy yo‘nalish sifatida belgilangan. Yangi maktabda ham bunga sharoit yaratilgan. Maxsus jihozlangan xonalarda o‘quvchilar tikuvchilik, zargarlik, pazandachilik, sartaroshlik, elektrsozlik, kompyuter va mobil telefonlarga xizmat ko‘rsatish, robototexnika bo‘yicha kasb sirlarini o‘rganadi.
Davlatimiz rahbari qashqadaryolik o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ldi.

Forwarded from IT taʼlim
Maktabda zilzila vaqtida qanday harakatlanish haqida tushuncha beriladimi?
Umumtaʼlim maktablari uchun tayyorlangan darsliklarda zilzila vaqtida qanday harakatlanish haqida atroficha tushuncha berilgan. Qolaversa, darsliklardan tabiiy ofat vaqtida zarur boʻladigan muhim hayotiy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan maxsus amaliy topshiriqlar ham oʻrin olganini ko'rish mumkin.
Batafsil: https://telegra.ph/Maktabda-zilzila-vaqtida-qanday-harakatlanish-haqida-tushuncha-beriladimi-02-24
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

VAZIR QASHQADARYOLIK BIR GURUH FAXRIY USTOZLARNI TAQDIRLADI
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Qashqadaryo viloyatida uzoq yillar davomida ta’lim sohasida mehnat qilib kelgan va ayni damda ham o‘quvchilarga bilim berib kelayotgan bir guruh faxriy ustozlar bilan uchrashdi.
Samimiy ruhda kechgan muloqot davomida ustoz pedagoglar ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan bugungi islohotlar, sifatli ta’limga erishish borasida bajarilayotgan ijobiy ishlar natijasi haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.
— Yangi O‘zbekistonda maktab va maktabgacha ta’limga katta e’tibor berilayotgani bejizga emas. Shuning barobarida pedagog ustozlarning obro‘sini oshirish, ta’lim sifati hamda maktablarning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash oldimizda turgan muhim vaziflardan sanaladi.
Ayniqsa, joylarda filial tarzida tashkil etilgan maktablar, ularda ta’lim olayotgan farzandlarimizning har tomonlama mukammal bilim egallashlariga alohida e’tibor qaratamiz, — dedi vazir Hilola Umarova.
❗️Uchrashuv davomida 20 nafar faxriy ustoz “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Vazir Hilola Umarova Qashqadaryo viloyatidagi maktablar faoliyati bilan tanishishda davom etmoqda.