Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
106K subscribers
22.4K photos
6.17K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🙌Safimizga yangi qo‘shilgan barchaga salom!
Bugun sokin, quyoshli kun, havoda bahor tafti sezilmoqda. Bir-birimiz bilan tanishishning ayni payti!
Bugun Toshkentdagi 81-maktab eko-aktivistlari "Eco-schools" dasturi doirasida nimalar qilishganini so‘zlab beradilar.
Soat 14:00 da shu yerda ko‘rishamiz.
🙋‍♀️ 🙋‍♂️Savollarni tayyorlashni unutmang!



🙌Всем новичкам привет!
Ясная, солнечная погода, в воздухе уже пахнет весной. Самое время нам познакомиться друг с другом!
Сегодня эко-активисты из ташкентской школы №81 расскажут вам о том, какие шаги они уже успели сделать по программе Eco-schools.
Встречаемся в 14:00 здесь.
🙋‍♀️ 🙋‍♂️Готовим вопросы!

Zamin | Facebook | Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Liderlar_hamjamiyati

“Bugun siz maktabni boshqarasiz, ertaga sizning o‘quvchilaringiz dunyoni boshqaradi!”

Vazirligimiz tomonidan maktab direktorlari uchun yangi loyiha - Liderlar hamjamiyatini tashkil etishni rejalashtirganmiz.

Ushbu hamjamiyatning maqsadi nimadan iboratligi ko‘pchilikka qiziq bo‘lsa kerak.

Eng avvalo, maktab rahbarlarini zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor, jamoasini bir maqsad atrofida birlashtira oladigan haqiqiy liderlar etib tayyorlashimiz lozim.

Shu maqsadda vazirligimiz tomonidan 7-10-fevral kunlari “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Butun Respublika bo‘ylab bo‘lib o‘tadigan ushbu loyihadan umidimiz katta.

Chunki ta'lim sifatini oshirishda maktab faoliyatining tizimli yo‘lga qo‘yilishi muhim o‘rin tutadi. Ish jarayonini sifatli tashkil etish esa avvalo rahbarga bog‘liq.
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌏Xayrli kun, sayyoramiz himoyachilari!
Bugun biz bilan Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab ekofaollari. Bolalar siz bilan uchrashuvga maxsus tayyorlandilar, tortinmasdan ko‘proq savol berishingizni so‘radilar.
Soat 14.00 da shu yerda uchrashamiz



🌏Доброго дня, защитники нашей планеты!
Сегодня с нами на связи эко-активисты из спецшколы им. Абу Али Ибн Сино. Ребята специально готовились ко встрече и попросили вас не стесняться и задавать побольше вопросов.
Встречаемся в 14.00 здесь

Zamin | Facebook | Instagram |
Maktab ta’limiga oid muhim choralar amalga oshirilishi belgilanmoqda — Davlat dasturi Farmoni loyihasi e’lon qilindi

O‘zbekiston Respbulikasi Prezidentining 2022−2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unda ta’lim sifatini oshirish, sohani ilg‘or xorijiy tajriba asosida isloh qilish maqsadida joriy yilda qator muhim choralar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Aziz yurtdoshlar va ta’lim sohasi fidoyilari!

Siz ham ushbu Farmon loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting hamda sohaga doir muhim takliflaringizni qoldiring.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Зилзила вақтида нима қилиш керак?

Видео йўриқномани кўринг.

Яқинларингизга улашинг!

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
"LIDERLAR HAFTALIGI"DA 10104 NAFAR MAKTAB DIREKTORI ISHTIROK ETMOQDA

Joriy yilning 7-fevral kuni Respublika bo'ylab "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasi start oldi.

Loyiha doirasida tashkil etiladigan treninglardan ko'zlangan asosiy maqsad, Ixtisoslashtirilgan hamda Prezident ta'lim muassasalari tajribasini barcha maktablarga joriy etishdan iborat.

10-fevralga qadar davom etadigan loyihaning asosiy maqsadi, agentlik tizimidagi maktab direktorlari tajribasini umumtaʼlim maktab rahbarlariga oʼrgatish, jamoani bir maqsad atrofida birlashtira oladigan haqiqiy liderlarni tayyorlashdan iborat.
_________
📷Fotolavhalarda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Farg'ona, Buxoro, Namangan va Navoiy viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.
MUNOSАBАT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Oʼzbekistondagi maktablarda bir sinfdagi oʼquvchilar soni 20 nafargacha qisqartirilishi toʼgʼrisidagi xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga koʼra, 2022-2026-yillarda umumiy oʼrta taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal taʼmirlash hisobiga 1,2 million oʼquvchi oʼrni miqdoridagi yangi quvvatlar yaratilishi topshirilgan.

Qaror bilan 2022-2026-yillarda umumiy oʼrta taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning asosiy prognoz koʼrsatkichlari tasdiqlangan boʼlib, unga koʼra respublika boʼyicha 2899 ta maktabda qurilish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.

Аyni damda bir sinfda oʼquvchilar soni 35 nafardan oshmasligi belgilangan bo’lib, blogerlardan yolgʼon maʼlumotlar tarqatmaslikni soʼrab qolamiz.
Samarqandlik maktab direktorlari ham "Zamonaviy maktab liderlar nigohida'' seminar treningida faol ishtirok etmoqda

🔷 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan "Zamonaviy maktab liderlar nigohida'' shiori ostida joylarda o`tkazilayotgan seminar treningi Samarqand shahrida ham qizg`in tashkil etilmoqda.

📮 Shahardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan seminardan ko‘zlangan maqsad, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari direktorlarining kasbiy tajribalarini umumta’lim maktablari rahbar kadrlari bilan bo‘lishishdan iboratdir.

🖲 Trening tadbirlari maktab rahbarlarini zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor, jamoasini bir maqsad atrofida birlashtira oladigan haqiqiy liderlar etib tayyorlashga qaratilgan.

💾 Seminar joriy yilning 10-fevraliga qadar Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlarida olib boriladi va unda hududdagi barcha maktab direktorlari ishtirok etishadi.
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👋 Barchaga salom!

Ibn Sino maktabi! 😁👍
Kecha "yondirdingiz"! Katta rahmat! Sizdek bolalar tufayli bu yilda ko‘plab foydali va quvnoq tadbirlarni o‘ylab topamiz! Takliflaringiz uchun ochiqmiz!

Bugungi uchrashuvimiz ham shunday ko‘tarinki bo‘lishi kutilmoqda. 🤩
Soat 14.30 da Nukusdagi Prezident maktabi o‘quvchilari bilan uchrashamiz. Orziqib kutyapmiz!



👋 Всем привет!

Ибн Сино! 😁👍
Вы просто зажгли вчера! Огромное спасибо! Чувствуем, что благодаря таким ребятам как вы, в этом году мы сможем придумать массу полезных и весёлых мероприятий! Мы открыты для ваших предложений!

Сегодняшняя встреча обещает быть не хуже. 🤩
В 14.30 встречаемся с ребятами из Нукусской президентской школы. Очень ждём!

Zamin | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#liderlar_haftaligi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan respublikamizdagi umumta’lim muassasalari direktorlari ishtirokida o‘tkazilayotgan "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasi doirasidagi seminar-trening tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.

Ayni vaqtda Jizzax viloyatidadagi jami 554 nafar umumta’lim maktablari direktorlari ham mazkur seminar-treninglarda faol ishtirok etmoqda.

Unda vazirlik huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan maktab direktorlarining kasbiy tajribalari umumta’lim maktab rahbarlariga o‘rgatilmoqda.

❗️Seminar-treninglar joriy yilning 10-fevral kuniga qadar davom etadi.
NAMANGANLIK O‘QUVCHI MUDDATIDAN AVVAL 18 TA XALQARO OLIYGOH TALABASIGA AYLANDI

Namangan viloyati 1-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Hikmatilla Xudayberdiyev bir vaqtning o‘zida jami 18 ta, jumladan 16 ta AQSH, 1 ta Shveysariya hamda 1 ta Toshkentdagi British menejment xalqaro university talabaligiga qabul qilinib, 1.317600 AQSH dollari miqdoridagi grand sohibi bo‘ldi. Xususan, Franklin University Switzerland, Mary Baldwin University, Colorado State University, Augustana University, Milwaukee School of engineering, British Management University shular jumlasidandir.

Ayni paytda ko‘plab oliygohlar talabasiga aylangan o‘quvchi o‘zining tirishqoqligi va izlanuvchanligi bilan tengdoshlariga namuna bo‘lib kelmoqda.

Shuningdek, u matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha 1310 ball to‘plagan holda xalqaro SAT sertifikatini ham qo‘lga kiritdi va xalqaro oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli kirish huquqiga ega bo‘ldi.
9-fevral — Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Alisher Navoiy shaxsiyati va ijodida ustozlar o‘rni

Buyuk mutafakkir va shoir, o‘z davrining madaniyati va adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan Alisher Navoiy ijodi bugungi kunga qadar katta qiziqish va ishtiyoq bilan o‘rganib kelinmoqda.

Turkiy xalqlar o‘rtasida “shams ul-millat” — “millat quyoshi” deb e’zozlanadigan Navoiy o‘z ijodida ustozlarini doimo ulug‘lagan, ularni hurmat bilan tilga olgan.

Xususan, “Majolis un-nafois” asarida ustozi Mavlono Lutfiy yosh shoirning buyuk iqtidor sohibi bo‘lib kamolga yetishishida katta hissa qo‘shganligini zikr etgan.

Shu bilan birga Navoiy shaxsiyati va ijodining yuksalib borishida ustozi Abdurahmon Jomiyning o‘rni va hissasi katta bo‘lganligi qator adabiy manbalarda keltirib o‘tilgan. Alisher Navoiy Samarqandda bo‘lganida shu yerlik yetuk olimlardan biri Fazlulloh Abulays Samarqandiydan ham ko‘p bilim olganligini o‘z asarlarida iftixor bilan eslab o‘tadi.

Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.

Navoiy ustoz maqomi va ularning har bir inson hayotidagi o‘rni haqida aytib o‘tgan yuqoridagi bayti necha asrlarki ustoz va murabbiylarning mashaqqatli mehnati va mehriga berilgan yuksak baho bo‘lib kelmoqda.