Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
110K subscribers
22K photos
6.11K videos
140 files
12.7K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri mahalliy hokimliklar bilan III chorakni boshlash masalasini muhokama qildi

Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ijtimoiy masalalar boʼyicha oʼrinbosarlari bilan ZOOM videokonferentsaloqa orqali boʼlib oʼtgan yigʼilish kun tartibiga hududlarda maktablarning III chorakni boshlashga tayyorgarligi masalasi qoʼyildi.

Jumladan vazir mahalliy hokimliklar joylardagi umumtaʼlim muassasalarining tayyorgarlik holatini yana bir bor qayta tahlil qilish  zarurligini taʼkidladi.

Аyni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʼquvchilarni ob-havo sharoitlari barqarorlashguniga qadar vaqtincha onlayn taʼlim tizimiga oʼtkazish masalasini koʼrib chiqmoqda.
Gyote instituti hamkorligida o‘quvchilarni nemis tili orqali kasbga yo‘naltirish loyihasi doirasida trening boshlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va O‘zbekistondagi Gyote instituti hamkorligida joriy yilning 16-yanvaridan boshlab “Nemis tili bilan kasbga yo‘naltirish” loyihasi doirasida seminar-trening boshlandi.

Seminar-treningda ushbu loyiha doirasida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2023-yilda amalga oshiriladigan vazifalar muhokama etilmoqda.

Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning xorijiy til, xususan nemis tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, o‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishda Germaniya tajribasi bilan tanishishtirish maqsad qilingan.

Mazkur loyihada faol ishtirok etgan ta’lim muassasalari elektron doska hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

“Nemis tili bilan kasbga yo‘naltirish” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan seminar-trening joriy yilning 20-yanvariga qadar davom etadi.
Navbatdagi Xalqaro hamkorlik⚡️

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi va Qirgʻiziston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi huzuridagi “Oltin Tuyun” Milliy bolalar texnika-muhandislik akademiyasi oʻrtasida o'zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi

🤝Tomonlar Memorandum doirasida quyidagi kelishuvga erishdilar:

Musobaqalar, konferensiyalar, ko’rik-tanlovlar va festivallar tashkil etish;

Ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;

Ikki tomonlama xalqaro dasturlar doirasida qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish;

Qo'shma seminarlar, konferensiyalar, amaliy mashg'ulotlar, maktabdan tashqari ta'limning qisqa muddatli dasturlari va boshqalarni o'tkazish bo’yicha qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;

Oʻzaro kelishuv boʻyicha boshqa yoʻnalishlarda hamkorlik qilish.

Memorandum bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni bizning internet sahifalarimizda kuzatib boring!

Yangi loyihalar hali oldinda...

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli o‘quvchilar!

Zamonaviy kasblarni onlayn tarzda hamda o'z ona tilingizda mutlaqo bepul o'rganishni istaysizmi?


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu borada sizga yaqindan ko‘mak beradi.

Vazirlikning 30 dan ortiq zamonaviy kasblarni o‘zida jamlagan Milliy taʼlim resurslari Youtube kanalidagi videodarslar yoki Maktab.uz onlayn ta’lim platformasidagi 800 dan ortiq videodarslar bu yo'lda bilimingizni boyitishga yordam beradi.

O‘z yo‘lingizni bugun to‘g‘ri tanlashingiz kelajakdagi muvaffaqiyatingizni ta'minlaydi.

Yurtimiz siz kabi zamonaviy bilimlarga ega yoshlar bilan albatta, taraqqiy topishiga ishonaman!


Maktabgacha
va maktab taʼlimi vaziri
Hilola Umarova
#yangiliklar

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti xodimlari Finlandiyada malaka oshirmoqda

Ayni paytda institutning bir guruh tadqiqotchi xodimlari stajirovka o'tash uchun Finlandiyada bo'lib turibdi. Ushbu tashrifdan asosiy maqsad, Finlandiya davlat ta'lim tizimi bilan yaqindan tanishib, maktab boshqaruv sohasida direktorlarni lavozimiga tayinlash, ularni malakasini oshirish, maktab boshqaruvida medianing rolini aniqlash borasida yangi bilim ko‘nikmalarni egallashdir.

15-29-yanvar kunlari davom etadigan mazkur malaka oshirish kurslari va Finlandiyadagi maktablar tajribasi bilan tanishtirishda davom etamiz.

👉 Batafsil: https://avloniy.uz/uz/press-center/news/448

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
#Xalqaro_hamkorlik
#UNICEF

Bugun vazirligimiz tomonidan UNICEF hamda Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) bilan birgalikda tashkil etilgan “Mahalliy ta'lim guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda xalqaro va mahalliy mutaxassislar bilan birga 2023–2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasi (National Compact)ni ishlab chiqish jarayonlari haqida so‘z yuritdik.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda ta'lim sohasini rivojlantirish maqsadida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.

✔️Biz zamonaviy ko‘nikmalarga ega, kreativ fikrlaydigan, keng dunyoqarashli yangi avlodni tarbiyalashni maqsad qilib oldik va ushbu maqsadga erishish uchun barcha kuch, bilim, sharoit va imkoniyat safarbar etamiz.

⚡️Ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasini ishlab chiqish jarayoni xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ta'lim islohoti dasturini amalga oshirish yo‘lidagi birinchi qadamdir.

Umid qilamanki, yurtimizdagi ta'lim tizimini yanada isloh etishda bu kabi ko'plab loyihalar ustida birgalikda ishlaymiz. Maqsadimiz bitta - yoshlarimizning jahon standartlariga mos ta'lim olishlarini ta'minlashdir.
_______
📌Ma'lumot o'rnida, bugun maktabgacha va maktab ta'limi tizimida salkam 40 mingta ta'lim tashkilotlarida 8,4 million nafar farzandlarimizga 700 ming nafarga yaqin pedagog xodimlar ta'lim va tarbiya berib kelmoqda.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😇🥰🥰🥰😇🥰🥰🥰

📣 Farzandingizni kitob o‘qishga qiziqtira olmayapsizmi?

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tavsiya etadi!

📖 Endilikda 1-11-sinflar kesimidagi maktab darsliklari hamda eng sara kitoblarni Kitob.uz platformasida topishingiz mumkin.

📱Kitob.uz mobil ilovasini yuklab oling. 📚3 mingdan ziyod elektron kitoblarni o'qing va 1000 dan ortiq audio kitoblarni 🎧 bepul tinglang.

KITOB.UZ ilovasini yuklab olish ⬇️
🍏 Apple Store | 🛒 Google Play

Mazkur portalning qulayliklari:⬇️

➡️bolani chalg'ituvchi reklama va cheklovlarsiz kitoblarni o'qish va tinglash;
➡️adabiy janrlarning boy tanlovi;
➡️portaldan elektron va audio kitoblarni yuklab olib, ularni oflayn rejimda o‘qish imkoniyati;
➡️kitoblarni izlash qulayligi.

Beeline, Mobiuz, Ucell, Uzmobile - aloqa operatori abonentlari Kitob.uz platformasidan trafik sarfisiz foydalanishi mumkin.

#kitob_uz #bepul_kitoblar #elektron_va_audio_formatda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jahon_kimyo_olimpiadasi

⚡️SHVEYSARIYA. JAHON KIMYO OLIMPIADASIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI BOSHLAB YUBORILDI

🔴 Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalari agentligi direktori o'rinbosari Alisher Ubbiyev va Prezident maktablari bilan ishlash bo’limi boshlig’i To'raboy Shermatov Jahon kimyo olimpiadasi (IChO) tashkiliy qo'mitasi yig'ilishida ishtirok etishmoqda.

❗️Yig'ilish Syurix shahrida joylashgan Syurix Federal texnologiya institutida (ETH Zürich) bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuv davomida 2026-yilda yurtimizda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Jahon kimyo olimpiadasi jarayonlarini sifatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

📆 Uchrashuvlar 21-yanvarga qadar davom etadi.
_______
✔️Ma'lumot o'rnida, Jahon kimyo olimpiadasi har yili o'tkaziladi va xalqaro maqomga ega 5 ta asosiy fan olimpiadasining biri hisoblanadi. Mazkur olimpiada Markaziy Osiyo mintaqasida ILK BORA bo'lib o'tadi.

Mazkur olimpiadaning O’zbekistonda o’tishi uchun 74 ta mamlakat ovoz bergan.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Бу_муҳим

⚡️Вазирлик ва идоралар, Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгеси, вилоятлар ва Тошкент шаҳри, шунингдек, барча туман, шаҳар ҳокимликлари раҳбар ва масъул ходимлари диққатига!

Бугунги куннинг энг муҳим ва долзарб мавзулари ҳақида маълумот бериб борувчи "Сиёсий-маърифат соати" бошланмоқда.

Мазкур ўқувни Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлигининг ilm.argos. uz платформаси ҳамда Youtubeдаги саҳифасида ушбу ҳавола https://youtu.be/cncpxb79sXM орқали томоша қилишингиз мумкин.

Бошланган янги иш кунингиз муваффақиятли ва хайрли ўтсин!

Агентлик Ахборот хизмати
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |Murojaat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini maktablarga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirildi

Chet el fuqarolari va chet elda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning
farzandlarini umumtaʼlim maktablariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Buning uchun chet el fuqarolari va chet elda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portali (my.maktab.uz) orqali onlayn so‘rovnomani to‘ldirgan holda ariza yuboradi.

Ariza avtomatik tarzda hududiy boshqarmalar huzuridagi chet el fuqarolari farzandlarini umumtaʼlim maktablariga qabul qilish bo‘yicha Ishchi guruhga yuboriladi.

Ishchi guruhi 7 ish kunida arizani ko‘rib chiqib, yo‘llanmani (QR-kod qo‘yilgan) rasmiylashtiradi hamda elektron portal orqali ariza beruvchiga elektron ravishda yuboradi.

Natijani ariza beruvchi o‘zi murojaat qilgan my.gov.uz yoki my.maktab.uz portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.

🟢Davlat xizmatini ko‘rsatish BEPUL amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar shahodatnoma dublikatini olish va xorijda taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni (nostrifikatsiya) tan olish bo‘yicha davlat xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

2023-yil davomida eksternat tartibida imtihonlarni topshirish uchun ariza berish hamda o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish davlat xizmatlari ham ishga tushiriladi.

Qabul jarayonlari boʼyicha qoʼshimcha maʼlumotlarni @mymaktab_uz telegramm kanali yoki ☎️71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM