Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.7K subscribers
21.1K photos
5.97K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
21-oktabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

O‘zbek tili o‘zbek xalqining maʼnaviy mulkidir. Bugun buyuk maʼnaviy boyligimiz bo‘lmish o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.

Ushbu kun mamlakatimizda, xususan, ta'lim maskanlarida keng nishonlanadi.

Xalq ta’limi vazirligi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni bayram bilan muborakbod etadi!


Xalq ta’limi vazirligining rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from KHISO| Rasmiy kanal
🇺🇿 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan Respublika Ta'lim Markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida onlayn olimpiada oʻtkaziladi!

📌 Olimpiada quyidagi kategoriyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “BILAGʻON” integratsion olimpiadasi (ona tili, oʻqish va tabiat fanlari uygʻunligida);

5-11-sinf o‘quvchilari va oʻqituvchilar uchun ona tili va adabiyot fanlaridan;

➡️ Ushbu @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting.

🔔 Olimpiada bugun 21-oktyabr kuni soat 11:00 dan 21:00 gacha khiso.uz saytida bo‘lib o‘tadi.

🇺🇿 Olimpiadada bilimingizni sinab ko‘ring va sertifikat sohibi bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Мактаблардаги Ёшлар театр-студиялари 295 мингдан ортиқ иқтидорли ўқувчиларни қамраб олган

Маданият ва Халқ таълими вазирликларининг 2018 йил 29 ноябрдаги тегишли қўшма қарори асосида мамлакатимиздаги мавжуд умумтаълим мактабларида тажриба синов тариқасида 3 213 та ҳаваскор Ёшлар театр-студиялари фаолият юритиб келмоқда. Айни вақтда мазкур студияларга 295 596 нафар ўқувчи жалб этилган.

Маданият вазирлиги билан ҳамкорликда ўтган вақт давомида умумтаълим мактабларидаги Ёшлар театр студиялари учун “Ботир йигит ва пари қиз”, “Жалолиддин тулпори”, “Қалдирғоч билан майна”, “Қодирий кулдирганда”, “Рустам. Ким аълочи”, “Рустам. Сеҳрли сандиқча”, “Соғлом танда соғ ақл”, “Тилла туёқли оху”, “Хонатлас” ҳамда “Алпомишнинг болалиги” каби ўндан ортиқ пьесалари етказиб берилди.

Батафсил: 👉https://www.uzedu.uz/y3/news/786


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш.
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
ВАЗИР ЎРИНБОСАРИ МАКТАБЛАР ВА КУТУБХОНАЛАРНИ КЎЗДАН КЕЧИРДИ

Хабарингиз бор, Республика ишчи гуруҳ таркибида Халқ таълими вазири ўринбосари Ваҳобжон Ражапов ҳам Андижон вилоятида бўлиб турипти.

Жорий йилнинг 20 октябр куни Ваҳобжон Ражапов Андижон ва Олтинкўл туманларидаги 16-мактабларда бўлиб, таълим муассасаларида ўқувчи-ёшлар учун яратилган имкониятларни кўздан кечирди.

Вазир ўринбосари ушбу таълим муассасаларида Андижон тажрибаси сифатида қўлланилаётган "Ҳоким академияси" платформаси машғулотларида қатнашаётган ўқувчилар билан суҳбатда бўлиб, мазкур ташаббус дархақиқат ўқувчиларни сифатли таълим олишлари йўлида хизмат қилишига ишонч билдирди.

Вазир ўринбосари куннинг иккинчи ярмида Вилоят болалар кутубхонасида бўлиб, ўқувчи-ёшларни кутубхоналарга янада кўпроқ жалб этиш зарурлиги, ёшлар учун катта фойда айнан китобдан олинган билимлар бўлишини алоҳида таъкидлади.
Forwarded from Rustam Karimjonov
👍 Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ishtirokida "O'quvchilarni kasbga yo'naltirish" mavzusida hududlardagi mas'ullar hamda maktab psixologlari tomonidan yangi o'quv yilida amalga oshirilishi zarur bo’lgan ustuvor vazifalar muhokamasi o’tkazildi.

Muhokama davomida:
🟢 O‘quvchilarga kasblar to'g'risida tushuncha berishda onlayn resurslardan samarali foydalanish (kasb.maktab.uz, profnavigator.uz, milliy ta’lim resurslari, maktab.uz va boshqa);

🟢 9-11-sinf o‘quvchilarining kasbga bo‘lgan qiziqishlari hamda ta’limdan keyingi faoliyatini aniqlash maqsadida so‘rovnomalar va suhbatlar o‘tkazish;

🟢 Ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan psixologlarning bilim va ko'nikmalarini doimiy rivojlantirib borish;

🟢 O'quvchilarni kasblarga qiziqtirish maqsadida ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish sohasi, texnopark, monomarkaz va boshqa obyektlarga ekskursiyalarni tashkil etish;

🟢 Ustoz-shogird an'analarini keng targ'ibot qilish;

🟢 Psixolog - ota-ona - o'quvchi o'rtasida samarali muloqotni yo'lga qo'yish va boshqa vazifalar belgilab olindi.

📹 Online seminarni o'tkazib yuborganlar uchun video havola.

Xalq ta'limi vaziri o'rinbosari - Rustam Karimjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM