Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
108K subscribers
22.3K photos
6.15K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
STEAM мактаблар ташкил этиш лойиҳаси педагоглар билан муҳокама қилинди

Халқ таълими вазири Шерзод Шерматов бугун Табиий фанларга ихтисослаштирилган давлат умумтаълим мактабининг янги ўқув йилига тайёргарлиги ҳамда ўқувчилар учун яратилган шароитлар билан танишди.

Шунингдек, педагогик жамоа билан суҳбатда бўлиб, мазкур мактабни келажакда STEAM йўналишида республикада таянч мактабга айлантириш бўйича фикр алмашиб, уларнинг таклифларини тинглади.

Батафсил: 👉https://bit.ly/3B3hPEj


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Diqqat

🔖 “Yilning eng yaxshi o'zbek tili o'qituvchisi” tanloviga ro'yxatdan o'tish jarayoni yakunlandi.

🗓 Joriy yil 20-iyuldan 20-avgustga qadar 24 670 nafar o'qituvchi ro'yxatdan o'tdi

📹 Videoyo'riqnoma
🖼 Infografika

📌Eslatib o'tamiz:

🥇1-o'rin sohibi “Yilning eng yaxshi o'zbek tili o'qituvchisi” I darajali diplomi, 30 mln. so'm miqdoridagi pul mukofoti hamda “Xalq ta’limi a'lochisi” ko'krak nishoni;
🥈2-o‘rin sohibi “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, 20 mln. so‘m miqdoridagi pul mukofoti hamda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni;
🥉3-o‘rin sohibi “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, 10 mln. so‘m miqdoridagi pul mukofoti hamda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadilar.🎊

⚡️
Tez orada Tanlovning 1-bosqich shartlari haqidagi to'liq ma'lumotlarni e'lon qilamiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Maktablarga_yordam_beraylik

Samarqandlik sobiq bitiruvchilar 4 mlrd so‘mlik homiylik yordami sifatida maktab uchun qo‘shimcha bino, sport va faollar zallari qurib berdi

Samarqand shahridagi 71-umumta’lim maktabida inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Sogda Zarafshon suv qurilishi” MChJ tomonidan 3367,3 mln. so‘m evaziga 330 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi belgilandi.

Bu xayrli ishga shu maktabning sobiq bitiruvchilari bosh bo‘lishdi. Ularning ham qariyb 4 mlrd so‘mlik homiylik yordami sifatida jamg‘arilgan mablag‘lar hisobidan 71-maktab o‘quvchilari uchun yana 180 o‘rinli qo‘shimcha bino, sport va faollar zallari qurildi. 240 o‘rinli maktab 750 o‘rinli bo‘ldi.
Bunda sobiq bitiruvchilarning tashabbusi muhim ahamiyat kasb etdi.

Bugungi kunda 71-maktabda zamonaviy, sifatli ta’lim-tarbiya jarayonlari uchun barcha sharoitlar yaratildi (video).

@samarqandvxtb
#Biz_korrupciyaga_qarshimiz
#Online_muloqot

Бугун, Халқ таълими вазирлигида соҳада коррупцияни олдини олишга бағишланган онлайн жонли мулоқот ташкил этилади.

Унда Бош прокуратура масъул ходимлари, вазирлик таркибий бўлинмалари, республика ташкилотлари раҳбарлари, ҳудудий халқ таълими бошқармалари бошлиқлари, туман (шаҳар) халқ таълими бўлимлари мудирлари, соҳадаги барча молия ва бухгалтерия йўналишидаги раҳбар ва мутахассислари, умумтаълим мактаблари директорлари ва ўринбосарлари иштирок этади.

Мазкур жонли мулоқотни вазирликнинг расмий саҳифасида кузатиб, жонли эфир тагида изоҳ кўринишида соҳада коррупцияни олдини олиш бўйича тизимли таклифларни юборишингиз мумкин.

Ўтказиб юборманг, Сизнинг фикрингиз биз учун муҳим!

Ўтказиш вақти:
2️⃣4️⃣ август соат 1️⃣1️⃣:0️⃣0️⃣да
Ўтказиш жойи: Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаси
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
#Maktablarga_yordam_beraylik
❇️PESHKO‘ TUMANIDAGI 34-MAKTABNING ZAMONAVIY BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

🔹Peshko’ tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1997- yilda 260 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan. Maktabda Jogare, Jogarebolo, Niyozxo‘ja, Chuqurak va Rabot qishloqlaridagi maktab yoshidagi bolalar 2 smenada ta’lim olib kelishgan.

🔹Joriy yilda maktabning mavjud binosi mukammal ta’mirlandi. Shuningdek, qo‘shimcha 210 o‘rinli bino qurildi. “Quvur ta’mir” MChJ tomonidan amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlariga qariyb 3 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

🔹Yangi o‘quv yilidan maktabga qatnaydigan 400 dan ortiq o‘quvchi- yoshlar uchun barcha qulayliklar yaratildi.

🔹Bugun, 24 - avgust kuni ushbu maktab binosining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Telegram |Сайт |You tobe | Facebook |
Forwarded from ITSM
📣EDU KIDS MULTFILMLARI ENDI ITV DA !

🤩Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan Edu Kids loyihasi doirasidagi multfilmlarni endi
👉🏻 itv platformasi orqali koʻrishingiz mumin!

Edu Kids daydjestlari maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, ular quyidagi turkumlardan iborat:

⭐️“Eng qiziqarli”;
⭐️“Tarix”;
⭐️“Buyuk insonlar hayoti”;
⭐️“Shaxsiy rivojlanish”;
⭐️“Texnologiya haqida”;
⭐️“Nima uchun kitob o‘qish kerak”.

Multfilmlarning asosiy maqsadi bu yoshlarimizni kelajakda muvaffaqiyatga erishishlari va oʻz ustida ishlashga motivatsiya qilish boʻlib, unda ota-onalar, jamiyatimiz va oʻqituvchilarimizning rolini yanada oshirishdir.

Kanallarimizga ulaning va Edu Kids daydjestlarini koʻring:
👉EDU KIDS
👉ITSM

Website | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from MFaktor_Online
🗣 Bilim oluvchilar uchun ajoyib yangilik!

🏆 Respublika bo'ylab amalga oshirilayotgan, umumiy qiymati 50 million so'mni tashkil etgan, maxsus yutuqlar biriktirilgan "EduOn - ta'lim granti" tanlovida ishtirok etib, maxsus mukofotlarga ega bo'ling!

✔️ Grant o'rni - 100 ta

❗️ Barcha talabalar va maktab o'quvchilari ishtirok etishi mumkin!!!

Tashkilotchilar: EduOn.uz ta'lim platformasi, "Mfaktor" biznes maktabi va OLIYGOH.UZ jamoasi.

🎁 Har bir ishtirokchilar uchun maxsus mukofot va sertifikatlar beriladi. Biroq I,II va III darajali bosqichining mutlaq g'oliblari "Mfaktor" biznes maktabining zalida bo'lib o'tadigan "Ta'lim forumi"da tantanali ravishda QR-kodli diplomlar bilan taqdirlanadi.

🤩 Hoziroq ro'yxatdan o'ting, ishtirok eting, bilimlaringizni sinang va mukofotlarga ega bo'ling!

👉 RO'YXATDAN O'TISH

Instagram | Telegram | Administration| EduOn.uz