Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
107K subscribers
22.3K photos
6.16K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from KHISO olimpiada
🏆 “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasiga marhamat!

🏢 Innovatsion rivojlanishi vazirligi, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, KHISO olimpiada maktabi va Yoshlar akademiyasi hamkorligida fan va davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek tavalludining 627-yilligi munosabati bilan 🧮matematika va fizika fanlaridan “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining 2-bosqichiga barchani taklif qilamiz.

🟢 Olimpiadaning 2-bosqichi 25-aprel kuni www.khiso.uz saytida onlayn oʻtkaziladi.

📲 Olimpiadaga @khiso_uz_bot orqali roʻyxatdan oʻtishingiz zarur!

📌Barcha ma’lumotlar va savollardan nam’unalar olimpiadaning @mu627 rasmiy telegram kanali orqali berib boriladi.

Olimpiadaning qoidalari va tartibi.
Forwarded from IT taʼlim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ortga qaytgan “aql oqimi”

Respublika taʼlim markazi xorijda oʻqib, Xalq taʼlimi tizimiga qaytgan xodimlar bilan suhbat uyushtirdi.

Xorijda oʻqib qaytgan kadrlarning orttirgan tajribasi boʻlajak yosh kadrlarga "jonli misol" 😃 boʻladi degan umiddamiz.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Forwarded from Rustam Karimjonov
📍Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Termiz shahridagi bir nechta maktablarga tashrif buyurdi

⚜️22-aprel kuni Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov Termiz shahridagi 9-11-12-15-sonli umumtaʼlim maktablariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida:
Variativ oʻquv rejasi
maktab boshqaruv strategiyasi
moliyaviy faoliyati
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etilganligi
kompyuterlar bilan taʼminlanganligi
axborot tizimlaridan foydalanish darajasi
oʻquvchilarning oliy taʼlimga kirish koʻrsatkichlari
kutubxonaning darslik va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlanganlik holatlari oʻrganildi.

Tashrifdan asosiy maqsad - maktablardagi mavjud muammolarni oʻrganish va hal etish, oʻquv shart-sharoitlarini yaxshilash, shuningdek hududda taʼlim tizimini yuqori pogʻonalarga koʻtarish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berishdan iborat.

#tashrif #termiz #AKT_holati

Facebook | Telegram | Web-site
Forwarded from Sherzod Shermatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
350 ta grant imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun qo‘shimcha motivatsiya

1 may
kunigacha hujjatlarni https://admission.eyuf.uz/ orqali topshirishga kechikmang! “EL-YURT UMIDI” jamg‘armasi orqali chet elda bakalavr, magistratura va doktoranturada o‘qish uchun ajratilgan 350 ta grant o‘rinlariga hujjatlarni topshirish bo‘yicha Jamg‘arma vakillari bilan birga ochiq muloqot qilib barcha savollarga javob berilgan edi. (Qaytadan ko‘rish uchun: https://bit.ly/32F1eY7 )

Shundan so‘ng ijodkor yoshlarimiz ba’zi chet elda o‘qib qaytgan Xalq ta’limi vazirligi tizimida ishlayotgan xodimlarimiz bilan qisqacha suhbat uyushtirishib videorolik tayyorlashgan ekan. Tomosha qilishni tavsiya etaman. O‘qishga harakat qilishga ikkilanayotganlarga qo‘shimcha motivatsiya bo‘lar degan umiddaman.

Ushbu insonlar kabi bizning jamoaga qo‘shilmoqchi bo‘lganlar, marhamat, ARGOS orqali hujjat topshiring: https://bit.ly/3rIYTp6

#MOPE_team #BestPlaceToWork
Forwarded from Sherzod Shermatov
Maktablarni qo‘shimcha daromadini oshirib, o‘quvchilarga ham daromad topishni o‘rgatayotgan pedagoglarimizning ijobiy tajribalarini ommalashtirish zarur

Samarqand shahridan Paxtachi tumaniga ketayotganda yo‘lda maktab ko‘ringanida, bir to‘xtab ko‘raylikchi qanday ekan deb kirib juda yaxshi holatning guvohi bo‘ldik. Maktab direktori maktabning yerlaridan unumli foydalanib, turli xil ekinlar, issiqxonalar tashkil qilgani bilan birga fidoyi tasviriy san’at o‘qituvchisining mahsulotlarini ko‘rsatdi. O‘qituvchi bolalar bilan birga ko‘pgina yo‘nalishda ijod namunalarini yasab, erkin savdoga ham berib yuborar ekan.

Natijada o‘ziga, maktabga va o‘quvchilarga qo‘shimcha daromad topibgina qolmay, balki bitiruvchilarni ish bilan ta’minlanishiga o‘ziga xos poydevor yaratayapti. Samarqandda turizm imkoniyatlari keng bo‘lgani tufayli har bir sayyoh o’zi bilan esdalik uchun nimadir olib ketgisi keladi. Batafsil: https://bit.ly/2R0IKyE
Сирдарё вилояти ҳокими иқтидорли ўқувчиларга ҳар ой 245 минг сўмдан стипендия беради

Гулистон шаҳридаги Информатика ва ахборот техналогияларига ихтисослаштирилган таянч мактаб интернатида Сирдарё вилояти ҳокими ташаббуси билан иқтидорли ўқувчиларни қўллаб-қувватлаш мақсадида вилоят ҳокимининг “Энг билимдон ўқувчи” фанлар олимпиадасининг якуний вилоят босқичи ташкил этилди.

Олимпиадада Вилоят Ҳокимининг стипендиясига лойиқ бўлган ўқувчи ёшлар орасидан “Энг яхши математик”, “Энг яхши хорижий тил билимдони”, “Энг яхши дастурчи”, “Энг яхши биолог”, “Энг яхши физик” ва “Энг яхши кимё фани билимдони” каби йўналишларда иқтидорли ўқувчилар аниқланди.

Ўқувчиларнинг бажарган ишлари ҳакамлар ҳайъати томонидан шаффофликда текширилди ва юқори натижа кўрсатган ўқувчилар вилоят халқ таълими бошқармаси томонидан тақдирланди.

Сирдарё вилояти халқ таълими бошқармаси ахборот хизмати
#ХУШХАБАР

55-Халқаро Менделеев кимё олимпиадасида қатнашган 7 нафар ўқувчининг барчаси ғолибликни қўлга киритди

2021 йил 20-26 апрель кунлари 28 та давлат ўқувчилари ўртасида 55-Халқаро Менделеев кимё олимпиадаси онлайн тарзда ўтказилди. Ўзбекистон шарафини мазкур олимпиадада 7 нафар ўқувчи ҳимоя қилиб, 7 нафари ҳам медаль соҳиби бўлди.

Олимпиадада Австрия, Хитой, Туркия, Россия, Саудия Арабистони, Исроил, Хорватия, Венгрия ва бошқа мамлакат жамоалари билан бирга мамлакатимиз терма жамоаси ҳам иштирок этди. Халқаро олимпиада Халқ таълими вазирлигининг Фан олимпиадалари бўйича иқтидорли ўқувчилар билан ишлаш департаменти томонидан Тошкент шаҳри Юнусобод тумани 9-Ахборот технологияларга ихтисослаштирилган мактабда ўтказилди ва жараёнлар ташкилий қўмита томонидан жами 17 та вебкамера ва микрофонлар орқали кузатиб борилди.

Халқаро олимпиада иккита назария турда ўтказилди. Илк босқичда барча иштирокчилар 8 та мажбурий масала ишлаган бўлса (жами 80 балл), иккинчи босқичда кимё фанининг 5 бўлимига оид 15 масаладан ихтиёрий 5 тасини ишлаш талаб қилинди (жами 75 балл). Икки босқич натижаларига кўра ғолиб ўқувчилар аниқланди.

Якуний натижаларга кўра ватанимиз шарафини ҳимоя қилган ўқувчиларимиз 1 та олтин, 4 та кумуш ва 2 та бронза медаллари билан тақдирланди.

Ўтган йилги 54-Халқаро Менделеев кимё олимпиадасида Ўзбекистон терма жамоаси 1 та олтин ва 5 та бронза медалини қўлга киритган эди.

Ғолиб иштирокчиларга дипломлар ва медаллар ҳамда совға қилинадиган китоблар ташкилий қўмита томонидан почта орқали жўнатилади.

Маълумот учун: Бугунги кунгача Ўзбекистон терма жамоасининг ҳисобида 7 та олтин, 20 та кумуш ва 51 та бронза медаллари мавжуд.

55-Халқаро Менделеев кимё олимпиадасида совриндор ўринларни қўлга киритган ўқувчилар

🥇Олтин медаль – 1 та

Фирдавс Собиров –
Бухоро шаҳар 35-умумий ўрта таълим мактаби ўқувчиси.

🥈Кумуш медаль – 4 та

Азимжон Жамолов –
Абу Али ибн Сино номидаги ёш биологлар ва кимёгарлар ихтисослаштирилган мактаб-интернати ўқувчиси;

Собиржон Аманов – Тошкент педиатрия тиббиёт институти академик лицейи ўқувчиси;

Нафиса Нормуродова – Тошкент педиатрия тиббиёт институти академик лицейи ўқувчиси;

Дурдона Мухтархўжаева – Абу Али ибн Сино номидаги ёш биологлар ва кимёгарлар ихтисослаштирилган мактаб-интернати ўқувчиси.

🥉Бронза медаль – 2 та

Икромиддин Боймаҳаммадов –
Абу Али ибн Сино номидаги ёш биологлар ва кимёгарлар ихтисослаштирилган мактаб ўқувчиси;

Бегзод Рўзибоев – Тошкент педиатрия тиббиёт институти академик лицейи ўқувчиси.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Rustam Karimjonov
⚡️Yangi o‘quv yilidan Surxondaryo viloyatining 6 ta tumanlari – Jarqo‘rg‘on, Denov, Angor, Sho‘rchi, Sherobod va Sariosiyo tumanlarida AKTga ixtisoslashtirilgan maktablar o‘z ish faoliyatini boshlaydi.

🔍Batafsil o'qish: https://bit.ly/32MzYHf

#tashrif #termiz #AKT_holati

Facebook | Telegram | Web-site