UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
7.35K subscribers
23.8K photos
1.7K videos
278 files
9.98K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#amaliyot

Bitiruvchi kurs talabalari bitiruv oldi amaliyot hisobotlarini topshirmoqda

Mazkur hafta davomida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bitiruvchi kurs talabalarining bitiruv oldi amaliyot yakunlari bo‘yicha hisobotlari tinglanmoqda.

Bitiruv oldi amaliyotlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-414-son qarorida belgilangan vazifalari ijrosi doirasida tashkillashtirildi.

Jumladan, “Menejment (jismoniy tarbiya va sport menejmenti)”, “Menejment (sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish)” va “Marketing (sport marketingi)” bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bitiruvchi talabalarining bitiruv oldi amaliyoti o‘z yashash manzillaridagi mahalla va sport maktablarida tashkil qilinib, u yerdagi “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarini bevosita tashkillashtirish va o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etishdi.

Talaba-yoshlar amaliyot davomida turli sport tashkilotlari, shuningdek, musobaqa jarayonlarida amalga oshirgan ishlarini o‘z taqdimotlarida batafsil yoritib, hayʼat aʼzolari tomonidan berilgan savollarga ham faollik bilan javob qaytarishdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍10
#amaliyot

Talabalar ishlab chiqarish amaliyotiga jalb etilmoqda…

2024 yil 29 yanvar sanasidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 3-kurs Jismoniy tarbiya va sport menejmenti, Marketing (sport), Sport tadbirlarini tashkil etish va Sport psixologiyasi yo'nalishlari talabalarining malakaviy (ishlab chiqarish) amaliyot jarayonlari boshlandi.

Amaliyotini samarali tashkil etish maqsadida talabalar turli sport birlashmalari, federatsiya va assotsiatsiyalar, shuningdek Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga yo‘naltirildi.

Batafsil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍6
#amaliyot #davra_suhbati

🧑‍🎓Talabalar malakaviy ishlab chiqarish amaliyotiga jalb qilinmoqda…

✔️Joriy yilning 11-may sanasida universitetning Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi masʼullari hamda 2-bosqich talabalari ishtirokida, talabalarining malakaviy ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilish yuzasidan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

📌Suhbat davomida kafedra mudiri Komil Ziyadullayev va kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan talabalarga amaliyot jarayonida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar hamda amaliyot kundaligini kunlik yuritish yuzasidan zaruriy koʻrsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍9👎1👏1
#amaliyot

Talabalar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amaliyot jarayonlariga jalb etilmoqda…

🚴‍♂️Joriy yilning 13-may sanasidan boshlab, universitetning Murakkab–texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi velosport ixtisosligi 2-kurs talabalari Toshkent shahridagi Respublika velosiped sporti mahorati maktab-internatida amaliyot o‘tashni boshlashdi.

✔️Amaliyotning ilk kunida talabalarimiz velosiped haydash bo‘yicha maktab-internati direktori K.Xolmatov bilan suhbatlashib, maktab-internatida o‘quvchilar va ularning mashg‘ulot jarayonlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.

⚡️Shundan so'ng talabalar Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mutaxasisi, velosportning (trek) yo'nalishi bo'limida ish faoliyatini yuritib kelayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy L.Markelova ishtirokida tashkil etilgan mahorat darsiga jalb etildi.

📍Eslatib o'tamiz, amaliyot jarayoni 8-iyunga qadar davom etadi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
🔥2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#amaliyot

🏆Universitet talabalarining tanishuv oldi amaliyot jarayonlari sport federatsiyalarida tashkil etilmoqda…

🥊Bugun, 23-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Boks, kikboks, muay tay nazariyasi va uslubiyati kafedrasi 2-bosqich talabalari professor-o‘qituvchilar hamrohligida tanishuv oldi amaliyoti doirasida O‘zbekiston boks federatsiyasida bo'lishdi.

Kafedra jamoasini O'zbekiston boks milliy terma jamoa bosh murabbiyi To'lqin Qilichev hamda Rahmatjon Ro'zioxunovlar kutib olishdi va federatsiya faoliyati bilan yaqindan tanishtirdilar.

👆Tafsilotlar yuqoridagi videolavhamizda.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍7
#amaliyot

👩‍🎓👨‍🎓Tanishuv amaliyotlari davom etmoqda…

💹Kecha, 28-may kuni universitetning "Jismoniy tarbiya va sport menejmenti, sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish" ta'lim yo'nalishi 1-bosqich talabalarining tanishuv amaliyoti oliygohdagi mavjud ilmiy laboratoriyalarda tashkil etildi.

🕹🖥Jarayon davomida talaba-yoshlar ilmiy laboratoriya faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda ilmiy xodimlar tomonidan laboratoriyadagi mavjud zamonaviy texnologiyalar, ularning ishlash tizimi va imkoniyatlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍5👏21
#amaliyot

👩‍🎓Universitet talabalarining pedagogik va bitiruv oldi amaliyotlari boshlandi

♻️2025-yil 27-yanvar sanasidan universitetning barcha ixtisoslik kafedralari 3- va 4-bosqich talabalari uchun amaliyot jarayonlari boshlandi.

✔️Jumladan, 3-bosqich talabalari uchun pedagogik amaliyot jarayonlari Chirchiq shahridagi umumta’lim maktablarida, 4-bosqich talabalarining bitiruv oldi amaliyoti o‘z yashash manzilidagi sport tashkiloti hamda ta’lim maskanlarida olib borilmoqda.

Amaliyotning ilk kunida talabalar tegishli manzillarning mas’ullari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, maktab faoliyati, pedagogik hamda bitiruv oldi amaliyotini o‘tash bilan bog‘liq jarayonlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lmoqda. Shuningdek, amaliyotchi talabalarimiz maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, sport zal va ichki tartib qoidalari bilan ham tanishtirildi.

📌Ma’lumot o‘rnida, amaliyot jarayonlari shu yilning 8-martiga qadar davom etadi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍53👏3🎉1
#amaliyot

👩‍🎓Universitet talabalarining pedagogik va bitiruv oldi amaliyotlari yakunlanmoqda.

🎓2025-yil 27-yanvar sanasidan universitetning barcha ixtisoslik kafedralari 3- va 4-bosqich talabalari uchun boshlangan amaliyot jarayonlari o‘z yakuniga yetib bormoqda.

🔷 Amaliyot davomida talabalarga universitet hamda amaliyot o‘tash muassasalari tomonidan malakali rahbarlar tayinlanib, o‘quv va amaliy dars mashg‘ulotlari olib borishlarida uslubiy yordam koʻrsatildi. Talabalarimiz amaliyot davrida ko’plab yangi amaliy bilimlarga ega bo’lib, o‘z tashabbuslari bilan turli sport musobaqalari o‘tkazib, o‘quvchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan individual mashg‘ulotlar olib borishdi.

Bir so‘z bilan aytganda amaliyot darslari talabalarning universitetda o‘rgangan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍7🔥4👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#amaliyot

👩‍🎓👨🏻‍🎓
Talabaning amaliyotdagi bir kuni…

Xabaringiz bor, 2025-yil 27-yanvar sanasidan 8-martga qadar universitetning barcha ixtisoslik kafedralari 3- va 4-bosqich talabalari uchun pedagogik amaliyot jarayonlari bo'lib o'tdi.

👆E’tiboringizga mazkur amaliyot jarayonlariga bag‘ishlangan “Talabaning amaliyotdagi bir kuni” nomli maxsus videorolik havola etilmoqda.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍9🔥3👌1
#amaliyot

🏆O‘zDJTSU: Talabalarning pedagogik amaliyoti yakunlari bo‘yicha hisobotlar tinglanmoqda

Xabaringiz bor, 2025-yil 27-yanvar sanasidan 8-martga qadar universitetning barcha ixtisoslik kafedralari 3-bosqich talabalari uchun pedagogik amaliyot jarayonlari bo'lib o'tdi.

📆2025-yil 10-mart sanasidan esa mazkur amaliyot jarayonlarining yakunlari bo‘yicha talabalarning o‘z hisobotlarini topshirishni boshladilar. Xususan, talaba-yoshlar amaliyot davomida turli sport tashkilotlari, shuningdek, musobaqa jarayonlarida amalga oshirgan ishlarini o‘z 💻taqdimotlarida batafsil yoritib, hayʼat aʼzolari tomonidan berilgan savollarga ham faollik bilan javob qaytarmoqda.

📍Eslatib o‘tamiz, amaliyot yakunlari bo‘yicha hisobotlar 15-martga qadar tinglanadi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍54
#amaliyot

🏆O‘zDJTSU: Talabalarning pedagogik amaliyoti yakunlari bo‘yicha hisobotlar tinglandi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 10-15 mart kunlari oliygohning barcha ixtisoslik kafedralari 3-bosqich talabalari uchun bo‘lib o‘tgan pedagogik amaliyot jarayonlarining yakunlari jarayonlari bo‘yicha hisobotlar eshitildi.

✔️Shuni alohida aytish joizki, talaba-yoshlar o‘z hisobotlarida amaliyot davomida turli sport tashkilotlari va musobaqa jarayonlarida amalga oshirgan ishlarini batafsil yoritdilar. O‘z navbatida hayʼat aʼzolari tomonidan berilgan savollarga ham faollik bilan javob qaytardilar.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👏4👍3