UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.95K subscribers
19K photos
1.51K videos
260 files
8.6K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#universitet_hayotidan

🏢O‘zDJTSU tarix muzeyi yangi medal va kuboklar bilan boyishda davom etmoqda!

⚽️Bugun, 21-dekabr kuni universitetimizning Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan universitet tarix muzeyiga topshirilgan kafedra talabalarining futbol bo‘yicha “Talabalar ligasi-2024” Toshkent viloyati musobaqasida qo‘lga kiritgan chempionlik 🏆kubogi hamda joriy yilning 9-13 dekabr kunlari Qarshi shahrida bo'lib o'tgan '"Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalarining Respublika final bosqichida qo'lga kiritilgan oltin medallari muzeyni yana bir yorqin eksponat sifatida bezadi.

📌Ma’lumot o‘rnida, universitet Tarix muzeyida bugungi kunda 400 ga yaqin oliygoh talabalari va murabbiylari tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar aks etgan eksponatlar hamda xorijiy davlat vakillarining hadyalari saqlanmoqda.

✔️O‘ylaymizki, bu ezgu tashabbus davomli bo‘ladi...

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan

🏆Universitet tyutorlarining hisobotlari tinglanmoqda…

Ayni kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tyutorlar tomonidan 2024-2025-o'quv yilining birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda oldindagi maqsad va rejalar bo'yicha hisobotlar topshirilmoqda.

💻Xususan, hisobotlarda talabalar turar joyida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy-profilaktik tadbirlar, davomat, shuningdek, talabalarning yashash sharoitini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan amaliy ishlar o‘z aksini topgan.

📍Eslatib o‘tamiz, mazkur jarayon barcha ixtisoslik kafedralari kesimida davom etmoqda.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan
#yakuniy_imtihon

🏆O‘zDJTSUda yakuniy imtihon jarayonlari davom etmoqda…

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Yakuniy nazorat” imtihonlari: yozma, test, og‘zaki va amaliy tarzda olinib, imtihon jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.

🏃‍♂️💻Yuqorida yakuniy imtihonning test va amaliy jarayonlaridan fotolavhalar e’tiboringizga havola etilmoqda.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan
#yakuniy_imtihon

🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Yakuniy nazorat” imtihonlari qizg‘in davom etmoqda…

Xabaringiz bor, universitetda bo‘lib o‘tayotgan yakuniy imtihon jarayonlaridagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish maqsadida maxsus ishchi guruh tashkil etilgan.

📍Ayni vaqtda ishchi guruh tomonidan yakuniy nazorat imtihon savollariga talabalarning bergan javoblari shifrlanib, nazorat ishlarini baholovchi professor-o‘qituvchilarga taqdim qilinmoqda.

👆Jarayonlar yuqoridagi fotolavhalarimizda.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan
#Xotin_qizlar_faoliyati

👩‍💼🧑🏻‍💼Joriy yilning 17-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport unversiteti Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi kengashining hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda kengash a’zolari tomonidan xotin qizlar yo‘nalishi bo‘yicha oliygohda 2024-2025 o‘quv yili 1-yarim yilligida olib borilgan ishlar sarhisob qilinib, mas'ullarning hisobotlari eshitildi.

📍Yakunda ushbu davr mobaynida erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi va mazkur yo‘nalishda 2-yarim yillikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan

🏆
Universitet talabalar turar joyi hayotidan lavhalar…

🧑🏻‍🦽Jori yilning 17-yanvar kuni Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi tyutori Muqaddas Alimbayeva talabalar turar joyida turuvchi talaba-qizlarning yashash sharoitini o‘rgandi.

Jarayon davomida tyutor tomonidan talabalarga xonalar tozaligi, ichki tartib qoidalar, kiyinish madaniyati borasida muhim eslatmalar berildi hamda yotoqxonada qizlar uchun tashkil etilgan to'garaklarda faol ishtirok etishlarini alohida qayd etdi.

🏊🚣🏻‍♀️Shuningdek, Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi ayol professor-o'qituvchilari ham 1-sonli TTJdagi talaba-qizlar bilan suhbatlashib, ularga yakuniy imtihonlarni o‘z vaqtida topshirish, odob-axloq qoidalariga rioya etish va bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish borasida tegishli tavsiyalar berib o‘tdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan

🧑‍🎓Talabalar hayotidan lavhalar…

Joriy yilning 19-yanvar kuni universitet tyutorlari M.Alimboyeva, N.Alikulova va Sh.Uraimovalar tomonidan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Mening yurtim jonajon O'zbekiston" mavzusida rasmlar hamda qizlar ishtirokida pazandachilik tanlovlari o‘tkazildi.

🎾🏸🏓 2025-yil 20-yanvar kuni Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mas'ullari N.Axmedova hamda G.Karimova tomonidan 1-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlar bilan "Hayot - bebaho ne'mat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

🏒🏈21-yanvar sanasida esa universitetning Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mas’ullari va tyutori M.Raxmonova tashabbusi bilan talaba-yoshlarning pedagogik mahoratini oshirish maqsadida ochiq dars mashg‘ulotlarini kreativ metodlar orqali qiziqarli tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook