UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.95K subscribers
19.2K photos
1.52K videos
260 files
8.66K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
🔷🔷🔷🔷

ILMIY SALOHIYAT VA SPORT TADBIRLARI: UMAROV DJAMSHID XASANOVICH TASHRIFI

📍Bugun O'zDJTSU “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri, professor Umarov Djamshid Xasanovich filialga tashrif buyurdi. Ushbu tadbir, professor-o'qituvchilar, doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar o'rtasida ilmiy va amaliy tajriba almashish imkonini yaratdi.

🟢Tadbirni filial direktori, professor Nizomjon To‘xtaboyev ochib, hozirgi va istiqbolli ilmiy salohiyat haqida batafsil ma’lumot berdi. U, yurtimizda ilmiy izlanuvchilarga qulay shart-sharoit yaratish uchun bir qator yangiliklarning amaliyotga joriy qilinayotganini ta’kidladi. Bu yangiliklar, kelajakda ilmiy salohiyatni yanada kuchaytirishi kutilmoqda.

➡️Muhokama qilingan mavzulardan biri respublika va xalqaro anjumanlarning ilmiy ahamiyati edi. Professor Umarov, sport metrologiyasi, morfologiyasi va fiziologiyasi fanlarini an’anaviy va zamonaviy o‘qitishdagi dolzarb muammolarni ko‘rib chiqdi. U, zamonaviy yondashuvlar bilan birga, ilmiy tadqiqotlarning sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion metodlarni qo‘llash zarurligini ta’kidladi.

➡️Tadbir davomida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga yetakchi olimlar aniq va lo‘nda javoblar berishdi. Bu esa ilmiy jamoatchilik o‘rtasida fikr almashish va o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish uchun katta ahamiyatga ega.

➡️Ushbu uchrashuv, ilm-fan sohasida izlanishlarni rag'batlantirish va kelgusida yangi g‘oyalar paydo bo‘lishi uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ilmiy rivojlanish strategiyasi doirasida bunday tadbirlar, sport sohasida o'qitish va ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, professor Umarovning tashrifi va o‘tkazilgan tadbir, ilmiy jamoatchilikni birlashtirish, tajriba almashish va kelajakda sport fanlari sohasida yangi yutuqlarga erishish uchun muhim imkoniyatlar yaratdi.

Filial matbuot xizmati

Facebook|📹YouTube|🌐WebSite   Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

👨‍💻Maktab oʻquvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi

Joriy yilning 11-oktabr kuni Boʻstonliq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida universitetning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan mazkur oʻquv muassasasi oʻrtasida tuzilgan hamkorlik doirasida “Mirzo  Ulugʻbek – buyuk olim va davlat arbobi” mavzusida oʻquvchilarga seminar-trening oʻtkazildi.

✔️Seminar-treningda kafedra professor-oʻqituvchilari Burxon Jahongirov va Yangiboy Turdimuratovlar tomonidan oʻquvchilarga Mirzo Ulugʻbek hayoti va ilmiy merosi boʻyicha qiziqarli maʼlumotlar berildi.

📍Aytish joizki, mazkur seminar-trening oʻquvchilarning faol ishtiroki, ularning ijodiy chiqishlari hamda yoʻllagan savollari bilan yanada qiziqarli va mazmunli oʻtdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#sportda_dual_taʼlim

🤛Jangovar yakkakurash sport turlarini rivojlantirish boʻyicha mahorat darsi oʻtkazildi

Bugun, 12-oktabr kuni universitetda dual taʼlim asosida sport turlarini rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston muaytay assotsiatsiyasi bosh hakami Abdunazar Roʻziyev hamda assotsiatsiya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ilhom Rustamovlar ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.

👨‍💼👩‍🎓Unda universitetning Jangovar yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Shuhrat Arslonov, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

👉Batafsil: https://www.jtsu.uz/uz/e/blog/3498-jangovar-yakkakurash-sport-turlarini-rivojlantirish-bo-yicha-mahorat-darsi-o-tkazildi

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#davra_suhbati

Ilmli qiz – millat koʻzgusi!

👩‍🎓Joriy yilning 11-oktabr kuni universitetda Xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi masʼullari tashabbusi bilan 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuniga bagʻishlab “Sening tashabbusing – sening kelajaging” shiori ostida “Ilmli qiz – millat koʻzgusi” deb nomlangan davra suhbati tashkil etildi.

Batafsil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xalqaro_konferensiya

Universitet professor-oʻqituvchisi xalqaro konferensiyada taqdimot qildi

2024-yil 10-12 oktabr kunlari Ashxobod shahrida joylashgan Turkmaniston davlat jismoniy tarbiya va sport institutida olimlar, professor-oʻqituvchilar, turli tashkilot va kompaniyalar vakillari hamda yosh tadqiqotchilar ishtirokida “Sogʻliqni saqlash, taʼlim va sportda yangi davrning uygʻonishi” mavzusida Xalqaro koʻrgazma va ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Konferensiya doirasida tashkil etilgan koʻrgazmada farmatsevtika, tibbiyot buyumlari va sport jihozlarining ishlash jarayonlari namoyish etildi.

Ahamiyatlisi, ushbu xalqaro konferensiyada Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, dotsent Javlon Ishtayev ham oʻzining sport psixologiyasi va pedagogikasidagi muammolarga qaratilgan dolzarb mavzulardagi taqdimoti bilan qatnashdi hamda mahorat darslarini olib bordi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook