UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.95K subscribers
18.9K photos
1.51K videos
260 files
8.58K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#xalqaro_turnir

O‘zDJTSU dzyudo bo‘yicha Xalqaro turnirga mezbonlik qildi

2023-yil 25-26 noyabr kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2007-2008 hamda 2009-2010 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha sport ustasi Aziz Saidov xotirasiga bag‘ishlangan III Xalqaro Samuray turniri bo‘lib o‘tdi.

Turnir davomida O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston hamda Yaman davlatlaridan 350 nafarga yaqin yosh dzyudochilar g‘oliblik uchun kurashishdi.

Musobaqa yakunida esa Toshkent viloyati dzyudo federatsiyasi tomonidan mazkur xalqaro turnirni tashkil etish hamda uni yuqori saviyada o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bir qator rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilariga tashakkurnomalar topshirildi.

Telegram | Instagram | You tube | Facebook
#boks #xalqaro_turnir

📣E’lon

Universitetning iqtidorli sportchi talabalari diqqatiga!

🏆Sportchilar oilasida 2024-yil 12-18 may kunlari 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab oliygohning Sport majmuasi (manej)da 🥊boks bo‘yicha 2005-yil va undan katta yoshdagi erkaklar o‘rtasida XALQARO OCHIQ TURNIR bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan barchangizni mazkur xalqaro turnirda ishtirok etishga taklif etamiz. Unda sportchilar 13 ta vazn toifalarida o‘zaro g‘oliblik uchun bahs olib borishadi Ahamiyatlisi, ushbu nufuzli musobaqada Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Xitoy Taypeyi, Tojikiston kabi xorijiy davlatlardan ham bokschilar qatnashishi kutilmoqda.

🎉Turnirning tantanali ochilish marosimi 13-may soat 15:00 da boshlanadi. Qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali batafsil bilib olishingiz mumkin: +99898 160-37-37.

🙋Barchangizni boks bo‘yicha Xalqaro turnirda kutib qolamiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xalqaro_turnir

🏆Sportchilar oilasida boks bo‘yicha xalqaro turnir start oldi

🥊Bugun, 13-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan boks bo‘yicha 2005-yil va undan katta yoshdagi erkaklar o‘rtasida XALQARO OCHIQ TURNIR boshlandi.

🌏Ushbu musobaqada Xitoy Taypeyi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog’iston Respublikasi, shuningdek, Respublikaning barcha hududlaridan ishtirok etayotgan jami 200 ga yaqin charm qo‘lqob ustalari g‘oliblik uchun o‘zaro janglarga kirishdilar.

📌Eslatib o'tamiz, mazkur nufuzli musobaqa 2024-yil 18-may sanasiga qadar davom etadi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#UNIVERSITET_HAYOTIDAN
#xalqaro_turnir

🥊Kecha, 13-may kuni universitetida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab boks bo‘yicha 2005-yil va undan katta yoshdagi erkaklar o‘rtasida boshlangan XALQARO OCHIQ TURNIRdan fotolavhalar.

👇Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#UNIVERSITET_HAYOTIDAN
#xalqaro_turnir

🥊13-may kuni universitetida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab boks bo‘yicha boshlangan XALQARO OCHIQ TURNIRning ochilish marosimidan videolavhani e’tiboringizga havola etamiz.

👉Batafsil: https://youtu.be/wNLs8P3-ato?si=RIHzcfq2tQQFkxre

👇Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook