UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.94K subscribers
19K photos
1.51K videos
260 files
8.61K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
Xulio Kortasar - Biz Glendani shunday yaxshi ko‘rardik (hikoya)
Xulio Kortasar
Audio nomi: Biz Glendani shunday yaxshi ko'rardik
Muslima Murodova o‘qigan
🎰 Hajmi: 12 mb
👤 Muallif: Xulio Kortasar

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Challenge_ Alisher_Navoiy _584_yoshda

📣 CHORLOV — CHELLENJ 📣

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar!

Buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan chorlov, ajnabiycha aytganda, chellenj o‘tkazmoqdamiz.

📚 Ulug‘ bobokalonimiz ijodidan namunalar o‘qing va tashabbusga qo‘shiling.


Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#Xarbin_2025

Bugun, 7-fevral kunidan Xarbin-2025 IX qishki Osiyo oʻyinlariga start berildi.

Aytish joizki, musobaqaning tantanali ochilish marosimidan avval bir qator dasturlarda saralash bahslari oʻtkazilishi kutilmoqda.

🇺🇿Xususan, short-trek boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Daniil Yeybog Oʻzbekiston delegatsiyasining Xarbin-2025 qishki Osiyo oʻyinlaridagi ishtirokini boshlab berdi va 1500 metr masofaga kechgan poyganing chorak finalida qatnashgan yurtdoshimiz 2:30:60 daqiqalik natija bilan yarim finalga yoʻl oldi.

👍Boʻlajak poygada sportchimizga omad tilaymiz!

📍Ma’lumot o‘rnida, musobaqaning tantanali ochilish marosimi bugun soat 17:00 da bo'lib o'tadi. Unda changʻi alpinizmi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari Jasur Shamsiddinov hamda Feruza Boboqulova delegatsiyamiz bayroqdori boʻlishadi.

👇Musobaqa jarayonlarini biz bilan birga kuzatib boring.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Forwarded from OlympicUz
Xarbin-2025: Yeybog yana ikki yoʻnalishda startga chiqdi

Daniil Yeybog qishki Osiyo oʻyinlari doirasida yana ikki startni ham omadli oʻtkazdi. 500 metr masofada kechgan saralash dasturida short-trekchimiz 41.143 soniya, 1000 metr masofada esa 1:29:268 daqiqa bilan har ikki yoʻnalishda chorak finalga yoʻl oldi. Yeybog ikkala yoʻnalishda ham oʻz guruhida ikkinchi boʻlib marra chizigʻini kesib oʻtdi.

Харбин-2025: Ейбог стартовал в ещё двух программах

Даниил Ейбог также успешно завершил два старта в рамках зимней Азиады. В квалификационной программе на дистанции 500 метров узбекский шорт-трекист показал результат 41:143 секунды, а на 1000 метров - 1:29:268 минут и пробился в четвертьфинал. Ейбог в обеих дистанциях пересек финишную черту вторым.
E'LON‼️

🎓Mustaqil izlanuvchi hamda doktorantlar diqqatiga!

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislik fanidan malakaviy imtihon 2025-yil 14-fevral kuni soat 09:00 da, 13.00.01–“Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha imtihon 15-fevral kuni soat 09:00 da bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat”, dissertatsiya ixtisosligiga mos asosiy mutaxassislik fanlari bo‘yicha qo‘shimcha malakaviy imtihonlar esa 15-fevral kuni soat 11:00 da o‘tkazilib, barcha imtihon jarayonlari “E” bino 301-xonada olib boriladi.

☎️Murojaat uchun telefon: +99899 936-72-04, +99897 478-08-07.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Universiada_2025
#badminton

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bo'lib o'tgan "Universiada-2025" sport musobaqalarining badminton turi bo‘yicha Respublika final bosqichidagi qizg'in jarayonlar yuqoridagi videolavhamizda.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#universitet_hayotidan

🏆Milliy qadriyatlar va tarbiya - oilaviy munosabatlar tayanchi!

👩‍🎓👩‍💼O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talaba-qizlarni nafaqat jismonan baquvvat bo‘lishlari, bakli ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, shuningdek, milliy qadriyatlarimiz va oilaga bo‘lgan hurmat hissini yanada oshirish maqsadida 🦺"Milliy qadriyatlar ma'naviyat ko'zgusi” shoiri ostida turli tadbirlar tashkil qilib boriladi.

Quyidagi videolavhamizda ham talaba-qizlar ustozlari, tyutorlar hamda tarbiyachi-pedagoglar tomonidan hayotiy tajribalarni o‘rganmoqda.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#To‘maris_izdoshlari

👸🏻To‘marisning kuchi bizda!


Bugun, 7-fevral kuni ana shu shior ostida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi tashabbusi bilan talaba-qizlar o‘rtasida "Toʻmaris izdoshlari" nomli jamoaviy musobaqalar o‘tkazildi.

🎉Universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Eldor Raxmanov tomonidan ochib berilgan musobaqada Sport klubi mas’ullari, bo‘lim rahbarlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

🏓🪢🏃🏻‍♀️‍➡️Talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni yanada yaxshilash va ularni jamoa bo‘lib harakat qilishga undagan ushbu musobaqada talaba-qizlar 10 ta jamoaga bo‘lingan holda, “halqalar orasidan o‘tish”, “arg‘amchida sakrab borish”, “tennis raketkasida tennis koptokchasini olib borish”, “arqon tortish” kabi 4 ta shart asosida o‘zaro bellashdilar.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook